Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 5,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/128
Sana30.10.2022
Hajmi5,02 Kb.
#858425
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   128
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

Price/Earnings – P/E
). Bu koʻrsatkich aksiya bozor bahosi 
P
ning bitta aksiyaga 
toʻgʻri keladigan sof foyda koʻrsatkichi 
EPS 
ga nisbati sifatida aniqlanadi.
Mazkur baholash modelining mohiyati quyidagicha ifodalanadi. Dastlab 
kelgusi davrda korxonaning bitta aksiyasiga toʻgʻri keladigan daromad baholanadi, 
yaʻni 
EPS 
koʻrsatkichi aniqlanadi. Undan soʻng olingan koʻrsatkich aynan bir xil 
korxonalar uchun hisoblangan yoki mazkur tarmoq uchun oʻrtacha 
P/E (P/EPS) 
koeffitsientga koʻpaytiriladi. Shunday qilib, 
𝑉
𝑡
= 𝐸𝑃𝑆
𝑡
× 𝑃/𝐸
Amaliyotda 
mazkur 
koeffitsientlardan 
hisob-kitoblar 
uchun 
joriy 
belgilashlarda tez-tez foydalaniladi.
Misol koʻrib chiqamiz. 
Agar oxirgi yilda bitta aksiyaga toʻgʻri keladigan foyda 30 birlikni tashkil 
etgan va kelajakda ham shuncha boʻlishi kutilayotgan boʻlsa, shuningdek, mazkur 
tarmoq boʻyicha 
P/E 
oʻrtacha 150 birlikni teng boʻlsa “M” korxona aksiya 
qiymatini aniqlang. 
V=30 x 150 = 4500 birlik. 
P/E 
koeffitsient aslida yakuniy natija – sof foyda boʻyicha korxonani 
baholaydi. Boshqacha aytganda bu koʻrsatkich bozor aniq bir korxonaning bir 
birlik foydasiga qancha toʻlashga tayyorligini koʻrsatib beradi. 
Uning belgilanishi butun sof foyda dividend toʻlashga yoʻnaltiriladigan 
sharoitda aksiya boʻyicha investitsiyalar qoplanish muddati sifatida ham talqin 
qilinishi mumkin. 
P/E 
koeffitsientning yuqori belgilanishi aksiyaning jalb qiluvchanligini 
oʻzida aks ettiradi. Natijada investorlar uning istiqbolli tarzda yanada oʻsishi, 
daromadlarining ishonchli va barqarorligi, risklilik darajasining unchalik yuqori 
emasligini anglashlari mumkin boʻladi. 
P/E 
moliyaviy koeffitsientni hisob-kitob qilishda korxona faoliyatining qator 
muhim moliyaviy koʻrsatkichlari, shuningdek, ularga taʻsir etuvchi omillar, 
masalan kelgusi pul oqimlari, aktivlar va boshqalarning eʻtiborga olinmasligini 
mazkur modelning kamchiligi sifatida koʻrsatishimiz mumkin. Bundan tashqari sof 
foyda moliyaviy hisobotlarning boshqa koʻrsatkichlari bilan taqqoslaganda 
oʻzgarishlarga yuqori darajada moyil hisoblanadi va unga boshqaruvchilarning 
bevosita taʻsiri ham kuzatiladi. Koeffitsientning yuqori belgilanishi foyda 
miqdorining keskin past boʻlishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. 
Shuningdek, bu koʻrsatkichni zarar koʻrib ishlovchi korxonalar uchun aniqlash 
imkoniyati mavjud emas.


49 
EPS 
koʻrsatkichi bitta aksiyaga toʻgʻri keladigan dividend (
Dividends Per 
Share
– 
DPS
)va dividend toʻlovlari (
payout ratio - PR
)ning oʻzaro nisbati sifatida 
ham aks ettirilishi mumkin: 
𝐸𝑃𝐷
𝑡
=
𝐷𝑃𝑆
𝑡
𝑃𝑅
𝑡
Oʻz 
navbatida, 
dividend 
toʻlovlari 
koeffitsientini 
korxonani 
reinvestitsiyalashga yoʻnaltiriladigan foydaning ulushi (
recovery rating – RR
)dan 
kelib chiqqan holda ham aniqlash mumkin: 
𝐷𝑃𝑆
𝑡
= 𝐸𝑃𝑆
𝑡
× (1 − 𝑅𝑅
𝑡
)
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda taʻkidlash mumkinki, 
EPS 
va 
P/E 
koeffitsientlari kelgusidagi dividend toʻlovlarini 100 foizgacha aniq hisoblash 
imkoniyatini bermaydi. 
Aksiyalar qiymatini baholashda yana bir koeffitsient “Baho/tushum” (
Prise 
to Sales
) koeffitsienti hisoblanadi. Bu koeffitsientdan foydalanish yordamida 
baholash metodikasi 
P/E 
yondashuvidan foydalanishga oʻxshash, faqat bitta 
aksiyaga toʻgʻri keladigan foyda oʻrniga korxona tushumining joriy miqdoridan 
foydalaniladi: 
𝑉
𝑡
=
𝑃
𝑆
× 𝑆𝐴𝐿
𝑡
 
bu erda 
SAL
t
 – t 
davrda korxonaning tovar sotishdan tushumi. 
Aksiyalarni baholash uchun 
P/S 
koeffitsientidan foydalanish aksariyat 
korxonalar uchun foyda koʻrsatkichi emas, balki mahsulot sotish hajmining 
oʻsishini taʻminlash maqsadiga asoslanadi. Bunday maqsadning qoʻyilishiga sabab 
mahsulot sotishdan tushum koʻrsatkichining tovar va xizmatlar bozorida 
korxonaning egallab turgan oʻrnini belgilashda muhim ahamiyatga egaligi bilan 
izohlanadi. Korxonaning bunday tartibda jadallik bilan oʻsishi boshqa barcha shart-
sharoitlar teng boʻlganda daromad olinishi va musbat pul oqimlariga erishish 
imkoniyatini yuzaga keltiradi. 
Mazkur metodning afzalligi sifatida yangi, shuningdek, zarar bilan ishlovchi 
va manfiy pul oqimlariga ega korxonalar aksiyalarini baholash imkoniyatini berishi 
bilan izohlash mumkin. Aniq-ravshanki bunday holatda 
DDM 
modeli yoki 
P/E 
koʻrsatkichidan foydalanish murakkablik tugʻdiradi va hech qanday mazmunga ega 
emas. Bundan tashqari tushum koʻrsatkichining oʻzgaruvchanligi odatda, foydaga 
nisbatan ancha past. Shuningdek, bu koʻrsatkich moliyaviy hisobotlarda ishonchli 
hisoblanadi va unga korxona moliyaviy siyosatining jiddiy taʻsiri kuzatilmaydi. 
Lekin 
P/S 
koeffitsientidan foydalanish orqali aksiyalarni baholash metodi 
konseptual kamchilikka ega boʻlib, bu koeffitsient nisbiy baholash metodi 
hisoblanadi va aksiyaning haqiqiy qiymatini belgilab bermaydi. Chunki bu 
metodda aksiya qiymati boshqa oʻzaro tenglashtirilgan korxonalar guruhiga 
nisbatan belgilanadi. 
Bundan tashqari mahsulot sotishdan tushum korxona faoliyatining yakuniy 
natijasiga taʻsir etuvchi omillardan faqat bittasi hisoblanadi va korxonalar bir xil 
tushum koʻrsatkichi bilan turli xil rentabellikka, samaradorlikka erishishlari 
mumkin. Aynan shu bogʻliqlikdan kelib chiqqan holda 
P/S 
koeffitsienti mahsulot 


50 
sotish rentabelligi yoki foyda marjasi masalan, soliqlar va foizlar toʻlangunga 
qadar foyda, sof foyda koʻrsatkichlari bilan birgalikda foydalanish samaraliroq 
hisoblanadi. 
Xalqaro amaliyotda keng doirada qoʻllaniladigan yana bir koeffitsient 
korxona qiymati (
Enterprise Value – EV
)ning soliqlar, foizlar va amortizatsiya 
chegirilgunga qadar foyda (Earnings Before Interest, Taxes, Depreciation and 
Amortization – 
EBITDA
)ga nisbati koʻrsatkichi hisoblanadi. 
EV/EBITDA
eng past 
koʻrsatkichli aksiyalar sotib olish uchun nomzod aksiyalar hisoblanadi.
Mazkur koʻrsatkichning afzalliklari sifatida quyidagilarni koʻrsatish 
mumkin: 
- zarar bilan ishlayotgan korxonalarni aniqlashga xizmat qilishi mumkin; 
- qarz mablagʻlari hisobiga qoʻshib olishni baholashda foydalanish uchun 
qulay; 
- qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish, amortizatsiya siyosati, soliq 
siyosati va boshqalar turli xil darajada boʻlgan korxonalarni oʻzaro taqqoslash 
imkonini beradi. 
Amaliyotda mazkur koʻrsatkichni hisoblashning turli xil yondashuvlari amal 
qiladi. Ulardan eng keng qoʻllaniladigani quyidagi formula boʻyicha amalga 
oshiriladi: 
𝐸𝑉
𝐸𝐵𝐼𝑇𝐷𝐴
=
𝑀𝑉(𝐸) + 𝑀𝑉(𝐷) − 𝐶
𝐸𝐵𝐼𝑇𝐷𝐴
bu erda MV(E), MV(D) – mos ravishda korxona xususiy kapitali va qarz 
kapitalining bozor qiymati; 
C – balansdagi pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari. 
Yuqorida keltirilgan formulaga muvofiq korxona qiymati uning xususiy 
kapitali va qarz kapitali yigʻindisidan pul mablagʻlarini ayirish orqali aniqlanadi. 
Bunday yondashuv aksiyalar bozor qiymatini hisobga olgan holda korxona 
qiymatining tarkibiy elementlari nisbatan toʻliq kartinasini koʻrish imkonini beradi. 
Shubhasiz butun korxonani naqd pulga sotib olishda investor uning barcha 
majburiyatlarni oʻziga olishga yoki birdaniga toʻlashga majbur boʻladi. Korxona 
qiymatini aniqlashda pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlarini chegirishdan 
maqsad korxonani xarid qilishda balansdagi pul mablagʻi oʻzgarmas qolishi bilan 
izohlanadi. 
Umuman yuqorida keltirib oʻtilgan aksiyalarni baholash modellarining 
barchasi ham oʻziga xos afzalliklar va kamchiliklarga ega. Shunday ekan 
investitsion faoliyatni amalga oshirish uchun korxonalar aksiyalarini baholashda 
koʻrib chiqilgan modellar va koeffitsientlarning bir nechtasidan foydalanish va 
oʻrtachasini olish maqsadga muvofiq, deb oʻylaymiz. 

Download 5,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish