O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/362
Sana06.06.2022
Hajmi6,62 Mb.
#641680
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   362
Bog'liq
Аудит УМК 19.09.2019

MAVZU BO‘YICHA MASALALAR 
Masala. «A» xususiy firmasi 2010 yildan boshlab aktsiyadorlik jamiyati bo’lib qayta 
ro’yxatdan o’tdi. 2010 yilda jamiyatning bajarilgan ishlari xajmi 25000000 so’mni yillik ish xaki 
fondi 2,5 mln so’mni va jami byudjetga to’lovlari 3 mln 200 ming so’mni tashkil etdi.
Topshiriq: 2010 yil uchun yillik hisobot auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi shartmi?
Masala. «XXX» qo’shma korxonasi 2010 yilning oktyabr oyida «Inter-audit» auditorlik 
firmasiga analitik hisobni tiklab berish yuzasidan murojaat qildi. Shartnoma asosida xizmat 
ko’rsatilib, pul to’landi. 2008 yilning mart oyiga kelib «XXX» qo’shma korxonasi xuddi shu 
auditorlik firmasiga 2010 yil uchun yillik hisobotni tasdiqlab berish yuzasidan qayta murojat qildi.
Topshiriq: Auditorlik firmasi ushbu taklifni qabul qila oladimi? 
Masala. Auditorlik tashkiloti «A» va «B» firmalaridan auditorlik tekshiruvini o’tkazib berish 
yuzasidan taklif oldi. 
«A» firmasi besh yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan bo’lib, majburiy auditorlik 
tekshiruviga tortilmaydi. Soliq inspektsiyasi tomonidan o’tkazilgan xujjatli tekshiruv vaqtida «A» 
firmasiga katta miqdorda jarima sanktsiyasi qo’yilgan. Agarda firma ushbu jarimani to’lasa, uning 
moliyaviy barqarorligi yo’qoladi. Shu sababli firma auditorlik tashkilotiga Ushbu moliyaviy 
jarimani kamaytirib berish uchun tekshiruv o’tkazib berish taklifi bilan chiqdi va auditorlik 
tashkilotiga ushbu xizmat uchun bir million so’m to’lashini ma’lum qildi. 
«B» firmasi majburiy auditorlik tekshiruviga tortiluvchi tashkilot hisoblanadi. Faoliyatining 
uchinchi yilida firma auditorlik tashkilotini o’zgartirib, yuqoridagi auditorlik tashkilotiga murojaat 
qildi. «B» firmasi auditorlik tekshiruvi uchun sakkiz yuz ming so’m to’lab berishini ma’lum qildi.
Auditorlik tashkilotida xodimlar soni cheklangan bo’lib, bir vaqtning o’zida ikkala taklifni 
qabul qila olmaydi. Ikkala taklifni qabul qilishi uchun chetdan xodimlar jalb qilishi kerak bo’ladi.
Topshiriq: Auditorlik tashkiloti ikkala taklifni qabul qila oladimi? Agar bitta bo’lsa qaysi 
taklifni qabul qilishi kerak?
Masala. Majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tadigan aktsiyadorlik jamiyati auditorlik 
tashkilotiga ushbu yilda o’tkaziladigan tekshiruvning ob’ekti qilib, ular uchun yangi soha bo’lgan 
eksport-import operatsiyalarini olishni taklif qildi.


Topshiriq: Majburiy auditorlik tekshiruvi bo’yicha shartnoma ob’ekti bo’lib faqatgina 
eksport-import operatsiyalari bo’lishi mumkinmi? 
Masala. Majburiy auditorlik tekshiruvi vaqtida, 2008 yil mart oyida, asosiy vositalar 
inventarizatsiyasi o’tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu mart oyida o’tkazilgan inventarizatsiya natijasi 
bilan 2008 yil 1 yanvar holatiga bo’lgan asosiy vositalar mavjudligi haqida xulosa berib bo’ladimi? 
Topshiriq: Ushbu holatda auditor yana qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
Masala. Auditor buyurtmachilaridan birining hali e’lon qilinmagan balansini auditorlik 
firmaning boshlig‘i boshqa xodimlari bilan muhokama qilmoqda.
Talab qilinadi: Bu holatda sir saqlash majburiyati buzilganmi? Holatlarni tahlil qiling. 
Masala. Yillik hisobotni tekshirish jarayonida auditor buyurtmachi tomonidan raqobatbardosh 
korxona sotib olinayotganligini aniqladi. Agar bu ma’lumotlar ma’lum bo‘lsa, raqobatbardosh 
korxona aksiyalari kursi oshadi. Auditor vositachi tomonidan korxona aksiyalarini sotib olishga 
qarshi emas va shu tarzda u ko‘proq foyda olish imkoniyatini qidirmoqda.
Talab qilinadi: Bunday holatda u o‘zining professionallik majburiyatini buzmayaptimi? 
Holatlarni tahlil qiling. 
Masala. Audit o‘tkazish jarayonida bosh auditor oddiy auditorga audit o‘tkazilayotgan 
korxonaning soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblarini O‘zbekiston Respublikasi Soliq qonunchiligiga 
asosan tekshirib chiqish yuzasidan berdi. Tekshirish tugagach, oddiy auditor soliqlar bo‘yicha 
hisob-kitoblarda hech qanday xato aniqlanmaganligini ma’lum qildi. Audit jarayonida bir haftadan 
so‘ng hisobot tayyorlandi. Ikki oy o‘tgandan so‘ng soliq inspeksiyasi tomonidan tekshirish 
o‘tkazilib, soliq hisob-kitoblari bo‘yicha bir qator kamchiliklarni aniqladi. Shunga ko‘ra, korxona, 
hisoblangan soliqlarni va jarimalarni to‘lashi zarur bo‘ldi. Mijoz qonuniy asosda auditorlik 
tashkilotiga nima sababdan bu xato-kamchiliklar tekshirish paytida aniqlanmaganligi haqida 
murojaat qildi.
Talab qilinadi:
1.
Bu holatga qanday baho berasiz? Holatlarni tahlil qiling. 
2.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 
Masala. Sug‘urta kompaniyasi auditorlik firmasiga audit o‘tkazishni taklif qildi. Ammo 
auditorlar orasida sug‘urta kompaniyasi faoliyatini yaxshi biladigan mutaxassis yo‘q. 
Talab qilinadi: Bu holatda auditorlik firmasi taklifni qabul qiladimi? Holatlarni tahlil qiling. 
Masala. Qandolatchilik fabrikasi boshqa bir auditorlik firmasi bilan shartnomani buzib, 
sizning auditorlik firmangiz bilan shartnoma tuzmoqchi. 
Talab qilinadi: Bu holatda siz nima qilasiz? Holatlarni tahlil qiling. 
Masala. Siz faoliyat yuritayotgan auditorlik firmasiga televizor ishlab chiqarayotgan 
korxonadan audit o‘tkazish yuzasidan taklif tushdi. Sizning turmush o‘rtog‘ingiz bu kompaniyada 
tovarlar sotish bo‘yicha menedjer lavozimida faoliyat ko‘rsatadi. 
Talab qilinadi: Sizning firmangiz bu taklifni qabul qila oladimi? Holatlarni tahlil qiling. 


 
Masala. Sizning auditorlik firmangiz mijozga moliyaviy hisobot tayyorladi. Uch haftadan 
so‘ng mijoz telefon orqali qaysidir hujjatda xatoga yo‘l qo‘yilganligini e’lon qildi.
Talab qilinadi: Xatoni yuzaga kelmasligi borasida qanday sifat nazorati tadbiri amalga 
oshirilishi lozim. Holatlarni tahlil qiling. 
Masala. Yuridik shaxs hisoblangan o‘quv markazimizga ustav fondida davlatga qarashli 
ulushi bo‘lgan korxona asos solgan. Shu yo‘nalishda savol tug‘iladi: tashkilotimiz har yilgi 
majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkaziladimi? Uni o‘tkazmagan taqdirimizda bizga nisbatan 
ma’muriy jazo qo‘llaniladimi? Eshitishimizcha, joriy yilning 1-mayiga qadar biz DSIga tegishli 
auditorlik xulosasini taqdim etishimiz lozim ekan. Ustav fondida davlatga tegishli bo‘lgan ulush 
mavjud bo‘lgan tashkilot unitar (yoki shu’ba, qaram) korxona shaklida barpo etilgan mustaqil 
yuridik shaxsning ta’sischisi bo‘lgan taqdirda, u ustav fondida davlatga tegishli bo‘lgan ulushga ega 
xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadimi? 
Masala. Yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) sifatida 12-yildan beri faoliyat yuritib kelaman, 
o‘tgan davr ichida umuman tekshirish o‘tkazilmagan. Bu borada quyidagi savollar tug‘iladi: 
1. Soliq organi tadbirkorning necha yillik faoliyatini olib tekshiradi? 
2. YaTT faoliyati davrida to‘plangan hujjatlarni necha yil saqlashi shart? 
3. Tekshiruvchilarning 5 yildan avvalgi hujjatlarimizni talab qilishi to‘g‘rimi? 
4. Tadbirkor 5 yildan avvalgi bo‘lib o‘tgan ishlari uchun javob beradimi? 
Masala. Soliq tekshiruvlari, ularni o‘tkazish tartiblari va tekshiruv dalolatnomalarini tuzish 
masalalari qanday hujjatlar bilan tartibga solinadi. 
Masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona buxgalterlari tomonidan auditorlardan 
quyidagi masalalarga tushuntirish berish so‘raldi:
- Bizning kichik korxonamiz umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritadi. Prezidentning 
2011-yil 4-apreldagi PF-4296-sonli farmonining tekshirishlar muddatlarini uzaytirishga yo‘l 
qo‘ymaslik va 2014-yilga qadar tekshirishlarni taqiqlash to‘g‘risidagi me’yorlari nazorat-kassa 
mashinalari, to‘lov terminallarini qo‘llash, savdo qoidalari rejadan tashqari qisqa muddatli 
tekshirishlarga tatbiq etiladimi? 
- Qisqa muddatli tekshirish chog‘ida soliq inspektorlari bizga uning tayinlanganligi 
to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etdilar, biroq Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga hech qanday 
yozuv qayd etmadilar. Tekshirish dalolatnomasini tanishish uchun bizga taqdim etmadilar, biz hatto 
uni tuzgan yoki tuzmaganliklarini bilmaymiz. Biz tekshirish natijalariga qo‘shilmaymiz. 
Tekshiruvchilarning harakatlari qonuniymi, biz ularning haqiqiy emas, deb topilishini talab qila 
olamizmi? 

Download 6,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish