Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 5,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/128
Sana30.10.2022
Hajmi5,02 Kb.
#858425
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   128
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

Aksiya egalarining huquqlari 
Aksiyadorlik jamiyati tashkil qilinayotganda uning aksiyalari taʼsischilar 
oʻrtasida taqsimlanadi. Taʼsischilar aksiyadorlik jamiyatini tashkil qilish toʻgʻrisida 
qaror qabul qilgan boʻlib, ular yuridik va jismoniy shaxslar boʻlishi mumkin. 
Jamiyat yuridik shaxsni taʼsis etish yoki qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish
boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) yoʻli bilan tashkil etilishi mumkin. 
Jamiyatning muassislari uni tashkil etish toʻgʻrisida oʻzaro taʼsis shartnomasini 
tuzadilar, shartnomada ularning jamiyatni taʼsis etishga doirga birgalikdagi 
faoliyatni amalga oshirish tartibi, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) 
miqdori, muassislar oʻrtasida joylashtirilishi lozim boʻlgan aksiyalarning turlari, 
ular uchun toʻlanadigan haqning miqdori va uni toʻlash tartibi, muassislarning 
jamiyatni tashkil etishga doir huquq va majburiyatlari belgilanadi. Aksiyadorlik 
jamiyatni taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini 
hamda jamiyatni taʼsis etish, uning ustavini tasdiqlash, jamiyatning boshqaruv 
organlarini shakllantirish masalalari yuzasidan muassislar qabul qilgan qarorlarni 
aks ettiradi. 
Aksiyadorlik jamiyatini taʼsis etish, uning ustavini tasdiqlash toʻgʻrisidagi va 
muassis tomonidan jamiyatning aksiyalari haqini toʻlash uchun kiritilayotgan 
qimmatli qogʻozlarning, oʻzga mulkiy huquqlarning yoki pulda ifodalanadigan 
bahoga ega boʻlgan boshqa huquqlarning pulda ifodalanadigan bahosini haqidagi 
qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Korxonalar, investitsion kompaniyalar va fondlar, banklar aksiya emitentlari 
boʻlishi mumkin. 
Aksiyadorlik jamiyat tomonidan aksiyalarning dastlabki chiqarilishini 
joylashtirish muddati jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir 
yilda amalga oshiriladi. Aksiyadorlik jamiyatini birlamchi ustav kapital hajmini 
oshirishda, yaʼni qoʻshimcha aksiyalarni chiqarishda aksiyalar emissiya qilinadi. 
Birinchi holatda, chiqarilgan aksiyalar, yaʼni ularning soni va nominal 
qiymati jamiyat ustavi bilan belgilanadi. Haqiqatda, bu aksiyalar jamiyat taʼsis 
Aksiya – emissiyaviy qimmatli qogʻoz boʻlib, oʻz 
egasiga quyidagi huquqlarni beradi
AJ foydasidan dividend AJ 
faoliyatini boshqarishda 
qatnashishAJ tugatilganda 
qolgan mulkka ega 
boʻlishtarzida daromad olish 


38 
qilinayotganda sotilib boʻlga boʻladi, aksiyalarning nominal qiymati summasi 
jamiyat ustav kapitali hajmini tashkil etadi. Ikkinchi holatda, ustav kapital nominal 
qiymat hajmidan qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish orqali oshirilishi qoʻshimcha 
aksiyalarni chiqarishni tasdiqlash va roʻyxatga olishdan keyin amalga oshadi. 
Nomi yozilgan aksiyalarni chiqarish jamiyat boshqaruviga aksiyadorlik 
kapital harakatini va aksiyadorlar qoʻlidagi qimmatli qogʻozlarni nazorat qilish 
imkonini beradi. Aksiyadorlik jamiyati oddiy aksiyalar emissiyasi bilan birga 
imtiyozli aksiyalarni ham chiqarishi mumkin. Imtiyozli aksiyalar miqdori jamiyat 
ustav kapitali hajmida 20 % miqdoridan oshmagan holda chiqariladi. 
Aksiyalarning imtiyozli aksiyalar deb nomlanishi imtiyozli aksiya egalari oddiy 
aksiya egalariga nisbatan bir qancha imtiyozli huquqlarga ega boʻlishi munosabati 
bilan ifodalanadi. Har bir aksiya turi uchun imtiyozli huquqlar jamiyat ustavida 
belgilanadi. Imtiyozli aksiyalarga bunday huquqlar berish taqdimotini imtiyozli 
aksiya egalari ovoz berish huquqiga ega emasliklari va buning uchun imtiyozli 
aksiya egalariga qandaydir kompensatsiya tariqasida koʻrish mumkin. 
Aksiyadorlar – imtiyozli aksiya egalari aksiyadorlik jamiyatining 
aksiyadorlar umumiy yigʻilishlarida ovoz berish huquqiga ega emas. 
Jamiyat imtiyozli aksiyalari oʻz egalariga bir xil huquqlar hajmini beradi va 
bir xil nominal qiymatga ega. 
Jamiyat ustavida jamiyat tugatilayotganda imtiyozli aksiyalarning har bir 
turi boʻyicha toʻlanadigan dividend hajmi yoki qiymati belgilanishi kerak. 
Dividend hajmi va likvidatsion qiymat qatʼiy pul summada yoki imtiyozli 
aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Imtiyozli aksiyalar 
boʻyicha dividend hajmi va likvidatsion qiymat jamiyat ustavida boshqa shartlar 
orqali ham belgilanishi mumkin. Dividend hajmi belgilanmagan aksiya egalari 
oddiy aksiya egalari qatorida dividend olish huquqiga ega. Agar jamiyat ustavida 
imtiyozli aksiyalarning ikki yoki undan koʻp turini chiqarish nazarda tutilgan 
boʻlsa, har bir turi boʻyicha dividend toʻlovi va muddati ketma ketligi belgilanishi, 
agar ushbu aksiyalar boʻyicha likvidatsion qiymat belgilansa, har bir 
imtiyozliaksiyalarga toʻlanadigan likvidatsion qiymat toʻlanish navbati belgilanishi 
lozim.
Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanmagan yoki toʻliq 
toʻlanmagan, miqdori ustavda aniqlangan dividendning jamgʻarib borilishi va 
keyinchalik toʻlanishi belgilab qoʻyilishi mumkin. 
Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarning oddiy aksiyalarga ayirboshlanishi 
imkoniyati va shartlari belgilanishi mumkin. 
Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar aksiyadorlarning 
umumiy yigʻilishi vakolat doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha ovoz berish 
huquqi bilan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga 
imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan 
yoki dividendlarni toʻliq toʻlamaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilingan 
aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishidan keyingi yigʻilishdan boshlab ega 
boʻladi. Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlarning aksiyadorlar 


39 
umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqi mazkur aksiyalar boʻyicha dividendlar 
birinchi marta toʻliq miqdorda toʻlangan paytdan eʼtiboran bekor qilinadi. 
Agar jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarni oddiy aksiyalarga ayirboshlash 
mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyat ustavi imtiyozli aksiyalar boʻyicha 
ovoz berish huquqini nazarda tutishi mumkin. Bunda ushbu imtiyozli aksiyaning 
egasi oʻziga tegishli imtiyozli aksiya ayirboshlanishi mumkin boʻlgan oddiy 
aksiyalar boʻyicha ovozlar sonidan oshib ketmaydigan miqdordagi ovozlarga ega 
boʻladi. 
Imtiyozli aksiyalar kumulyativ va nokumulyativ boʻlishi mumkin; 
konvertlanadigan va konvertlanmaydigan; daromadli (ular yana ishtirok huquqi 
mavjud aksiyalar deb ham nomlanadi) va muddati uzaytirilgan jamiyat foydasidan 
yuqori qatʼiy belgilangan dividendlar olish huquqini beruvchi; qaytariluvchi va 
qaytarilmaydigan; suzib yuruvchi kurs bilan belgilangan va boshqalar. 
Kumulyativ imtiyozli aksiyalar imtiyozli aksiyalar boshqa turlari orasida 
keng tarqalgan aksiyalardir. Kumulyativ aksiyalar emissiya qilinayotganida 
jamiyat ustavida belgilanishi lozim boʻlgan ular boʻyicha toʻlanmagan yoki toʻliq 
toʻlanmagan dividendlar miqdori jamgʻarilib boriladi va keyinchalik toʻlanadi. 
Emitent tomonidan ushbu aksiyalar boʻyicha navbatdagi toʻlanmagan dividendlarni 
toʻlovni amalga oshirmasligi majburiyatlarni buzganlik deb qaralmaydi.
Kumulyativ imtiyozli aksiya egalari jamiyat umumiy yigʻilishlarida oʻz 
vakolati doirasida barcha masalalarda ovoz berish huquqi bilan kumulyativ 
aksiyalar boʻyicha toʻlanishi koʻzda tutilayotgan va bu masalaga doir qaror qabul 
qilish rejalashtirilgan kun tartibidagi masalalarni kurib chiqish va qabul qilishda 
ovoz berish huquqiga ega.Aksiyadorlar huquqi – kumulyativ imtiyozli aksiya 
egalarining aksiyadorlar umumiy yigʻilishlarida qatnashish huquqi– ushbu 
aksiyalar boʻyicha jamgʻarilgan dividendlarning toʻliq toʻlovi amalga 
oshirilgandan soʻng tugatiladi. Emitent kumulyativ imtiyozli aksiyalarni 
chiqarayotganda ushbu aksiyalar boʻyicha dividendlar akkumulyatsiya 
(jamgʻarish) muddatini qatʼiy belgilashi shart. Bunday muddatda ushbu aksiya turi 
boʻyicha dividendlar toʻlanmasdan, keyingi toʻlov muddatigacha yigʻilib boriladi. 

Download 5,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish