O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

 
i.f.d., prof.
 
N.X.Xaydarov 
 
 


7
 
KIRISH
 
Mustaqil 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
iqtisodiyotining 
barqaror rivojlanishi hamda tashqi iqtisodiy munosabatlarning 
mamlakat 
iqtisodiyotiga 
ta‘siri 
davlat 
moliyasini 
boshqarishning mazmuni va sifatiga butunlay yangicha 
talablarni qo‗ymoqda. O‗z navbatida, davlat iqtisodiy tizimining 
holatini belgilab berishda davlat moliyasi muhim o‗rin 
egallaydi. Dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga qo‗ygan 
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining bir qator mamlakatlar 
iqtisodiyotiga 
salbiy 
ta‘siri 
byudjet-soliq 
siyosatining 
imkoniyatlariga kompleks baho berish, barcha turdagi 
resurslardan samarali foydalanish va o‗rta muddatli kelajakda 
ularning 
samaradorligiga 
erishish 
maqsadida 
davlat 
byudjetining imkoniyatlaridan to‗g‗ri foydalanish, uning 
iqtisodiyot taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan, oshkoralik, 
barqarorlik va unumdorlik tamoyillariga asoslangan, xalqaro 
amaliyotning eng sara andozalariga mos keladigan ishonchli 
usullarini ishlab chiqish va ulardan maqsadli foydalanish 
vazifalarini hal qilishni talab etadi. 
Davlatning qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini o‗z vaqtida 
va to‗liq bajarish ma‘lum moliyaviy asosni talab etadi, ushbu 
asosning markaziy bo‗g‗inini davlat byudjeti tashkil etadi. Bu 
borada byudjet islohotlari doirasida amalga oshirilayotgan 
qator chora-tadbirlar, xususan, byudjet qonunchiligini 
takomillashtirish doirasida yangi tahrirdagi Soliq Kodeksining 
va mutlaqo yangi Byudjet Kodeksining qabul qilinishi, davlat 
byudjeti g‗azna ijrosi mexanizmlarining bosqichma-bosqich 
byudjet amaliyotiga tatbiq etilishi, davlat xaridi tizimining 
tashkil 
etilishi 
va 
byudjet 
mablag‗laridan 
maqsadli 
foydalanishni ta‘minlaydigan samarali mexanizmlarining ishlab 
chiqilishi, byudjetni o‗rta muddatli rejalashtirish va byudjet 
mablag‗larini maqsadli sarflashda natijaga yo‗naltirilgan 
byudjetlashtirish elementlarining joriy qilinayotganligi kabilar 


8
davlat byudjetining mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida 
muhim o‗rin egallab turganligidan dalolat beradi. Shu sababli 
davlat moliyasi nazariyasi va amaliyoti to‗g‗risidagi ilmiy 
tadqiqotlar bugungi kunda har qachongidan ham ko‗proq 
dolzarblik kasb etmoqda va ilmiy doiralarda qizg‗in 
munozaralarning mavzusiga aylanib bormoqda.
Shu ma‘noda etiboringizga taqdim etilayotgan o‗quv 
qo‗llanmada byudjet tizimi va byudjet tuzilishining jahon 
amaliyotida tarkib topgan modellari, byudjet munosabatlarini 
tashkil qilishning huquqiy asoslari, davlat byudjetini 
boshqarish, tartibga solish, byudjet jarayonini samarali tashkil 
etish masalalari, byudjet daromadlari va xarajatlari tizimi, 
davlat byudjetining holatlari va byudjet taqchilligi, turli soha va 
tarmoqlardagi byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish 
va tegishli byudjet pog‗onasidan moliyalashtirish asoslari, 
shuningdek, byudjet nazoratini tashkil qilish masalalari 
fanning o‗quv dasturiga kirgan mavzular doirasida bayon 
qilingan. 
O‗quv qo‗llanmaning ushbu sohaga taalluqli bo‗lgan 
boshqa o‗quv adabiyotlaridan farqi va ustunligi shundaki, unda 
birinchidan, O‗zbekiston Respublikasida davlat byudjetidan 
amalga oshiriladigan xarajatlar, ularning guruhlanishi, 
xizmatlarining xususiyatlari va turlariga ko‗ra byudjet 
tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish 
tartiblari batafsil bayon qilingan, ikkinchidan, qo‗llanmada 
mamlakatimizning byudjet qonunchiligida, moliya-byudjet 
amaliyotida, byudjet tizimining tarkibiy tuzilishida, uni 
boshqarish tizimida, davlat byudjeti ijrosini tashkil qilishda va 
boshqa sohalarda oxirgi yillarda sodir bo‗layotgan o‗zgarishlar 
tegishli qonun hujjatlari, ilmiy ishlanmalar va davlatimiz 
rahbari Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning turli soha 
va yo‗nalishdagi ma‘ruzalariga havolalar qilingan holda batafsil 
bayon qilingan, uchinchidan, har bir mavzu xorijiy 


9
adabiyotlardagi materiallarning, xususan, ―Public budgeting 
systems‖ nomli qo‗llanma
1
tarjimasi bilan boyitilgan.
Oliy ta‘limning ―Moliya‖, ―Davlat byudjetining g‗azna ijrosi‖, 
―Soliqlar va soliqqa tortish‖, ―Pensiya ishi‖ kabi bakalavriat 
ta‘lim yo‗nalishlarining talabalari uchun mo‗ljallangan ushbu 
o‗quv qo‗llanmaning davlat moliyasi va byudjet tizimi bo‗yicha 
nazariy bilimlarni egallashlarida boshqa ta‘lim yo‗nalishlarida 
tahsil oluvchi talabalarga ham ishonchli yordamchi bo‗ladi 
hamda oliy ta‘lim tizimi professor-o‗qituvchilari uchun dasturul 
amal bo‗lib xizmat qiladi, deb umid bildiramiz.
O‗quv qo‗llanma Toshkent Moliya instituti rektori professor 
N.Xaydarovning umumiy rahbarligi ostida ―Pensiya ishi‖ 
kafedrasi professor-o‗qituvchilarining ijodiy hamkorligida 
tayyorlandi. O‗quv qo‗llanmaning yaratilishiga hissa qo‗shgan 
barcha professor-o‗qituvchilarga hamda taqrizchilar – i.f.d., 
prof. 
N.Xaydarov 
va 
i.f.d., 
dots. 
D.Pulatovga 
o‗z 
minnatdorchiligimizni bildiramiz, shuningdek, qo‗llanmaning 
shakli va mazmunini yaxshilashga qaratilgan taklif va 
tavsiyalarni mamnuniyat bilan qabul qilamiz. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish