O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“Bank ishi ” FAKULTETI
“ Bank hisobi, tahlil va audit ” FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: Bank hujjatlari va bank operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishini tashkil qilish.
Ilmiy rahbar: Abdunazarov Sh.
Bajardi: Yaxshiboyev Baxrom.
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
__________________________(imzo)____________'>«____» _______2022 y.
|
|
Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
«____» ___ __2022 y.
|
Kurs ishi himoya qilingan sana
«____» _______2022 y.
Baho«_____» _________
|
___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)
|
Komissiya a'zolari:
__________________
__________________
__________________
|
Toshkent – 2022
Kirish
1. Bank hujjatlarining mohiyati, turlari va ularning rasmiylashtirilishi.
2. Banklarda ish kuni va hujjatlar aylanishining tashkil qilinishi.
3. Banklarda bugalteriya hujjatlarining saqlanish tartibi va unga mas'ul shaxslarning javobgarligi.
Xulosa:
Foydalanilgan adabiyotlar ro’rxati.
Kirish
So’ngi yillarda mamlakatimizda bank sohasida olib borilayotgan islohatlar bank tizimida sezilarli o’zgarishlarga olib kelinmoqda. Ayniqsa yurtboshimizning tasgabbuslari orqali qabul qilinayotgan qonun hujjatlari tizimning naqadar dolzarb ekanligidan dalolat beradi.
Hususan prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni, bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 15 foizdan 60 foizga oshirishga qaratilgan 2020-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish hamda mamlakat tijorat banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish bo‘yicha bir qancha hujjatlar qabul qilindi.
Hozirda 6 ta tijorat banki – “Ipotekabank”, “Sanoatqurilishbank”, “Turonbank”, “Asakabank”, “Aloqabank” va “Agrobank” moliyaviy diagnostika, istiqbolli strategiyalarni ishlab chiqish va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni boshlagan. Biroq, boshqa banklarni transformatsiya qilish ishlari yetarli darajada faol olib borilmayapti.1
Banklarning kredit portfeli va loyihalar sifatini oshirish masalasi muhokama qilindi. Stress-testlar natijalariga ko‘ra, muammoli kreditlar ulushi bir necha barobar ko‘payishi mumkinligi, bu esa bank tizimi uchun jiddiy xatar ekani qayd etiladi.
Shu munosabat bilan muammoli kreditlarni hududlar kesimida batafsil tahlil qilib, kredit portfeli sifatini saqlab qolish bo‘yicha ta’sirchan mexanizm ishlab chiqish ko‘rsatmasi berildi. Markaziy bank barcha tijorat banklari kredit portfellari xatlovdan o‘tkazilgach, qiyin ahvolga tushib qolgan har bir mijozning moliyaviy imkoniyatlarini tiklash bo‘yicha aniq choralarni ishlab chiqishi lozimligi alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilishda bank tizimida korrupsiyaga barham berish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Davlatimiz rahbari barcha tijorat banklari raislari korrupsiyaga chek qo‘yish, komplayens-nazorat kabi ta’sirchan mexanizmlarni joriy qilish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishi lozimligini alohida ta’kidladi
Davlat aktivlari bor tijorat banklarida hukumatdan olingan mablag‘lar hissasi hamon yuqoriligi tanqid qilindi.
Xususan, bunday kreditlar ulushi Qishloq qurilish bankda 41 foizni, Ipoteka bankda 32 foizni tashkil etadi. O‘tgan yili banklarga davlat kafolati ostida qariyb 600 million dollarlik kredit liniyalari jalb qilingan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 570 million dollarni tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda, aholining jamg‘arma va muddatli depozitlari ulushi yirik banklarda o‘rtacha 5 foizni tashkil etadi, xolos. Shu munosabat bilan Markaziy bankka tijorat banklariga aholi omonatlarini jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar ishlab chiqish topshirig‘i berildi.
Ma’lum qilinishicha, korrupsiyaga oid jinoyatchilikka qarshi kurash borasida olib borilgan amaliy chora-tadbirlar ushbu ushbu jinoyatlarni fosh qilish darajasi ortganligini ko‘rsatmoqda.
«Xususan, 2021 yilda 5 483 nafar shaxsga nisbatan 3 769 ta korrupsiyaviy jinoyat ishlari sudlarga oshirilgan. Ya’ni sudga yuborilgan jinoyat ishlari hamda javobgarlikka tortilgan shaxslar soni o‘rtacha 3 baravarga ko‘paygan. Korrupsion jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan zarar belgilangan tartibda undirib kelinmoqda.
Sudlarga yuborilgan jinoyat ishlarining har uchtadan bittasi, e’tibor qiling – sog‘liqni saqlash, ta’lim va bank tizimi xodimlari tomonidan sodir etilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilgan keskin choralar natijasida sudga yuborilgan jinoyat ishlari soni o‘tgan yilga nisbatan bank sohasida 300 foizga, ta’lim tizimida 120 foizga hamda sog‘liqni saqlash sohasida 100 foizga ortgan», .2
Shuningdek, rasmiylar tahlillarga ko‘ra, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda to‘g‘ridan to‘g‘ri poraxo‘rlik bilan emas balki, firibgarlik yo‘li bilan o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish hamda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish ko‘rinishidagi jinoyatlarni sodir etish holatlari ko‘payayotganini qayd etdi.
2020 yil 12 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5992-sonli “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Strategiyani ishlab chiqish jarayonidagi Jahon banki bilan hamkorlik, xususan, islohotlar jarayonidagi asosiy tavakkalchiliklar va ularni minimallashtirishga qaratilgan choralarni ishlab chiqish maqsadida boshqa davlatlarda amalga oshirilgan bank tizimidagi islohotlarning ijobiy va salbiy tomonlarini o‘rganishga qatarildi va natijada muhim xulosalar shakllantirildi.
Mazkur Strategiyani amalga oshirish doirasida Xalq banki va Aziya alyans bank davlat aksiyalari paketini xorijiy strategik investorlarga sotish rejalashtirilgan.
Shunga muvofiq, Xalq bankini xususiylashtirishga tayyorlash jarayonida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini boshqarish Moliya vazirligiga o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, O‘zagroeksportbank va Poytaxt bankning faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi.
Bank tizimini isloh qilish va xususiylashtirishga tayyorlashda Markaziy bankning bank tizimining regulyatori sifatidagi rolini kuchaytirish orqali lozim darajadagi prudensial nazoratning amalga oshirilishi moliya tizimi barqarorligini ta’minlashning muhim komponenti hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan Markaziy bank tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda tijorat banklari faoliyati prudensial nazorati mexanizmlari va jarayonlarining Bazel qo‘mitasining Samarali bank nazoratining asosiy tamoyillariga muvofiqligini o‘rganish maqsadida baholash o‘tkazilib, aniqlangan kamchilik va zaif jihatlarni bartaraf etishga qaratilgan Harakatlar rejasi ishlab chiqildi.
Strategiyani amalga oshirish doirasida mazkur Harakatlar rejasida nazarda tutilgan banklarni tartibga solish normalari va nazorat qilish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Yuqoridagi malumotlardan kelib chiqib men o’z kurs ishi mavzuyimni “bank hujjatlari va bank operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishi” deb oldim va bu mavzu bugungi kunda bank va moliya sohasida dolzarb mavzulardan hisoblanadi. Ya’ni bank amaliyotlarida hujjatlarning to’g’ri aylanishi va tashkil etilishi sohadagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda yoki oldini olishda yordam beradi.
Kurs ishi quyidagi reja savollari
-bank hujjatlarining mohiyati, turlari va ularning rasmiylashtirilishi.
-banklarda ish kuni va hujjatlar aylanishining tashkil qilinishi.
-banklarda bugalteriya hujjatlarining saqlanish tartibi va unga mas'ul shaxslarning javobgarligi masalalar korib chiqiladi va tegishlicha hulosa va takliflar berib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |