125
2. Yonlanma (ikkilamchi) trend – bozorining asosiy tendensiyasi harakatini
toʻgʻirlovchi (korrektiruyuщiy) trend hisoblanadi.
3. Kichik trendlar – narxlarning kunlik oʻzgarishi, tebranishdir.
Trendlar narxlarning harakati yoʻnalishiga koʻra:
1)
Oʻsuvchi yoki “buqa” lar trendi.
2)
Pasayuvchi yoki “ayiqlar” trendi.
3)
Gorizontal trend yoki flet.
1. Oʻsuvchi yoki “buqalar” trendi (uptrend, upward, bullish trend)
shunisi
bilan xarakterlanadiki, bozordagi tebranishlarning past narxlari koʻtarila boshlaydi.
Koʻtariluvchi (oʻsuvchi) trendda bizga pastdan chegara belgilashimiz juda
muhimdir, chunki bunday holatda stavkalar narxlarning koʻtarilishiga qoʻyiladi.
Narxni pastda chegaralovchi chiziqni kesishuvi, narxlar koʻtarilgandagi
trend soʻnayapti yoki umuman yoʻnalishini oʻzgartirmoqda deb signal beradi.
Narxlarni pastdan chegaralab turuvchi toʻgʻri chiziq qoʻllab-quvvatlovchi
chiziq deb ataladi.
2. Pasayuvchi yoki “ayiqlar” trendi (downtrend, downward, bearish trend)
bozorda maksimal tebranuvchi narxlar pasaya boshlashidan vujudga keladi.
McDonalds kompaniyasi aksiyalarining bozordagi kursi 6
oy davomida
oʻsuvchi trendga ega boʻlgan, lekin avgust oyida narxlardagi burilish pasayuvchi
tendensiyaga oʻzgargan va bozorda “ayiqlar” trendi xukmron. Investor esa,
McDonalds kompaniyasi aksiyalarini
avgust oyida sotishi kerak, aks holda katta
zarar koʻrishi mumkin.
Pasayuvchi trendda narxlarni yuqoridan chegaralab turuvchi toʻgʻri chiziq
qarshilik chizigʻi deb ataladi.
“Ayiqlar” bozorida biz narxlarning pasayishiga qoʻyamiz, chunki biz uchun
narxlarni yuqoridan chegaralab turuvchi toʻgʻri chiziq muhimdir. Qarshilik toʻgʻri
chizigʻining pasayishi, kesishuvi trend bilan oʻzgarayotganidan dalolat beradi.
Bir vaqtning oʻzida aniq qoʻllab-quvvatlash toʻgʻri chizigʻiga
hamda
qarshilik toʻgʻri chizigʻiga ega boʻlgan trend koʻplab qiziqishlar uygʻotadi (3-
rasmga qarang). Bu trendda narxlarning ham yuqori ham past darajalarini
prognozlashtirishga imkon boʻladi.
3. Uchinchi trend turi – gorizontal trend (trendning mavjud emasligi). Bu
trendda narxlar gorizontal diapazonda tebranadi. (sideways, Flat market, trendless).
Bu trendning qoʻllab-quvvatlash yoki qarshilik chiziqlari boʻladi, lekin narxlarning
yuqoriga yoki pastga harakatining aniq tasviri boʻlmaydi.
Bundan tashqari, trendlarni shakli boʻyicha tasniflashimiz mumkin. Fond
bozori savdolarida eng koʻp uchraydigan
trend shakllaridan biri, bu “bosh” va
“yelka” trendidir.
Bu chizmada narxlarni oʻzgarishi natijasida “bosh” va “yelka” trend turlari
oʻz aksini topgan. Bunda savdo boshlangandagi ochilish bahosidan boshlab narxlar
koʻtarilib boradi va eng yuqori nuqtaga yetib, pastga oʻz yoʻnalishini oʻzgartiradi.
Agar biz bu nuqtalarni tutashtirib chiqsak, bosh va yelka tasvirlarni hosil boʻladi.
126
“Ikki qoya” trendida narxlar faqat 2 marta maksimal nuqtaga erishadi. Bu
holda A nuqtada qimmatli qogʻozlarni albatta sotib yuborish kerak. “Ikki jarlikda”
esa buning aksi.
Bu rasmda koʻrishimiz mumkinki, RTS
indeksining fond bozoridagi
dinamikasi orqali 10 oy ichida “ikki qoya” trend shakli hosil boʻlgan. Trendning
ikkinchi maksimum nuqtasi narxlarning qayrilishini,
burilishini ifodalab, bozorda
RTS indeksi trendi tendensiyasining oʻzgarishini anglatadi, yaʼni “buqalar”
trndidan “ayiqlar” trendiga. Investor uchun bu
trend shaklining ahamiyati
shundaki, ikkichi maksimum nuqta RTS indeksining keyingi savdolarda
pasayishini ogoh qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: