-
tayyor mahsulotni baholash bo’yicha usul asosli tanlab olinganligi va to’g’ri
qo’llanilayotganini tasdiqlash;
-
tayyor mahsulot to’liq kirim qilinayotganligini aniqlash;
-
jo’natilgan va sotilgan mahsulotlar hajmlarini tasdiqlash;
-
jo’natilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxini tasdiqlash.Tayyor mahsulot ishlab
chiqarish
va uni sotish bo’yicha hisob yuritilishi holatini tekshirish bo’yicha ma’lumot manbalari bo’lib
quyidagilar hisoblanadm: tayyor mahsulotni omborda hisobga olish bo’yicha varaqalar,
preyskurantlar, maheulotni etkazib berish to’g’risida
shartnomalar, hisobvaraq-fakturalar, sotish
bo’yicha daftarlar, tayyor mahsulotni berish to’g’risida
yuk xatlari, xaridorlar ishonchnomalari,
tushum kelib tushganligi to’g’risida dastlabki bank va kassa hujjatlari (to’lov talabnomalar,
talabnoma-topshiriqnomalar, kirim kassa orderlari va boshqalar), 2010, 2810, 2910, 9010, 9110,
5010, 5110, 4010, 6310-sonli va boshqa hisobvaraqlar bo’yicha hisob registrlari (ro’yxatnomalar,
jurnal-orderlar, mashinogrammalar), Bosh kitob, "Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot" (2-sonli
shakl) va boshqalar.
Daromadlar olish tsikliga taalluqli bo’lgan operatsiyalar quyidagi faoliyat ko’rsatish vaqtida
amalga oshiriladi:
-
buyurtmalarni
qabul qilish;
-
kreditlarni berish;
-
mahsulotlar va xizmatlarni etkazib berish;
-
xaridorlarga hisobvaraqlarni yozib berish;
-
qarzlarni undirish (muddati o’tgan hisobvaraqlar);
-
pul tushumlarini olish.
Nazorat samaradorligini baholash uch bosqichdan iborat: a) na-zorat tizimini o’rganish; b)
nazorat samaradorligini baholash; v) na-zorat muolajalarini tekshirish (testlashni o’tkazish).
Ko’zdan kechirish bosqichida hujjatlashtirishni uch turdagi usulda amalga oshirish mumkin:
og’zaki yoritish, ichki nazorat bo’yicha savolnoma va blok-chizma.
Ushbu bosqichda hujjatlarni
tayyorlash uni yakunlanlash degani emas. Hujjatlarni tayyorlashda auditorlar tomonidan sharhlarni
tayyorlashdan maqsad
-
nazorat tizimini o’rganish ekanligini unutmaslik lozim.
Blok-chizmalar va savolnomalar - bu daromad olish tsikli bo’yicha, sotish, pul olish va
debitorlik qarzlari bosqichlaridan iborat nazorat tizimining afzalroq elementlaridir.
Ichki nazorat tizimi samaradorligi va mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha
operatsiyalar hisobini dastlabki baholash uchun foydali vosita bo’lib maxsus savolnoma bo’yicha
test savolnomalarini qo’llash hisoblanadi.
Olingan javoblarni tahlil qilib bo’lib, auditor mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jarayonini
nazorat qilish
yo’nalishlarini aniqlashi va har bir yo’nalish bo’yicha eng ma’qul bo’lgan
muolajalarni tanlab olishi, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish operatsiyalar tsikllari bo’yicha
auditorlik tekshiruvining dasturini tayyorlashi lozim.
Avvalambor, auditor korxonada tayyor mahsulot qanday baholanishini aniqlashi kerak.
Xozirgi kunda mahsulot baholashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
- amaldagi (to’liq) ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha;
-
ulgurji narxlar qat’tiy hisob narxlari sifatida qabul qilingan
sotishning ulgurji narxlari
bo’yicha. Bunda farqlar alohida hisobvaravda hisobga olinadi;
-
rejali (me’yoriy) ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha. Shuningdek, amaldagi ishlab
chiqarish tannarxi farqlari rejali yoki me’yoriy narxlardan alohida hisoblanadi:
\
-QQS summasiga oshirilgan erkin sotish narxlari bo’yicha;
- erkin bozor (sotuv) narxlari bo’yicha.
Tayyor mahsulotni baholash bo’yicha tanlab olingan usul korxona hisob siyosatining elementi
sifatida qayd etilishi, hisobvaraqlarning ishchi rejasida esa uning hisobga
olish uchun tegishli
hisobvaraqlar belgilanishi lozim.
Tayyor mahsulotning
to’liq
kirim qilinganligi xom ashyo va materiallarning xarajati bo’yicha
muqobil balans tuzish, tayyor mahsulotlarning chiqarilishini me’yoriy sarf-xarajatlardan kelib
chiqqan holda belgilash yo’llari bilan tekshirish mumkin. Ishlab chikarilgan mahsulot hajmlarini
tekshirish uchun dastlabki hujjatlar va ishlab chiqarish hisobotlari, tugallanmagan ishlab chiqarish
bo’yicha inventarlash dalolatnomalari, tahliliy va sintetik hisob registrlari ma’lumotlaridan
foydalaniladi. Bunda "Ombordagi tayyor mahsulot" hisobvarag’ining debetida hisobga olingan
tayyor mahsulotning xaqmqiy ishlab chiqarilishi va omborga topshirilishi
Do'stlaringiz bilan baham: