64
fyuchers shartnomasini amalga oshirilishi birja tomonidan kafolatlanadi;
fyuchers bozorining ishtirokchisi shartnoma muddati tugagunicha istalgan
vaqtda oʻzining pozitsiyasini qarama – qarshi yoʻnalishdagi shartnoma (ofset) bilan
yopishi mumkin (jumladan, fyuchers bozorida qisqa pozitsiyani yopish uchun
huddi mana shuncha shartnomalar miqdorida uzun pozitsiyasini ochish lozim,
bunday holatda savdo ishtirokchisining pozitsiyasi bekor qilinadi);
fyuchers bozorida moliyaviy kafolat tizimi amal qiladi, bunda har bir
fyuchers shartnomasi boʻyicha maʼlum bir pozitsiyani ochish uchun birja eng kam
miqdorda garov taʼminotini belgilaydi hamda uni saqlaydi. Garov badali
boshlangʻich yoki depozit marjasi deb atalib, u asosan shartnoma summasidan 2 –
10% ni tashkil etadi.
Fyuchers shartnomalarining
asosini nafaqat tovalar, balki moliyaviy
instrumentlar ham tashkil etishi mumkin. Bazis aktivlarini moliyaviy
instrumentlar, yaʼni qimmatli qogʻozlar, fond indekslari, valyutalar, bank
depozitlari tashkil etuvchi shartnomalar moliyaviy fyuchers shartnomalari
deyiladi
17
.
Moliyaviy fyuchers shartnomasi foiz stavkalariga asoslangan forvard
shartnomasiga oʻxshaydi, modomiki u moliyaviy instrumentlarni
bir tomondan
ikkinchi tomonga, kelajakda belgilangan muddatda yetkazib berilishidan darak
beradi. Lekin u forvard shartnomasidan maʼlum bir tomonlari bilan farqlanadi,
jumladan fyuchers shartnomalari forvard bozoridagi defolt holatlari va likvidlilik
bilan bogʻliq muammolarni yengib oʻtadi.
18
Hozirgi kunda zamonaviy fyuchers
bozorlari asosan moliyaviy fyuchers shartnomalari hisobiga rivojlanib kelmoqda.
Biz yuqorida forvard shartnomalari haqida fikr yuritganimizda, forvard
narxini aniqlash formulasini keltirgan edik. Ana
shu formula orqali fyuchers
narxini ham aniqlash mumkin, lekin bu borada fyuchers bozorining oʻziga xos
xususiyalarini inobatga olish zarur. Jumladan, fyuchers bozorlarida arbitraj
operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati ancha kam. Bu avvalo fyuchers
shartnomalarining likvidliligi yuqoriroq ekanligi bilan bogʻliq.
Fyuchers narxi deganda fyuchers shartnomasini imzolashda belgilangan
narx
tushunilib, u investorlarning tegishli aktiv boʻyicha kelajakda kutayotgan spot
narxini aks ettiradi. Fyuchers shartnomasini imzolashda bazis aktivning fyuchers
narxi spot narxidan yuqori yoki past boʻlishi mumkin.
Agar fyuchers narxi spot
narxidan yuqori boʻlsa, u holda bu holat kontango deyiladi. Agarda teskarisi,
yaʼni fyuchers narxi spot narxidan past boʻlsa, u holda bu holat bekuordeyshn
deyiladi
.
Fyuchers narxi va spot narxi oʻrtasidagi farq bazis deb ataladi
. Shartnoma
muddatining oxirida bazis nolga teng boʻladi, chunki fyuchers narx va spot narx
oʻzaro bir nuqtada kesishadi, yaʼni bazis aktivning fyuchers narxi spot narxga
17
Буренин А. Н. Рынок ценных бумаг и производных финансовых инструментов:Учебное пособие. – М.: 1
Федеративная Книготорговая Компания, 1998. –180 с.
18
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and Institutions – USA: Prentice Hall,
Pearson
Education, 2012. – p. 593
65
yaqinlashib boradi. Bazis, tovar – hom ashyo mahsulotlari bilan savdolarda alohida
ahamiyatga ega
19
.
Fyuchers narxini belgilashning asosiy nuqtasi bu “yetkazib berish narxi”ni
aniqlashdir.
Yetkazib berish narxi
–
bu shartnoma davri davomida bazis aktivga
egalik qilish bilan bogʻliq barcha xarajatlar va yoʻqotilgan foydadir.
Uning tarkibi
quyidagi elementlardan iborat:
a) aktivni saqlash va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar;
b) bazis aktivni sotib olishga sarflangan summadan investor olishi mumkin
boʻlgan foiz; qarz uchun investor toʻlaydigan foiz.
Yuqoridagilarni quyidagicha yozish mumkin:
Фьючерснарх = Спотнарх + Фоизлар + Сақлашвасуғурталашхаражатлари
Agar ushbu tenglik amalga oshmasa, u holda arbitraj operatsiyalarini
oʻtkazish imkoniyati paydo boʻladi. Yaʼni,
𝐹 > 𝑆 + 𝐼
𝑘
+ 𝑍бўлса,
bu yerda,
I
k
— kredit foizi;
S —
bazis aktivning spot narxi; Z — saqlash va
sugʻurtalash xarajatlari, u holda arbitrajer:
a) shartnomani sotadi;
b) I
k
foizda mablagʻlarni qarzga olib, unga bazis
aktivni sotib oladi va uni
yetkazib berish davrigacha saqlaydi;
v) shartnoma muddati tugaganidan soʻng aktivlarni yetkazib beradi va
quyidagi oʻlchamda foyda oladi [
F
—
(S + I
k
+ Z)]. Qimmatli qogʻozlar bilan
savdoda Z nolga teng. Agar
𝐹 < 𝑆 + 𝐼
𝑑
+ 𝐼
𝑘
бўлса,
bu yerda,
I
d
— depozit foizi, u holda arbitrajer:
a) shartnomani sotib oladi;
b) aktivni
I
k
foizda qarzga oladi;
v) aktivni sotadi va olingan summani
I
d
foiz bilan joylashtiradi;
g) shartnoma muddati tugaganidan soʻng depozit boʻyicha foizlarni oladi,
shartnoma boʻyicha aktivlar uchun toʻlovni amalga oshiradi, kreditorga foizlari
bilan qaytaradi. Uning foydasi esa quyidagicha boʻladi:
(S + I
d
—
I
k
—
F).
Fyucherslar orqali savdolarni amalga oshirishda bozor ishtirokchilari
tomonidan maʼlum
bir srategiyalar yuritilib, ularning ichida eng oddiy koʻrinishi
bu fyuchers shartnomalarini sotish va sotib olishdir. Shuningdek investor bir
vaqtning oʻzida uzun va qisqa pozitsiyalarni ochishi ham mumkin. Bunday
strategiya spred yoki streddl deb ataladi. Investor bunday harakatlarni turli
fyuchers shartnomalarining narxi yetkazib berish narxiga teng kelmasligini taxmin
qilganda amalga oshiradi. Shu bilan birgalikda spredni shakllantirish, faqat uzun
yoki qisqa pozitsiyani ochishdan koʻra kam riskli strategiya hisoblanadi. Spred
orqali investor narxlarni umumiy oʻzgarish darajasi bilan bogʻliq zararlarni bartaraf
etadi va ayrim sabalarga koʻra kelib chiqqan narxlarning ogʻishi
hisobidan foyda
olishni moʻljallaydi.
19
Деривативы. (Серия «Reuters для финансистов»)/Пер.с англ. – М.: Альпина Паблишер, 2002. – 52 с.
66
Xulosa qilib aytganda, fyuchers bozoridagi operatsiyalar spot bozoriga
qaraganda yuqori daromadliligi bilan ajralib tursada, lekin bu holat yuqori riskka
ega ekanligini ham unutmaslik kerak. Haqiqatda, fyuchers bozorida narxlarning
salbiy tomonga oʻzgarishi oqibatida koʻrilgan zararlar spot bozoridagi zararlardan
koʻra bir necha marta oshib ketishi mumkin. Demak,
fyuchers shartnomasini
tuzuvchi shaxslar fond bozorini, uning hozirgi va kelajakdagi holatini hamda narx-
navo qanday boʻlishini chuqur oʻrganishi va uni bilishi lozim boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: