38
qilinayotganda sotilib boʻlga boʻladi, aksiyalarning nominal qiymati summasi
jamiyat ustav kapitali hajmini tashkil etadi. Ikkinchi holatda, ustav kapital nominal
qiymat hajmidan qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish orqali oshirilishi qoʻshimcha
aksiyalarni chiqarishni tasdiqlash va roʻyxatga olishdan keyin amalga oshadi.
Nomi yozilgan aksiyalarni chiqarish jamiyat
boshqaruviga aksiyadorlik
kapital harakatini va aksiyadorlar qoʻlidagi qimmatli qogʻozlarni nazorat qilish
imkonini beradi. Aksiyadorlik jamiyati oddiy aksiyalar emissiyasi bilan birga
imtiyozli aksiyalarni ham chiqarishi mumkin. Imtiyozli aksiyalar miqdori jamiyat
ustav kapitali hajmida 20 % miqdoridan oshmagan holda chiqariladi.
Aksiyalarning imtiyozli aksiyalar deb nomlanishi imtiyozli aksiya egalari
oddiy
aksiya egalariga nisbatan bir qancha imtiyozli huquqlarga ega boʻlishi munosabati
bilan ifodalanadi. Har bir aksiya turi uchun imtiyozli huquqlar jamiyat ustavida
belgilanadi. Imtiyozli aksiyalarga bunday huquqlar berish taqdimotini imtiyozli
aksiya egalari ovoz berish huquqiga ega emasliklari
va buning uchun imtiyozli
aksiya egalariga qandaydir kompensatsiya tariqasida koʻrish mumkin.
Aksiyadorlar – imtiyozli aksiya egalari aksiyadorlik jamiyatining
aksiyadorlar umumiy yigʻilishlarida ovoz berish huquqiga ega emas.
Jamiyat imtiyozli aksiyalari oʻz egalariga bir xil huquqlar hajmini beradi va
bir xil nominal qiymatga ega.
Jamiyat ustavida jamiyat tugatilayotganda imtiyozli aksiyalarning har bir
turi boʻyicha toʻlanadigan dividend hajmi yoki qiymati belgilanishi kerak.
Dividend hajmi va likvidatsion qiymat qatʼiy pul summada yoki imtiyozli
aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Imtiyozli aksiyalar
boʻyicha dividend hajmi va likvidatsion qiymat jamiyat ustavida boshqa shartlar
orqali ham belgilanishi mumkin. Dividend hajmi belgilanmagan aksiya egalari
oddiy aksiya egalari qatorida dividend olish huquqiga ega. Agar jamiyat ustavida
imtiyozli aksiyalarning ikki yoki undan koʻp turini
chiqarish nazarda tutilgan
boʻlsa, har bir turi boʻyicha dividend toʻlovi va muddati ketma ketligi belgilanishi,
agar ushbu aksiyalar boʻyicha likvidatsion qiymat belgilansa, har bir
imtiyozliaksiyalarga toʻlanadigan likvidatsion qiymat toʻlanish navbati belgilanishi
lozim.
Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanmagan yoki toʻliq
toʻlanmagan, miqdori ustavda aniqlangan dividendning jamgʻarib borilishi va
keyinchalik toʻlanishi belgilab qoʻyilishi mumkin.
Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarning oddiy aksiyalarga ayirboshlanishi
imkoniyati va shartlari belgilanishi mumkin.
Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar aksiyadorlarning
umumiy yigʻilishi vakolat doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha ovoz berish
huquqi bilan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida
ishtirok etish huquqiga
imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan
yoki dividendlarni toʻliq toʻlamaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilingan
aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishidan keyingi yigʻilishdan boshlab ega
boʻladi. Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlarning aksiyadorlar
39
umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqi mazkur aksiyalar boʻyicha dividendlar
birinchi marta toʻliq miqdorda toʻlangan paytdan eʼtiboran bekor qilinadi.
Agar jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarni oddiy aksiyalarga ayirboshlash
mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyat ustavi imtiyozli aksiyalar boʻyicha
ovoz berish huquqini nazarda tutishi mumkin. Bunda ushbu imtiyozli aksiyaning
egasi oʻziga tegishli imtiyozli aksiya ayirboshlanishi mumkin boʻlgan oddiy
aksiyalar boʻyicha ovozlar sonidan oshib ketmaydigan miqdordagi ovozlarga ega
boʻladi.
Imtiyozli aksiyalar kumulyativ va nokumulyativ boʻlishi mumkin;
konvertlanadigan va konvertlanmaydigan; daromadli (ular yana ishtirok huquqi
mavjud aksiyalar deb ham nomlanadi) va muddati uzaytirilgan jamiyat foydasidan
yuqori qatʼiy belgilangan dividendlar olish huquqini beruvchi; qaytariluvchi va
qaytarilmaydigan; suzib yuruvchi kurs bilan belgilangan va boshqalar.
Kumulyativ imtiyozli aksiyalar imtiyozli aksiyalar boshqa turlari orasida
keng tarqalgan aksiyalardir. Kumulyativ aksiyalar
emissiya qilinayotganida
jamiyat ustavida belgilanishi lozim boʻlgan ular boʻyicha toʻlanmagan yoki toʻliq
toʻlanmagan dividendlar miqdori jamgʻarilib boriladi va keyinchalik toʻlanadi.
Emitent tomonidan ushbu aksiyalar boʻyicha navbatdagi toʻlanmagan dividendlarni
toʻlovni amalga oshirmasligi majburiyatlarni buzganlik deb qaralmaydi.
Kumulyativ imtiyozli aksiya egalari jamiyat umumiy yigʻilishlarida oʻz
vakolati doirasida barcha masalalarda ovoz berish huquqi bilan kumulyativ
aksiyalar boʻyicha toʻlanishi koʻzda tutilayotgan va bu masalaga doir qaror qabul
qilish rejalashtirilgan kun tartibidagi masalalarni kurib chiqish va qabul qilishda
ovoz berish huquqiga ega.Aksiyadorlar huquqi – kumulyativ imtiyozli aksiya
egalarining aksiyadorlar umumiy yigʻilishlarida qatnashish huquqi– ushbu
aksiyalar boʻyicha jamgʻarilgan dividendlarning toʻliq toʻlovi amalga
oshirilgandan soʻng tugatiladi. Emitent kumulyativ
imtiyozli aksiyalarni
chiqarayotganda ushbu aksiyalar boʻyicha dividendlar akkumulyatsiya
(jamgʻarish) muddatini qatʼiy belgilashi shart. Bunday muddatda ushbu aksiya turi
boʻyicha dividendlar toʻlanmasdan, keyingi toʻlov muddatigacha yigʻilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: