5. «Talaba portfoliosi» turlari
«Talaba portfoliosini» yaratishda uning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
Hujjatlar portfoliosi - ta’lim sohasidagi shaxsiy yutuqlar uchun berilgan sertifikatlangan hujjatlar to‘plami (sinov daftarchasi, diplomlar, sertifikatlar, guvoxnomalar va b.) Bu ma’lumotlar portfolioni sifat va soniy jixatdan ob’ektiv baholash imkonini beradi. Materiallar jadval ko‘rinishida bosqichlarga bo‘linib, ball hisobida baholangan xolda beriladi. Hujjatlar yoki ularning nusxalari ilova sifatida keltirilishi mumkin.
Ushbu variantning afzalliklari: Yakuniy ball tizimi portfolioni talabaning ta’lim faoliyati bo‘yicha reytingini aniqlashning asosiy mexanizmi, talaba umumiy reytingining asosiy tashkil etuvchisiga aylantiradi.
Cheklanishlari, kamchiliklari: bunday tipdagi portfolio faqat talaba faoliyati natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi. U talabaning shaxsiy rivojlanish jarayonini, uning turli sohalar bo‘yicha ijodiy faolligini, o‘qish uslubini va qiziqishlarini aniqlash imkonini bermaydi.
2. «Ishlar portfoliosi» - talabaning turli, jumladan ijodiy, loyihaviy, ilmiy-izlanish va boshqa sohalardagi ishlari, uning o‘quv va ijodiy faoliyatining asosiy shakl va yo‘nalishlari, ilmiy anjumanlar, tanlovlar, elektiv kurslardagi ishtiroki, turli amaliyot sohalardagi muvaffakiyatlari aks etadi. Bunday portfolio talabaning ijodiy kitobi sifatida yuritiladi va talabaning turli sohalardagi ishlarining namunalari matn ko‘rinishida, elektron versiyalar, rasmlar, video yozuvlar shaklida ilova kilinadi.
Afzalliklari: Bunday tipdagi portfolio talabaning o‘quv va ijodiy faolligi dinamikasi, uning qiziqish yo‘nalishi, kasbga tayyorgarlik xarakteri to‘g‘risida keng tasavvur beradi.
Cheklanishlari, kamchiliklari: Portfolioning sifat jihatidan baholanishi yakuniy attestatsiya natijalarini to‘ldiradi, lekin talabaning umumiy ta’lim reytingida asosiy tashkil etuvchi bo‘lim hisoblanmaydi.
«Ishlar portfoliosi»ni to‘ldirishning namunaviy varianti:
Loyiha ishlari. Loyihaning mavzusi, qisqa mazmuni xamda ilova sifatida rasmlar, ishning bosma yoki elektron variantlardagi matnlari keltiriladi.
Tadqiqot ishlari va referatlar. Referat mavzusi, xajmi (necha bet), illyustratsiyalar va b.
Ijodiy faollikning boshka shaklllari:
Elektiv kurs va fakultetlardagi ishtiroki. Kurs nomi, muddati va o‘qish shakli ko‘rsatiladi.
Turli hil amaliyotlar. Mehnat, ijtimoiy, til o‘rganish, pedagogik, malakaviy va b. Amaliyot nomi, joyi va davri yoziladi.
Qo‘shimcha ta’lim muassasalari va turli hil o‘quv kurslaridagi mashg‘ulotlar. Ta’lim muassasasi yoki tashkilot nomi, o‘qish muddati va natijalari keltiriladi.
Olimpiada va tanlovdagi ishtiroki. Tadbir nomi, o‘tkazilgan vaqti va talabaning natijasi qayd etiladi.
Ilmiy anjuman, seminarlardagi ishtiroki. Tadbir mavzusi, tadbirni o‘tkazgan tashkilot, o‘quv muassasasi nomi va talaba ishtiroki shakli.
Boshka faoliyat turlari.
Taqrizlar portfoliosi. talabaning turli sohadagi faoliyati bo‘yicha o‘qituvchi, ota-onasi, kursdoshlari, qo‘shimcha ta’lim tizimi xodimlari va boshqa shaxslarning xulosalari, taqrizlari xamda talabaning faoliyati va uning natijalari bo‘yicha o‘z tahlillaridan iborat buladi.
Afzalliklari: Bu portfolio talabani o‘quv-tarbiyaviy va kelajakdagi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni anglash darajasini kuchaytiradi xamda o‘z-o‘zini baholash mexanizmini yaratib beradi.
Cheklanishlari, kamchiliklari: To‘plangan materiallarni bir shaklga keltirish va hisobga olishning murakkabligi.
Takrizlar portfoliosining namunaviy tarkibi:
bajarilgan ishlar sifati bo‘yicha taqrizlar;
qo‘shimcha ta’lim muassasasining ijodiy guruhilaridagi ishlari, ilmiy-amaliy anjumanlardagi chiqishlari bo‘yicha taqrizlar.
talabaning o‘z faoliyati bo‘yicha xulosalari, baholari;
keyingi faoliyati yoki keyingi bosqichdagi o‘qishni qanday tashkil etish bo‘yicha talabaning o‘z xulosalari;
amaliyotlar bo‘yicha tavsiya xatlar;
boshka sohalar bo‘yicha takriz va xulosalar.
Yuqorida taklif etilgan portfolio modellarini tahlil qilgan va chuqur o‘rgangan xolda murakkab portfolio, ya’ni barcha modellarni birgalikdagi shaklida yoki oddiy, ushbu portfolioning bittasini yuritish mumkin.
Amalda portfolioning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
«Portfolio-kollektor». Bu portfolio talaba muallif bo‘lmagan materiallardan iborat bo‘ladi. Bunga o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlar, qo‘llanma va ko‘rsatmalar, elektron o‘quv adabiyotlari, o‘quv-vizual materiallar, maqolalar, lug‘atlar yoki talabaning o‘zi mustaqil topgan adabiyotlar hamda boshqa o‘quv materiallari kiradi.
«Jarayon portfoliosi» talaba tomonidan o‘quv, uslubiy, ilmiy-izlanish, ijodiy, axborot va ijtimoiy loyihalarni bajarish jarayonida erishgan bilimi va malakalarini mustaqil qullash malakasini namoyish qiladi. Portfolio talabaning loyihalash jarayonidagi barcha bosqichlarni: muammoni aniqlash, loyihani ishlab chiqish, loyiha bo‘yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkil etish, texnologik bosqich (loyihani amalga oshirish), yakuniy bosqich, taqdimot va loyihani baholashni o‘z ichiga olishi kerak.
«Ko‘rsatkichlar portfoliosi» talabaning biror bir soha bo‘yicha mahoratini va ko‘rsatkichlarini jamlash xamda ko‘rsatish maqsadida yaratiladi. Unga talabaning o‘zi yoki ustozi tomonidan tanlagan eng yaxshi ijodiy ishlaridan namunalar qo‘yiladi.
«Baholash portfoliosi» talabaning olgan bilimlari va malakasini nazorat qilish maqsadida to‘ziladi va u turli hil nazorat materiallaridan: nazorat ishlari, testlar, sxemalar, krossvordlar va boshka topshiriqlardan iborat bo‘ladi. Baholash portfoliosi o‘qituvchi tomonidan mustaqil to‘ziladi va uni rejalashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan natijaga erishish uchun o‘z vaqtida talabalarga takdim etishi talab etiladi.
«Yutuqlar portfoliosi» talabaning o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi eng yaxshi ishlari va yutuqlarini ko‘rsatuvchi hujjatlardan tashkil topadi. Bu portfolioga talaba o‘z hohishi bilan o‘zining eng yaxshi loyihalarini, olgan tashakkurnomalari, maqtov yorliklari, diplomlari, taqrizlar va o‘z faoliyatini namoyish qiluvchi rasmlarni kiritishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |