O'zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat stomatologiya institute Buxoro filiali


Kurlov bo’yicha jigarning birinchi



Download 8,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/575
Sana01.05.2022
Hajmi8,81 Mb.
#601373
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   575
Bog'liq
ichki kasalliklar propedevtikasi

Kurlov bo’yicha jigarning birinchi 
o’lchami o’lchanadi. Odatda u 9 sm.
Jigar bo’g’iqligini yuqori 
chegarasidan ikkita boshqa o’lchamlarni aniqlashda foydalaniladi. 
Qorinning o’rta chizig’i bo’ylab, jigar bo’g’iqligi hosil bo’lgunicha 
yuqoriga qarab perkussiyalanadi. O’rta chiziq bo’ylab yuqori chegarani 
aniqlash teri ostida to’sh borligi so’nayotgan perkutor tovushni bergani 
uchun qiyin, shuning uchun bu o’lchamning yuqori nuqtasi sifatida 
shartli ravishda birinchi jigar bo’g’iqligi o’lchami yuqori chegarasi 
bilan bir xil bo’lgan nuqta olinadi. Bu nuqtalarni birlashtirib Kurlov 
bo’yicha ikkinchi o’lcham olinadi, odatda u 8 sm. 
Kurlov bo’yicha uchinchi o’lchami chap qovurg’a yoyi yaqinida 
unga parallel ravishda oldingi qo’ltiq osti chizig’idan ichkariga 
perkussiya boshlanadi. Odatda u 7 sm. 
Agar jigar kattalashgan bo’lsa 
birinchi katta o’lcham kasrda ifodalanadi, suratda -o’ng o’rta o’mrov 
chizig’i bo’yicha umumiy o’lcham, maxrajda esa-qovurg’a yoyidan 
pastga tushgan o’lcham yoziladi. 
 
Qorin o’rta chizig’i bo’yicha 4-8 sm 
O’rta o’mrov chizig’i 
bo’yicha 6-12 sm 


321 
Asosiy klinik sindromlar. 
Sariqlik 
Sariqlik (ictherus)
– bilirubinning jigar hujayralari tomonidan 
ushlab qolinishini, glyukuronid kislota bilan bog’lanishini, uning 
transportini buzilishi hisobiga qonda bog’langan yoki bog’lanmagan 
bilirubin miqdorining oshishi bilan kechadigan sindromdir. Bilirubin 
miqdorini qonda ko’payishi natijasida teri, oyoq va qo’llar kaftlari, 
shilliq qavatlarning va skleraning sarg’ayishi, teri qichishi kuzatiladi. 
Qonda bog’langan yoki bog’lanmagan bilirubin miqdorining oshishi 
natijasida siydik rangining o’zgarishi (piva rangli) va najas rangining 
o’zgarishi – oqarishi (jigar va jigar osti sariqligi) hatto to’q rangga 
kirishi (jigar usti sariqligi) da kuzatiladi. Bilirubin miqdorini qonda 
ortishiga sabab qonni haddan tashqari ko’p parchalanishi, jigar 
hujayralari yetishmovchiligi yoki o’t yo’llarida patologik jarayon 
bo’lishi mumkin. Sariqlikda bilirubinning qondagi miqdori oshsa terida, 
shilliq qavat va sklerada to’planishi kuzatiladi. Terining sarg’ayishi-
(karotin va akrixinning ko’payishi) yuzaga kelishi boshqa faktorlar 
yordamida ham kelib chiqishi mumkin (soxta sariqlikda); tarkibida ko’p 
miqdorda karotin, akrixin tutgan mahsulotlar iste’moli (sabzi, tomat) 
ham sariqlik chaqiradi-sariqlikdan farqli ravishda bunda ko’zning 
sklerasi sarg’aymaydi. Klinik jihatdan tananing turli sohalarining 
sarg’ayishi giperbilirubinemiya darajasiga bog’liq. Tanada sariqlikni 
rivojlanish ketma-ketligi quyidagicha; boshida sklera keyinchalik esa til 
pastki qismi shilliq qavati va tanglay, undan keyin yuz terisi, kaftlar
oxirida esa butun tana sarg’ayadi.
Sariqlik anemiyia, gipoproteinemiya, semirishdagi shishlarda kamroq 
seziladi. 
Ozg’in hamda mushaklari rivojlangan bemorlarda teri qoplamlari 
yorqinroq sarg’ayadi. Yurak yetishmovchiligi natijasida jigarda qon 
dimlanganda 
tananing 
yuqori 
qismi 
sarg’ayadi. 
Davomli 
giperbillirubinemiyada tana rangi yashil hatto bronza-qora tus oladi 
(melanosariqlik). 
Sariqlik
 
sindromi-differentsial diagnostik tekshirishlarni talab 
qiladigan sindromdir. Shuning uchun ham bilirubin hosil bo’lishi 
fiziologiyasini va organizmda tarqalish mexanizmlarini bilish muhim.
Bilirubin gem parchalanishining oxirgi maxsuloti bo’lib, uning 80-
85% gemoglobindan, qolgan 20-25 % esa gem saqlovchi oqsillardan 
(tsitoxrom 
P-450) 
hosil bo’ladi. Bilirubinning hosil bo’lishi 


322 
retikuloendotelial sistema hujayralarida boradi va har kuni 300 mg 
atrofida bilirubin hosil bo’ladi. Gem parchalanishi natijasida hosil 
bo’lgan bilirubin erkin yoki bog’lanmagan bo’lib, keyinchalik u plazma 
oqsillari (albumin) bilan bog’lanadi. Oqsil bilan bog’langan bilirubin 
qoya 
orqali 
jigarga 
keladi. 
So’ng 
jigardagi 
uridindifosfatglukuroniltransferaza 
(UDFGT) ta’sirida bog’langan 
bilirubinga (konyugatsiyalangan) aylanadi. 
Konyugatsiyalangan bilirubin o’t yo’llari orqali 12 barmoqli 
ichakga tushadi. Ichakda bakteriyalar tasirida 2 xil pigmentga: 
sterkobilin (axlatga rang beradi) va urobilinogenga ajraladi. 
Urobilinogen ingichga ichakda yaxshi so’rilib, ma’lum qismi normada 
yana jigar va buyraklar orqali ekskretsiya qilinadi (enterogepatik 
tsirkulyatsiya). Qondagi bilirubin to’qimalarda bir xil tarqalmaydi. U 
elastik to’qimalar (teri, sklera va qon tomir devorlari) da ko’p miqdorda 
ushlanib qolinadi, shuning uchun ham sariqlikda bu to’qimalar ko’proq 
sariq rangga kiradi. 
Ko’pchilik
ichki azolar og’ir kasalliklarida ham sariqlik sindromi 
rivojlanadi. Bunday holatlarda albatta differentsial diagnoztika qilish 
maqsadga muofiqdir. Misol uchun jigar kasalliklarining barchasida 
sariqlik sindromi kuzatiladi. Gemolitik anemiya, Vitamin B
12
va folat 
kislota tanqis anemiyada sariqlik sindromi kuzatiladi. Pnevmokokk 
etiologiyali pnevmoniya bilan kasallanganlarni 5 % atroflari va 
o’pkaning surunkali obstruktiv kasalligi emfizematoz tipida sariqlik 
sindromi kuzatiladi. Shuning uchun ham sariqlik rivojlanganlarni 
o’pkasini yaxshilab tekshirish maqsadga muofiqdir. 
Og’ir yurak yetishmovchiligida ko’pincha jigarda qon dimlanadi, bu 
o’z navbatida faqat sariqlik rivojlanibgina qolmay, portosistem 
entsefalopatiyaga ham olib keladi. Og’ir buyrak yetishmovchiligi ham 
sariqlik sindromini olib keladi. 

Download 8,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   575




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish