59
Uzoq muddat davomida turli davlatlar fyucherslar va opsionlar bilan savdo
qilishni cheklab va man etib kelganiga qaramay 1972 yili Chikago tovar birjasi
(Chicago Mercantile Exchange - CME)da Halqaro valyuta bozori (International
Monetary Market - IMM) deb ataluvchi yangi boʻlinma tashkil etildi, bu esa ilk
marotaba tashkil etilgan moliyaviy fyuchers shartnomalari
- valyuta fyucherslari
bilan savdo qiluvchi maxsus birja maydonchasi hisoblandi. Bu paytgacha
fyucherslarning baʼzaviy aktivi sifatida faqat tovarlardan foydalanib kelingan edi.
Shu bilan birgalikda shu yili Chikago savdo palatasi aksiyalar boʻyicha fyuchers
savdolari amalga oshirish uchun ruxsatnomasiga rad javobini oldi. Bunga javoban
u 1973 yilda Chikago opsion birjasini (Chicago Board Options Exchange – CBOE)
tashkil etdi. Shu bilan birgalikda aynan shu yili Fisher Blek va Mayron Shoulz
oʻzlarining opsionlar narxini aniqlash formulasini eʼlon qilishdi.
70-yillarning oxiriga kelib esa moliyaviy fyucherslar ommaviy tarzda tan
olindi va ular bilan savdolar dunyodagi barcha birjalarda amalga oshirila
boshlandi.
Maʼlumki, birjada savdolar ochiq savdolar orqali amalga oshiriladi. Lekin
hosilaviy qimmatli qogʻozlar boʻyicha shartnomalar birjadan tashqari holatda ham
amalga oshirilishi mumkin. Garchi birjadan tashqari forvard va opsion bitimlaridan
70-yillargacha foydalanib kelingan boʻlsada, faqat 80-yillarga
kelib bunday
savdolar sezilarli darajada ortdi. Aynan mana shu davrda ilk marotaba svoplarning
oʻrni yaqqol koʻrindi. Dastlabki svoplar ichida shundaylari uchrar ediki, ularda
majburiyatlar boʻyicha foiz toʻlovlarining almashinuvi, yaʼni bir tomon oʻzining
qatʼiy foiz stavkasini ikkinchi tomonning suzuvchi foiz stavkasiga almashtirar
edi
14
. Shu davrdan boshlab sotuvchi va sotib oluvchilar tomonidan moliyaviy
richag samarasidan intensiv foydalanila boshlanganligi sababli hosilaviy qimmatli
qogʻozlar riskni xedjirlash vositasidan yuqori daromad
keltiruvchi instrumentga
aylana boshladi.
XX asrning boshlarida bozor rivojlanishiga sabab boʻluvchi muhim voqea
yuz berdi, yaʼni 1920 yilda muddatli birja savdolaridagi asosiy element
hisoblanuvchi kliring palata tashkil etildi.
XX asrning oxiri 90-yillar va XXI asrning boshlarida muddatli savdolarning
rivojlanishidagi asosiy tendensiyalardan biri bu birjalarning xalqaro miqyosda
birlashuvi boʻldi. Jumladan, 1997 yili Germaniya va Shveysariya birjalari
birlashtirilib, Eurex ittifoqi tashkil etildi. 2000 yil Parij,
Amsterdam va Bryussel
(keyinroq ittifoqqa Lissabon birjasi ham qoʻshildi) birjalari birlashtirilib, Euronext
yagona yevropa birjasi tashkil etildi, soʻngra, yaʼni 2008 yil ushbu birja Nyu-York
fond birjasi bilan birlashdi. Shimoliy Amerikaning yirik muddatli birja bozori
CME Group 2007 yil Chikago tovar birjasi (Chicago Mercantile Exchange – CME)
va Chikago savdo palatasining (Chicago Board of Trade – CBOT) oʻzaro
birlashuvi natijasida paydo boʻldi. Hozirgi paytda bu ittifoqqa yuqorida qayd
etilganlardan tashqari Nyu-York tovar birjalari NYMEX (New York Mercantile
Exchange) va COMEX (Commodity Exchange of New York) ham qoʻshilgan.
14
Деривативы. (Серия «Reuters для финансистов»)/Пер.с англ. – М.: Альпина Паблишер, 2002. – 19 с.
60
Hozirgi kunga kelib hosilaviy qimmatli qogʻozlar bozori fond bozorining
alohida segmenti sifatida rivojlanib kelmoqda, ayniqsa ushbu moliyaviy
instrumentlar aylanmasini birjadan tashqariga chiqishi
sababli ular cheklanmagan
miqdorda muomalada boʻlish va turli bazis aktivlar boʻyicha, jumladan fond
indekslari va boshqa hisob koʻrsatkichlari boʻyicha ham muomalaga kiritilish
imkoniyatiga ega boʻldi. Soʻnggi paytlarda hosilaviy qimmatli qogʻozlar bozori
boshqa moliyaviy instrumentlarga qaraganda yuqori surʼatlarda oʻsishda davom
etmoqda va bu esa birjalardagi asosiy volatillik (oʻzgaruvchanlik)ni hosil
qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: