O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
IQTISODIY JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISHNING MILLIY VA XALQARO TIZIMI
FANIDAN
O ‘QUV PORTFOLIO
TOSHKENT-2019
I. TALABA PORTFOLIOSINI YARATISH TEXNOLOGIYASI
Talaba portfoliosining o‘quv jarayonida tutgan o‘rni va vazifasi
«Portfolio» faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha talabaning shaxsiy yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar majmuidir. Portfolioni yaratish talabaning ijodiy faoliyati hisoblanib, unga turli hil soha (o‘quv, ilmiy-izlanish, sport, ijodiy, ijtimoiy va boshqa) bo‘yicha faoliyat natijalari oliy o‘quv yurtida o‘qish jarayoni davrida talaba tomonidan kiritiladi.
Portfolioni yaratishdan asosiy maqsad talabaning oliy o‘quv yurtidagi o‘qish jarayoni davrida erishgan yutuqlari to‘g‘risidagi daliliy hujjatlarni to‘plash va saqlashdan iborat. Portfolio nafaqat talabaning ta’lim sohasidagi faoliyati natijalarini o‘zi tomonidan baholashning samarali shakli bo‘lib qolmasdan, quyidagilarga imkoniyat tug‘diradiadi:
ta’lim sohasidagi yutuqlarni dalillashtiradi;
ish raqobati bo‘yicha tajriba ortdiradi;
kasbiy kompetentlikni rivojlantirish uchun mustaqil ta’limni amalga oshiradi;
o‘zining kasbiy kompetentlik darajasini ob’ektiv baholash
malakasini rivojlantiradi;
bulajak mutaxassisning raqobatbardoshligini oshiradi.
Respublikamiz oliy ta’lim tizimida ushbu texnologiyaning qo‘llanilishi amaldagi talaba bilimini baholashning test reyting tizimini inkor etmaydi, aksincha uni to‘ldiradi. Rivojlantiruvchi ta’limga, insonparvar pedagogika nuqtai nazaridan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga o‘tishga, talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish bo‘yicha refleksiya hosil qilishga sharoit yaratadi.
«Talaba portfoliosi»ni yaratishdan maqsad nima?
Portfolio talabaning “Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi” fani bo‘yicha barcha ishlarini to‘liq yoritishi kerak. U o‘z ichiga fan bo‘yicha barcha turdagi topshiriqlar, loyihalar, ma’ro‘zalar, yozma ishlarni qamrab olishi, talabaning ushbu fan bo‘yicha muvaffaqiyatlarini, fanga munosabatini, fanni o‘zlashtirishi va tushunishini, muammoli topshiriqlarni bajarish va kommunikativ qobiliyatini, uning kelajakda ushbu fan bo‘yicha intilishlari va o‘zlashtirishini, o‘zlashtirish usullarini ko‘rsatib berishi zarur. Aniqlilik va nutq, fikrni bayon qilish madaniyati «portfolio» sifatini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Portfolioni yaratishda asosan quyidagilarga axamiyat berish talab etiladi:
1- talabaning mustaqil fikrlashi;
2-«portfolio» yaratishning vaqt oralig‘ini belgilash (semestr, o‘quv yili yoki butun o‘quv jarayoni bo‘yicha);
3-fan bo‘yicha erishilgan bilimlarning o‘zaro bog‘liqligi va asoslanganligi;
4- taklif etilgan ishlar (loyihalar, mustaqil ishlar, referatlar va b.) bo‘yicha talabaning o‘z bahosi;
5- muammollarni hal etish jarayoni, yo‘llari.
Do'stlaringiz bilan baham: |