472
boquvchisini yo‗qotganlik va nogironlik pensiyalari, bola
tug‗ilganda beriladigan bir martalik nafaqa,
dafn marosimlari
uchun nafaqa kabi), ayrimlari (masalan: qariyalar va nogironlar
uylarini saqlash, bepul ortopediya-protez vositalari
bilan
ta‘minlash, uyda ijtimoiy yordam ko‗rsatish kabi) davlat
byudjeti (respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar) hisobidan,
boshqa birlari (masalan, aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari
ko‗rsatish) kasaba uyushmalari hisobidan mablag‗ bilan
ta‘minlanadi.
Ijtimoiy ta‘minot tushunchasini yoritishdagi fikrlarimizni
umumlashtirib shuni ta‘kidlash lozimki, bepul ta‘lim, uy-joy
bilan bepul ta‘minlash kabi ijtimoiy yordam turlari, garchi
aholining ijtimoiy ahvolini yengillashtirishga
qaratilgan chora-
tadbirlar sirasiga kirsa-da, ijtimoiy ta‘minot tarkibiga kirmaydi,
balki davlatning ijtimoiy kafolatlarini ta‘minlash chora-
tadbirlari qatorida davlat byudjeti va boshqa davlat
mablag‗laridan moliyalashtiriladi.
Ijtimoiy ta‘minot tizimining zarurligi va ahamiyati uning
funksiyalarida namoyon bo‗ladi. Iqtisodiy va huquqiy
adabiyotlarda ijtimoiy ta‘minotning
quyidagi funksiyalarni
bajarishi ko‗rsatilgan:
iqtisodiy, siyosiy, demografik, ijtimoiy-
reabilitatsion funksiyalar.
Ijtimoiy ta‘minotning
iqtisodiy funksiyasi
fuqarolarning
qiyin hayotiy holatlarda moddiy qo‗llab-quvvatlanishida,
fuqarolarga mehnat qobiliyatini qayta tiklab olish uchun
moddiy yordam berilishi natijasida
mehnat unumdorligining
oshishi va ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki berishda
namoyon bo‗ladi.
Ijtimoiy ta‘minotning siyosiy funksiyasi
aholining turli
ijtimoiy qatlamlari ijtimoiy holati darajasini bir-biriga
yaqinlashtirish, har bir insonga
munosib hayot kechirish
uchun sharoit yaratish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasida
ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirishga qaratilgan.
Demografik funksiyasi
mamlakat aholisining son jihatdan
o‗sishini
rag‗batlantirish,
sog‗lom
avlodni
yetishtirish,
473
fuqarolarning umr ko‗rish davomiyligini oshirish kabilarga
qaratilgan.
Ijtimoiy ta‘minotning ijtimoiy-reabilitatsion funksiyasi
keksa
va mehnat qobiliyati cheklangan fuqarolarning o‗ziga xos
ehtiyojlarini qondirish bilan bog‗liq bo‗lib, ularning huquqiy
maqomini saqlash va sog‗lig‗ini muhofaza qilish uchun qulay
sharoitlarni yaratishda namoyon bo‗ladi. Amalda bu
funksiyaning namoyon bo‗lishini fuqarolarning ayrim toifalarini
qariyalar
uylarida saqlash, boshqa bir toifadagilarni
ortopediya-protezlash
vositalari
bilan
ta‘minlash,
uchinchilariga uyda ijtimoiy yordam ko‗rsatishda ko‗rish
mumkin.
Shuningdek, ijtimoiy ta‘minot yana bir, aytish mumkinki,
juda muhim funksiya –
ijtimoiy himoyalash funksiyasini
bajaradi. Jamiyat o‗z fuqarolariga ijtimoiy ta‘minotni taqdim
etar ekan, birinchi navbatda o‗z oldiga ularni ijtimoiy himoya
qilishdek o‗ta muhim vazifani qo‗yadi,
zero qiyin hayotiy
holatlarda ularni himoyalash, turli (moddiy, jismoniy, ruhiy,
yosh bilan, oilaviy vaziyat bilan bog‗liq) muammolarni hal
qilishda yordam berish ijtimoiy ta‘minotning zarurligi va
ahamiyatini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: