Tajriba ma’lumotlariga ishlov berish.
Yoritilganlikni nuqtaviy yorug’lik manbasigacha bo’lgan masofaga bog’liqligi. Ishda cosα kattaligi taqriban 1 ga teng ekanligi va α masofa o’zgarganda miqdori kam o’zgarishini hisobga olsak, u holda (1) formula quyidagi ko’rinishda bo’ladi.
E J const /(1 h)2
shuning uchun bu holda yoritilganlik kattaligi 1/(1+h)2 kattalikka proporsional bo’ladi.
Ii', Ii'', i=1,…,3.o’lchashlarning natijalarini 1 – jadvalga yozing.
ΔI ni 1/(1+h)2 kattalikka bog’liqlik grafigini tuzing. Olingan bog’liqlik chiziqiy bo’ladimi?
Bilim va ko’nikma
Laboratoriya ishining hisobotini topshirish uchun quyidagilar zarur: yoritilganlik qonunlarini, asosiy tenglamaning keltirib chiqarilishini, asosiy tenglamaning oqibatlarini, Buger qonuni, yutilish koeffitsientini bilish, ahborotni jadval ko’rinishda tasvirlash ko’nikmasiga ega bo’lish, SI tizimida izlanayotgan kattalikni hisoblash to’g’ri va bevosita o’lchashda mutlaq va nisbiy [atoliklarni hisoblash.
Sinov savollari
Nuqtaviy manba uchun yoritilganlik qonunlari?
Yutilish koeffitsienti tushunchasiga ta’rif bering?
Yoritilganlik qonunlarini tajribada tekshirishning ma’nosi nimani anglatadi?
Bugerning yutilish qonunini tushuntirib bering?
Buger qonunidan amalda foydalanish istiqbollari?
5 – Laboratoriya ishi
Yarimo’tkazgichli materiallarning solishtirma qarshiligini tadqiq etish.
Ishdan maqsad: Yarimo’tkazgichli materiallarning solishtirma qarshiligini tadqiq etish usullarini o’rganish.
Nazariy qisim:
Yarimo’tkazgichli materiallarda Om qonuni quyidagi ifodalar bilan yoritiladi:
, , (1.1)
Bu yerda:
I–tok kuchi (A), U-kuchlanish (V) va R–materialning umumiy qarshiligi (Om).
Materialning umumiy qarshiligini ya’na bir holatda quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
(1.2)
– materialning solishtirma qarshiligi (Omsm), l – namuna uzunligi (sm), S – namunaning ko’ndalang kesim yuzasi (sm2).
Materialning solishtirma qarshiligi, materialning solishtirma o’tkazuvchanligiga teskari bog’langan bo’lib u quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
, (1.3)
Bu yerda:
-materialning solishtirma o’tkazuvchanligi (Omsm)-1, e-elektron zaryadi (Kl), n-elektronlar konstentrastiyasi (sm-3), –zaryad tashuvchilar harakatchanligi (sm2/Vs).
O’tkazgichlardan farqli ravishda yarimo’tkazgichli materiallarda ikki xil zaryadga ega bo’lgan–elektron ( ) va kovaklar ( ) tok tashishi uchun ishtirok etadi. Shuning uchun yarimo’tkazgichlarda o’tkazuvchanlik quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
(1.4)
Bu erda: n-elektronlar konstentrastiyasi, p-kovaklar konstentrastiyasi, n, n – elektron va kovak harakatchanligi
Elektron o’tkazuvchanlikka ega yarimo’tkazgichli materialarda np bo’lganda:
(1.5)
Kovak o’tkazuvchanlikka ega yarimo’tkazgichli materialarda pn bo’lganda:
(1.6)
Xususiy yarimo’tkazgichlarda:
n=p= ni (1.7)
(1.8)
Bu qonun shuni ko’rsatadiki, har qanday yarimo’tkazgichli materiallarda berilgan haroratda elektron va kovaklar konstentrastiyasi ko’paytmasi ularning xususiy zaryad tashuvchilari konstentrastiyasi ko’paytmasiga teng buladi - . Bu qonun faqat termodinamik muvozanat holatida o’rinli bo’ladi. Bu (3.8) ifodani massalarning xarakatdagi qonuni deb ataladi. (3.8) ifodadan muvozanat xolatdagi n- tipli yarimo’tkazgich materialining elektronlar konstentrastiyasi aniq bo’lsa, undagi asosiy bo’lmagan kovaklar konstentrastiyasi yoki r- tip uchun undagi asosiy bo’lmagan elektronlar konstentrastiyasi ga teng buladi.
ni – xususiy yarimo’tkazgichlarda zaryad tashuvchilar konstentrastiyasi:
(1.9)
Nc – o’tkazuvchanlik zonasida elektronlarning effektiv zichligi holati:
(1.10)
Nv – valent zonada kovaklarning effektiv zichligi holati:
(1.11)
Bu erda: , , Eg, – elektron va kovaklarning effektiv massasi, ta’qiqlangan zona energetik qiymati va Plank doimiysi ( Djs, ). Quyidagi jadvalda asosan yarim o’tkazgich materiallarda Nc, Nv va ni lar qiymatlari keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |