321
Asosiy klinik sindromlar.
Sariqlik
Sariqlik (ictherus)
– bilirubinning jigar hujayralari tomonidan
ushlab qolinishini, glyukuronid kislota bilan bog’lanishini, uning
transportini buzilishi hisobiga qonda bog’langan yoki bog’lanmagan
bilirubin miqdorining oshishi bilan kechadigan sindromdir.
Bilirubin
miqdorini qonda ko’payishi natijasida teri, oyoq va qo’llar kaftlari,
shilliq qavatlarning va skleraning sarg’ayishi, teri qichishi kuzatiladi.
Qonda bog’langan yoki bog’lanmagan bilirubin miqdorining oshishi
natijasida siydik rangining o’zgarishi (piva rangli) va najas rangining
o’zgarishi – oqarishi (jigar va jigar osti sariqligi) hatto to’q rangga
kirishi (jigar usti sariqligi) da kuzatiladi.
Bilirubin miqdorini qonda
ortishiga sabab qonni haddan tashqari ko’p parchalanishi, jigar
hujayralari yetishmovchiligi yoki o’t yo’llarida patologik jarayon
bo’lishi mumkin. Sariqlikda bilirubinning qondagi miqdori oshsa terida,
shilliq qavat va sklerada to’planishi kuzatiladi. Terining sarg’ayishi-
(karotin va akrixinning ko’payishi) yuzaga kelishi boshqa faktorlar
yordamida ham kelib chiqishi mumkin (soxta sariqlikda); tarkibida ko’p
miqdorda karotin, akrixin tutgan mahsulotlar iste’moli (sabzi, tomat)
ham sariqlik chaqiradi-sariqlikdan farqli ravishda bunda ko’zning
sklerasi sarg’aymaydi. Klinik jihatdan tananing turli sohalarining
sarg’ayishi giperbilirubinemiya darajasiga bog’liq.
Tanada sariqlikni
rivojlanish ketma-ketligi quyidagicha; boshida sklera keyinchalik esa til
pastki qismi shilliq qavati va tanglay, undan keyin yuz terisi, kaftlar
oxirida esa butun tana sarg’ayadi.
Sariqlik anemiyia, gipoproteinemiya, semirishdagi shishlarda kamroq
seziladi.
Ozg’in hamda mushaklari rivojlangan bemorlarda teri qoplamlari
yorqinroq sarg’ayadi. Yurak yetishmovchiligi natijasida jigarda qon
dimlanganda
tananing
yuqori
qismi
sarg’ayadi.
Davomli
giperbillirubinemiyada tana rangi yashil
hatto bronza-qora tus oladi
(melanosariqlik).
Sariqlik
sindromi-differentsial diagnostik tekshirishlarni talab
qiladigan sindromdir. Shuning uchun ham bilirubin hosil bo’lishi
fiziologiyasini va organizmda tarqalish mexanizmlarini bilish muhim.
Bilirubin gem parchalanishining oxirgi maxsuloti bo’lib, uning 80-
85% gemoglobindan, qolgan 20-25 % esa gem saqlovchi oqsillardan
(tsitoxrom
P-450)
hosil bo’ladi. Bilirubinning hosil bo’lishi
322
retikuloendotelial sistema hujayralarida boradi va har kuni 300 mg
atrofida bilirubin hosil bo’ladi. Gem parchalanishi natijasida hosil
bo’lgan bilirubin erkin yoki bog’lanmagan bo’lib, keyinchalik u plazma
oqsillari (albumin) bilan bog’lanadi. Oqsil bilan bog’langan bilirubin
qoya
orqali
jigarga
keladi.
So’ng
jigardagi
uridindifosfatglukuroniltransferaza
(UDFGT) ta’sirida bog’langan
bilirubinga (konyugatsiyalangan) aylanadi.
Konyugatsiyalangan bilirubin o’t yo’llari orqali 12
barmoqli
ichakga tushadi. Ichakda bakteriyalar tasirida 2 xil pigmentga:
sterkobilin (axlatga rang beradi) va urobilinogenga ajraladi.
Urobilinogen ingichga ichakda yaxshi so’rilib, ma’lum qismi normada
yana jigar va buyraklar orqali ekskretsiya qilinadi (enterogepatik
tsirkulyatsiya). Qondagi bilirubin to’qimalarda bir xil tarqalmaydi. U
elastik to’qimalar (teri, sklera va qon tomir devorlari) da ko’p miqdorda
ushlanib qolinadi, shuning uchun ham sariqlikda bu to’qimalar ko’proq
sariq rangga kiradi.
Ko’pchilik
ichki azolar og’ir kasalliklarida ham sariqlik sindromi
rivojlanadi. Bunday holatlarda albatta differentsial diagnoztika qilish
maqsadga muofiqdir. Misol uchun jigar kasalliklarining barchasida
sariqlik sindromi kuzatiladi. Gemolitik anemiya,
Vitamin B
12
va folat
kislota tanqis anemiyada sariqlik sindromi kuzatiladi. Pnevmokokk
etiologiyali pnevmoniya bilan kasallanganlarni 5 % atroflari va
o’pkaning surunkali obstruktiv kasalligi emfizematoz tipida sariqlik
sindromi kuzatiladi. Shuning uchun ham sariqlik rivojlanganlarni
o’pkasini yaxshilab tekshirish maqsadga muofiqdir.
Og’ir yurak yetishmovchiligida ko’pincha jigarda qon dimlanadi, bu
o’z navbatida faqat
sariqlik rivojlanibgina qolmay, portosistem
entsefalopatiyaga ham olib keladi. Og’ir buyrak yetishmovchiligi ham
sariqlik sindromini olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: