O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” kafedrasi


Hududda energetika xavfsizligi va uni ta’minlash yo‘nalishlarini baholang



Download 22,51 Kb.
bet6/7
Sana09.06.2022
Hajmi22,51 Kb.
#646048
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
nnnnn

9. Hududda energetika xavfsizligi va uni ta’minlash yo‘nalishlarini baholang.
J: “Energetik xavfsizlik” va “energetik mustaqqilik” tushunchalari har bir mamlakat uchun o’ta muhim bo’lib, aholisining yashash tarziga katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ba’zi savollar paydo bo’lishi tabiiy: zamonaviy dunyo va har bir davlatni birlamchi energiya manbai zahirasi qay miqdorda, bu zahiralarning qancha vaqtga yetishi, ularning oqilona ishlatilinishi, energetikani atrof muhitga ta’siri va boshqalar
O’zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida energetik xavfsizlikka tahdidlar mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
yoqilg’i energetika kompleksi tarmoqlarida asosiy asbob-uskunalar eskirishining yuqori darajadaligi;
mintaqa mamlakatlarida yoqilg’i-energetika sohasida energoresurslarni ishlab chiqish (qazib olish) markazlari bilan ularni iste’mol qtluvchilar o’rtasida o’zaro aloqadorlikning sustligi;
iqtisodiyotni energo tejamkorlik rivojlanish yo’liga o’tkazilmaganligi;
energetika tarmoqlarida investitsiya yetishmasligi va ulardan foydalanish samaradorligining pastligi;
ichki energiya iste’molchilarining va energiya tashuvchilari import
qiluvchilarning xarid qobiliyatining pastligi;
energiya va energiya resurslari iste’moli uchun haq to’lamaslik holatlarining keng miqyosda ekanligi;
Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasida energiya tashuvchi resurs egalari bilan ulardan energiya ishlab chiqaruvchi hamda iste’molchi mamlakatlar o’rtasida o’zaro mustahkam manfaatli kelishuvning yo’qligi.
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdan ko’zlangan maqsadga erishish, uning energetika mustaqilligini ta’minlash bilan birga, respublikaning birmuncha uzoq istiqbolda elektr energiyaning yirik eksportchisiga aylanishi imkonini beradi. Energetika sektorida mujassamlashgan barcha potentsial afzalliklarga erishish uchun bir qator printsipial jihatdan muhim tadbirlarni amalga oshirish zarur bo’ladi.
Birinchidan: ko’mir zahiralarining ko’pligini inobatga olgan holda , u asosiy resurs sifatida shakllanmog’i lozim. O’zbekistonda ko’mirning tasdiqlangan zahiralari 1,95 mlrd. tonna miqdoridadir. Prognoz resurslari 5,7 mlrd. tonnadan ortiq miqdorni tashkil qiladi. O’zbekistonda barcha ko’mir zahiralarining 70 %ini qo’ng’ir ko’mir va lingit tashkil qiladi. Toshko’mir zahiralari janubiy hududlarda, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida jamlangan. Hozirgi vaqtda ko’mir uchta konda: Angren konida (qo’ng’ir ko’mir, 1,9 mlrd.t), Sharg’un va Boysun konlarida (tosh ko’mir, taxminan 50 mln.t atrofida) qazib olinadi.
Ikkinchidan: energetika sanoatiga tashqaridan kapital mablag’lari jalb etilishi uchun investitsiya bazasi tashkil etilishi va bu sohada soliqqa tortish tartibi haqida qonunlar ishlab chiqilishi kerak.
Uchinchidan: energetika sektorida korxonalarni tuzilmaviy jihatdan qayta qurish va ularning iqtisodiy samaradorligi hamda ishlab chiqarish salohiyatini oshirish maqsadida muassasaviy islohotlar o’tkazilishi taqozo etiladi.
To’rtinchidan: hududlarda energetika tizimining notekis joylashganligi Respublika hududlarining iqtisodiy rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Vaziyat yana shu bilan chuqurlashadiki, yangi elektrstantsiyalar joylashtiriladigan maydonlar qisqarib bormoqda va 220-500 kVli tarmoqlarning juda keng maydonni egallashi ularni o’rnatishni mushkullashtiradi.


Download 22,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish