O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish



Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/362
Sana06.06.2022
Hajmi6,62 Mb.
#641680
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   362
Bog'liq
Аудит УМК 19.09.2019

4.Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish 
Ushbu xarajatlar guruhi iqtisodiy mazmuniga ko’ra mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxining 
tarkibini tashkil etuvchi quyidagi elementlarga bo’linadi: 
6.
Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymati chegirilib 
tashlangan holda); 
7.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari; 
8.
Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari; 
9.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi; 
10.Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Shuning uchun auditor har bir xarajat elementi tarkibining «Nizom»ga muvofiqligiga ishonch 
hosil qilishi lozim.
«Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari»elementi tarkibiga ishlab chiqariladigan mahsulotning 
asosini tashkil etuvchi yoki mahsulotni tayyorlash (ishlarni bajarish va xizmatlarni ko’rsatish)da 
zarur tarkibiy qism hisoblangan, chetdan sotib olingan xom-ashyo va materiallar, butlovchi 
buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar, ish va xizmatlar hamda Nizomda belgilangan boshqa 
xarajatlar kiradi. (1. 1. 1-1. 1. 10 bandlar) 
Auditor qaytarib olinadigan chiqindilar qiymati va idish hamda o’rash materiallari qiymati 
ularni sotish, foydalanish yoki omborga kirim qilish mumkin bo’lgan narxda baholanib, mahsulot 
tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan chegirib tashlanganligini aniqlashi zarur. (1. 
1. 11-band). Shuningdek, mazkur element bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati ularni 
sotib olish narxidan, shu jumladan barter kelishuvlarida, qo’shimcha narx(ustama)dan, 
ta’minlovchi, tashqi iqtisodiy tashkilotlarga to’lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar 
birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan brokerlik xizmatlari bilan birga, bojlar va 
yig’imlardan , yuklash-tushirish hamda tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan 
amalga oshiriladigan saqlash va etkazib berishga haq to’lashdan kelib chiqib shakllanishini ham 
nazarda tutishi zarur(1. 1. 12-band).
Bulardan tashqari auditor mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga olib borilgan moddiy 
resurslarni baholashning to’g’riligini ham tekshirishi kerak. №4-«Tovar-moddiy zahiralar»nomli 
BHMSga muvofiq har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt materiallarni baholash usullaridan (FIFO, 
AVECO)birini tanlaydi va hisob yuritish siyosatida aks ettiradi.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari. Bu element bo’yicha 
xarajatlar ro’yxati «Xarajatlar tarkibi . . . to’g’risidagi Nizom»da batafsil berilgan.
Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxining mazkur elementini tekshirishda aniqlanadigan asosiy 
xato-bu xarajatlarning ishlab chiqarish yo’nalishi tamoyiliga rioya qilmaslikdir. Auditor ish haqi 
hisoblashga doir dastlabki hujjatlar (ish vaqtini hisobga olish tabeli, ishbay ishlar uchun naryadlar, 
hisoblashuv-to’lov vedomostlari)ni tekshirish chog’ida boshqa faoliyat turlari (qurilish, madaniy-
maishiy va sh. o’)da band bo’lgan xodimlarning mehnatiga haq to’lash xarajatlarining asosiy 
faoliyatdagi mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shilish faktlarini aniqlashi kerak. Bunga 6710-
«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar»va 6720-«Deponentlangan mehnat haqi» 
schyotlarining krediti bo’yicha ma’lumotlarning ishlab chiqarishga olib borilgan qismini, yig’ma 
mehnat haqi vedomostining uni hisoblash qismi bo’yicha jami ko’rsatkichlari bilan solishtirish 


 
orqali erishiladi. Qoidaga ko’ra, yig’ma vedomostning jami ma’lumotlari, ishlab chiqarish 
xarajatlarini hisobga oladigan schyotlarning debeti bo’yicha ma’lumotlarga qaraganda ko’p bo’lishi 
lozim.
«Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari». Bu elementga byudjetdan tashqari 
majburiy fondlarga qonunchilik bilan belgilangan me’yorlarga muvofiq ajratiladigan to’lovlar 
kiradi. Masalan, mehnat haqi fondidan sug’urta fondiga majburiy ajratmalar, nodavlat pensiya 
jamg’armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug’urta va sug’urtaning boshqa turlariga ajratmalar, bandlik 
xizmatiga ajratmalar shular jumlasidandir. Bunday ajratmalarning mahsulot (ish, xizmat) lar 
tannarxiga olib borilishini tekshirishda byudjetdan tashqari fondlarga to’lanadigan badallarni 
hisoblab chiqarish manbalarining mehnat haqi fondining o’zini hisoblab chiqarish manbasiga 
bevosita bog’liq ekanligiga e’tibor berish zarur. Boshqacha qilib aytganda, to’lov manbasi qanday 
bo’lsa, badallarni to’lash manbasi ham shunday bo’ladi, bu esa yoxud tannarx, yoxud korxonaning 
o’z xususiy mablag’lari bo’lishi mumkin. Masalan, tekshiruv jarayonida auditor asosiy ishlab 
chiqarishda ishlaydigan ishlovchiga bergan 20000 so’mlik moddiy rag’batlantirish summasi hamda 
shu summaga nisbatan hisoblangan byudjetdan tashqari fondlarga to’lovlar summalari(ijtimoiy 
sug’urta fondiga 37, 3%- 7460 so’m, bandlik xizmatiga 1, 5% - 300 so’m) ham mahsulot tannarxiga 
olib borilgan(Dt 2010 Kt 6710 - 20000 s , Dt 2010 Kt 6510 - 7460 so’m, Dt 2010 Kt 6520 - 300 
so’m). Auditor ushbu xo’jalik muomalalari bo’yicha tuzilgan schyotlar korrespondentsiyasini 
noto’g’ri deb topib, jami 27760 so’mga mahsulot tannarxi asossiz oshirilgan va natijada soliqqa 
tortiladigan baza shu summaga kamaytirilganligini isbotladi.
Moddiy rag’batlantirish summasi ( 20000 s) va u bo’yicha hisoblangan barcha ajratmalar 
(7760 s) mahsulot tannarxiga qo’shilmasdan, korxonaning o’z mablag’lari ya’ni moddiy 
rag’batlantirish uchun ajratilgan fond hisobidan qoplanishi kerak.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi. 
Ushbu element bo’yicha xarajatlar tarkibiga asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan 
moliyaviy lizing asosida olinganlarni ham qo’shgan holda dastlabki (tiklash) qiymatiga nisbatan 
belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar, jadallashtirilgan amortizatsiyani ham qo’shib, 
hisoblangan amortizatsiya ajratmalari (hisoblangan eskirish) summalari kiradi.
Ta’kidlash joiz-ki, №5 -«Asosiy vositalar»nomli BHMSga muvofiq asosiy vositalarga 
amortizatsiya hisoblashning quyidagi usullari tavsiya qilinadi: 
Bir tekis (to’g’ri chiziqli) usul; 
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib usul(ishlab chiqarish usuli); 
Asosiy vositalar foydali xizmat qilish muddati yillar sonining yig’indisi bo’yicha hisobdan 
o’chirish usuli (kumulyativ usul); 
Kamayib boruvchi qoldiq usuli.
Auditor korxonada ushbu usullardan bittasi tanlab olinib, hisob yuritish siyosati to’g’risidagi 
buyruq bilan rasmiylashtirilganligini aniqlashi lozim. Shuningdek, tanlangan usulning hisobot yili 
davomida o’zgarmaganligiga, agar o’zgargan bo’lsa sababini va bu haqda hisob yuritish siyosati 
to’g’risidagi buyruqqa o’zgartish kiritilganligiga e’tibor berishi kerak. Asosiy vositalar 
ob’ektlarining foydali xizmat qilish muddatlari ularni balansga qabul qilish paytida aniqlanadi. 
Amortizatsiya hisoblash asosiy vositalar ob’ektlarining butun foydali xizmat qilish muddati 
davomida to’xtatilmaydi. Faqat korxona rahbarining qaroriga muvofiq qayta jihozlash 
(rekonstruktsiya) 
va 
zamonaviylashtirish(modernizatsiya) 
uchun 
o’tkazilgan, 
hamda 
konservatsiyaga qo’yilgan asosiy vositalar bundan mustasno. Amortizatsiya ajratmalari hisoblash 
yillik summasi quyidagicha aniqlanadi: 

Download 6,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish