42
ish emas, lekin hukumatning xatti-harakatlari va qulay ishbilarmonlik
muhitini
shakllantirish
uchun
ko‗riladigan
choralar
iqtisodiyotning
samaradorligiga katta ta‘sir ko‗rsatadi.
1.
World Bank (2011). Ease of doing business: 2012. Retrieved November 14,
2011, from http:/ /www.doingbusiness.org/ reports/ global-reports/ doing-
business-2012.
2.
World Bank (2011). Doing business: economy rankings. Retrieved November
14, 2011, from http://www.doingbusiness.org/rankings.
Davlatning texnologiyalar bo‗yicha siyosati.
Sanoatning
yuqori texnologiyali tarmoqlarini himoya qilish va qo‗llab-
quvvatlashda davlatning faolligi to‗g‗risidagi masala birinchi
bor 80-yillarning oxirida, AQSH iqtisodiyoti ko‗pgina sohalarda
(nafaqat arzon ish kuchi bozorlari bilan) peshqadamlikni boy
berayotgan davrda yuzaga keldi. Ushbu konsepsiya siyosatning
bosh masalasiga aylandi. Sanoatning eng muhim, masalan,
mikroelektronika kabi tarmoqlarini qo‗llab-quvatlamagani
uchun Jorj Bush ma‘muriyati tanqid ostiga olingan edi,
Prezident Bill Klinton yuqori texnologiyalarni rivojlantirishni
iqtisodiy siyosatning ustuvorligiga aylantirdi. Kichik Jorj Bush
ma‘muriyati esa, iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi muhim
dastaklar sifatida korporativ soliqni kamaytirish, dividendlarga
soliqni bekor qilish, R&Dga soliq kreditlarini joriy qilishga
muvaffaq bo‗ldi. Prezident Obamaning byudjet bo‗yicha
dastlabki takliflari va rag‗batlantirish dasturlarining diqqat
markaziga esa rivojlanib borayotgan ekologik sof energiya va
atrof-muhitni yaxshilash bo‗yicha boshqa ilg‗or texnologiyalarni
rivojlantirish masalalari qo‗yildi.
29
Kongress tomonidan R&Dga
qaratilgan ―vaqtinchalik‖ soliq krediti dasturlari vaqti-vaqti
bilan uzaytirib turilgan bo‗lsa-da, ushbu tashabbuslarning
ko‗pchiligi xohlamaygina qabul qilindi.
Davlat
tomonidan
iqtisodiyotning
bir
tarmog‗ini
boshqalariga nisbatan ustunroq darajada qo‗llab-quvvatlash
29
White House (2011). Blueprint for a secure energy future. Washington, DC: U.S.
Government Printing Office.
43
muammosi ―yutuvchilar va yutqazuvchilarni‖ davlat emas,
bozor aniqlashidadir, bu holat davlatning mazkur rolni yaxshi
bajarishining isboti bo‗la olmaydi. ―Solyndra Corporation‖
nomli quyosh panellarining ishlash texnologiyalarini yaratuvchi
va ishlab chiqaruvchi korporatsiyani federal darajada qo‗llab-
quvvatlash bunga yaqqol misol bo‗ladi. Yirik federal yordam
doirasida ―Solyndra‖ korporatsiyasi ekologik sof energiya
texnologiyalarini tijoratlashtirish maqsadlariga federal qarz
dasturi bo‗yicha qarz oldi. Quyosh batareyalaridan foydalanish
bo‗yicha texnologiyalarni tijoratlashtirish, energiya tashuvchi-
larga bo‗lgan narxlarning, ayniqsa, 2000-yilning boshida oshib
ketishi natijasida tijorat nuqtayi-nazaridan nomaqbul bo‗lib
qolgach, kompaniya o‗zini bankrot deb e‘lon qildi.
30
Yana bir misol: Yaponiyadagi ikki karra jadallik bilan
o‗sish ko‗pchilik kuzatuvchilarga davlatning aralashuvi
rivojlanishning eng to‗g‗ri yo‗li bo‗lib ko‗ringan bo‗lsa-da,
keyingi o‗n yilliklar bu qarashlarni sezilarli darajada o‗zgartirdi.
Ayrim manbalarda Singapur davlati iqtisodiyotini hukumat
tomonidan aralashuvning samarali va ahamiyatli bo‗lganligini
misol qilib ko‗rsatadilar, lekin 2.1-ko‗rgazmada ko‗rsatil-
ganidek, aynan biznes yuritish yengilligi bo‗yicha davlat
tomonidan yaratilgan qulay sharoitlar natijasida Singapur
dunyoda birinchi o‗rinni egallaydi. Federal hukumat uchun 5
yoki 10 yildan keyin elektronika va muqobil energiya ishlab
chiqarish texnologiyalari kabi sanoatdagi qanday omillar
AQSHning global raqobatdoshligi va yuqori texnologiyalar
bozoridagi ustunligini belgilab berishini aniqlash bir qadar
qiyinchilik tug‗diradi.
31
Davlatning xatti-harakatlari sanoatning
alohida tarmoqlarini to‗g‗ridan to‗g‗ri qo‗llab-quvvatlashga
emas, balki inson kapitali va asosiy kapitalni yaxshilash,
30
Solyndra and the White House: letting sunlight in. (2011). The Economist, 401,
September 24, 36.
31
Grossman, G., & Helpman, E. (2001). Innovation and growth: technowgj, cal
competition in the global economy. Cambridge, MA : MIT Press.
44
jamg‗armalar va investitsiyalarni rag‗batlantirish, shuningdek,
g‗oyalar, tovarlar va xizmatlarning xalqaro ayirboshlanishiga
ko‗maklashishga qaratilishi lozimligi to‗g‗risidagi fikrlar keng
jamoatchilik tomonidan tobora kengroq qabul qilinmoqda.
Hukumat o‗zining texnologik siyosatini ishlab chiqishi
lozimligi borasida turli davrlarda turlicha oqimlar mavjud
bo‗lgan.
32
Dastlabki, fan va matematikaga jiddiy e‘tibor
qaratilgan oliy ta‘limni rivojlantirishning yirik federal dasturlari
1958-yilda, Sovet Ittifoqi tomonidan Yerning birinchi sun‘iy
yo‗ldoshi koinotga chiqarilganidan keyin amalga oshirila
boshlandi. 1970-yillardagi Yaponiyaning ildamlik bilan
rivojlanib ketishi AQSHning jahon bozorida raqobatbar-
doshlikni ta‘minlash borasida aytarli harakat qilmayotgan
hukumatni tashvishga solib qo‗ydi. Yaqin orada Braziliya,
Hindiston va Xitoydagi tez sur‘atli rivojlanish jiddiy baxslarga
sabab bo‗ldi. Obama hukumati tomonidan 2011-yilda taklif
etilgan Mehnat to‗g‗risidagi qonun (American Jobs Act) yangi
ish o‗rinlarini tashkil qilish va AQSH biznesining jahon
bozoridagi
raqobatbardoshligini
oshirishga
qaratildi.
33
Prezident ta‘limga, ilmiy tadqiqotlarga, shuningdek, tovarlarga
qaraganda ko‗proq ilmiy g‗oyalarning harakatiga xizmat
qiluvchi infratuzilmalarga investitsiyalarni ko‗paytirishga
chaqirdi
34
.
Do'stlaringiz bilan baham: