Sinov savollari
Dislokasion tuzilishini qanday maqsadlarda o’rganiladi?
Dislokasiya zichligiga nimalar ta’sir qiladi?
Kristall panjaralarda qanday nuqsonlar bo’lishi mumkin?
Dislokasiya nima va uning turlari?
Dislokasiya zichligi qanday aniqlanadi?
Seliktiv yemirgich deb qanday yemirgichga aytiladi?
Yemirilish chuqurliklarining shakllari qanday?
7- Laboratoriya ishi
Yarim o’tkazgich materiallarda fotoelement yordamida yarimo’tkazgichli ichki ventilli fotoeffektini o’rganish.
Ishning maqsadi: elektr energiya olish uchun yarimo’tkazgichlarda ichki ventilli fotoeffektni o’rganish.
Nomoyish stendining tarkibi.
Diffuzion to’siqli kremniy asosidagi quyosh elementlaridan tayyorlangan quyosh batareyalari. Salt yurishi kuchlanishi 1,2 volt, qisqa tutashuv toki 40 milliamper. Quyosh batareyalariga ulanish moslamasi stendning yon tomoniga o’rnatilgan.
Namoyish yuklamasi – miniatyurali elektrmotor, u yoquvchi kalit yordamida quyosh batareyasiga ulanadi.
raqamli ulagich asbob – DT-830V xilidagi multimetr. O’lchagich asbobning vazifasi quyosh batareyalaridagi kuchlanish va tokni o’lchashdan iborat.
Stendning elektr sxemasi.
Stenddan foydalanishdagi asosiy imkoniyatlar.
Stenddan umumiy fizika (fotoeffekt qonunlari), yarimo’ykazgichlar fizikasi va asboblari bo’yicha namoyishlarni qo’yish yoki labaratoriya ishlarini o’tkazishda foyalanish mumkin. Namoyish va labaratoriya ishlarini o‘tkazishdagi asosiy fizii imkoniyatlarini ko’rib chiqamiz:
Har hil ko’rinishdagi energiyalarni aylantirish imkoniyatlarini namoyish qilish. Bu holda quyosh batareyasi yoki boshqa yorug’lik manbasi yordamida yoritiladi. QB yuklamasi sifatida mukammallashgan elektrodvigatel hizmat qiladi. Quyosh (elektromagnit) energiyani dastlab elektr toki energiyasiga, keyin esa mehanik energiyaga aylantirish namoyish etiladi. Bundan tashqari, tashqi elementlardan foydalanib elektr energiyasini boshqa ko’rinishdagi energiyalarga masalan, kimyoviy yoki issiqlik energiyalariga aylantirish namoyish qilinishi mumkin.
Ichki fotoeffektning fizikasini o’rganish bo’yicha labaratoriya ishlarini qo’yish (tushayotgan yorug’lik oqimiga fototokning bog’liqligi). Yorug’lik manbai sifatida cho’g’lanma lampadan foydalanish mumkin. Bu holda yorug’lik oqimi masofaning kvadratiga teskari ravishda o’zgaradi. Fototok tashqi asbob bilan o’lchanadi.
Yarim o’tkazgich asbob – fotodiodning tavsifini o’lchash bo’yicha labaratoriya ishlarini qo’yish. Tashqi volt – metr, ampermetr va yuklama qarshilik yordamida fotodiodning (QB) qorong’ulikdagi katta VAXi hamda yorug’lik VAXi to’plami (har xil yoritilganlikda ) o’lchanadi. Qisqa tutashuv yoki yorug’lik oqimining logarifmiga bog’liq ekanligi ko’rsatiladi. Qo’shimcha kuchlanish manbai yordamida (galvanik element) VAXning teskari qiymatlari o’lchanishi mumkin.
Alternativ energiya manbalari bo’yicha labaratoriya ishlarini qo’yish. Bu holda quyidagilarni o’rganish mumkin: QB VAXida optimal nuqtalar mavjudligini, quyosh nurlariga nisbatan ma’lum bir burchak ostida o’rnatilganligiga QB VAXini bog’liqligi, atmosfera massasini yer atrofidagi yorug’lik oqimiga ta’siri, energiyani aylantirishning F.I.K. ni aniqlash .
Texnikaviy ilova: fotodioddan quyidagi maqsadlarda, ya’ni masofani, burchakni, predmetlar sonini o’lchashda, zanjirlarni galvanik usulda ajratishni hosil qilishda, optrop asboblarni qurishda, axborotni optikaviy uztishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |