Shovqinni man`baning o’zida pasaytirish. Shovqinni pasaytirishning bu usuli eng prespektiv va samarador usuldir. Bu shovqin chiqaruvchi agregat va texnologik jarayonni konstruktsiyasini tubdan o’zgartirishni, zarbali Harakatlarni zarbasiz Harakatlarga o’zgartirishni, metal qismlarni plastmassa va rezina qismlariga almashtirishni, detallarning bajarilish aniqligini almashtirishni ko’zda tutadi. Masalan, АTPR-120 dagi rapira АT-105 ga nisbatan shovqinni 10 dB ga pasaytirgan PPM-120 mashinasi P-76-5 m ga nisbatan 10-20 dB kam shovqin chiqaradi. Detallarning bajarilish aniqligini oshirish shovqinni 2-3 dB ga pasaytiradi va H.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |