321
Moliyaviy majburiyatlarni G‗aznachilikda ro‗yxatga olishdan
ko‗zlangan asosiy maqsad
– qabul qilingan yuridik
majburiyatlar, tasdiqlangan byudjet va xarajatlar smetasi
ko‗rsatkichlari doirasida xarajatlarni amalga oshirishni
ta‘minlash hamda byudjet tashkilotlarining kreditor qarzlik-
larini nazorat qilish.
Moliyaviy majburiyatning yuzaga kelishi tegishli hujjatlar
bilan tasdiqlanishini talab etadi. Masalan, tovarlar yetkazib
berilganligini tasdiqlovchi hujjat bo‗lgan
schyot-fakturalar,
ishlar
bajarilganligi
yoki
xizmatlar
ko‗rsatilganligini
tasdiqlovchi
qabul qilib olish-topshirish dalolatnomalari
,
ish haqi
qaydnomalari
(vedomostlar) va boshqa shu kabi hujjatlar.
Mazkur hujjatlar tegishli vakolatga ega bo‗lgan mas‘ul shaxslar
tomonidan imzolanishi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi
shart. Amaldagi qonunchilik talablariga ko‗ra byudjet
tashkilotlari oldindan kamida 15 foiz to‗lovni amalga
oshirishlari talab qilinadi. Ayrim hollarda Vazirlar Mahkamasi
tomonidan byudjetdan mablag‗ oluvchilarning xarid qilishda 15
foizdan ortiq miqdorda avans to‗lashi lozim bo‗lgan
tovarlar(ishlar, xizmatlar)ning turlari ro‗yxati belgilanadi.
Masalan, elektr energiyasi, mazut, ko‗mir, benzin, dizel
yoqilg‗isi, mineral o‗g‗itlar, shuningdek, avia va temir yo‗l
chiptalari, sanatoriylar, dam olish zonalari va bolalar
sog‗lomlashtirish oromgohlariga yo‗llanmalar
, barcha turdagi
shahar yo‗lovchi transporti yo‗l kartochkalari kabilarni xarid
qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda (30 foizdan 100 foizgacha)
oldindan to‗lov joriy etilgan
159
.
2850-sonli ―O‗zbekiston Respublikasi byudjet tizimi
byudjetlarining
g‗azna
ijrosi
Qoidalari‖ga
muvofiq
buyurtmachilarning I va II guruh xarajatlari bo‗yicha moliyaviy
majburiyatlari yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‗yxatga
159
Vazirlar Mahkamasining ―Byudjetdan mablag‗ oluvchilarning xarid qilishda 15
foizdan ortiq miqdorda avans to‗lashi mumkin bo‗lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning
turlari ro‗yxatini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi 2011-yil 24-avgustdagi 241-sonli qaroriga
ilova.
322
olish bo‗yicha buyurtmalari, shuningdek, ushbu guruhlar
xarajatlari bo‗yicha to‗lov topshiriqnomalari va g‗azna memorial
orderlari asosida ro‗yxatdan o‗tkaziladi va hisobga olinadi.
Buyurtmachilar byudjetga majburiy to‗lovlarni to‗lash, naqd
pul mablag‗larini olish yoki xodimlarning plastik kartalariga
mablag‗larni o‗tkazish uchun buyurtmalarda ko‗rsatilgan
summalar
doirasida
g‗aznachilik
bo‗linmalariga
to‗lov
topshiriqnomalari va g‗azna memorial orderlari taqdim etadi.
Bunda ―UzASBO‖ DMga ulangan buyurtmachilar to‗lov
topshiriqnomalari va g‗azna memorial orderlarini belgilangan
tartibda elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan
tasdiqlagan holda g‗aznachilik bo‗linmalariga yuboradi. Ular
g‗aznachilik bo‗linmalari tomonidan bir ish kuni ichida
g‗aznachilik bo‗linmasi mas‘ul xodimining elektron raqamli
imzosi bilan tasdiqlangan holda ―O‗RMV‖ ATda to‗lovga qabul
qilinadi, kamchiliklar aniqlan-
ganida esa tegishli kamchiliklari
ko‗rsatilgan holda elektron tarz-
da buyurtmachilarga qaytarila-
di.
―UzASBO‖ DMga ulanma-
gan buyurtmachilar to‗lov topshiriqnomalari va g‗azna
memorial orderlarini g‗aznachilik bo‗linmalariga qog‗oz
shakllida taqdim qiladilar va ular belgilangan tartibda
ro‗yxatdan o‗tkaziladi yoki hisobga olinadi.
III va IV guruh xarajatlari bo‗yicha moliyaviy majburiyatlar
kapital qo‗yilma buyurtmachilari tomonidan tovarlar (ishlar,
xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) ishlar
bajarilganligini (tovarlar etkazib berilganligini) tasdiqlovchi
hisobvaraq-fakturalari va qonun hujjatlariga muvofiq ularning
o‗rnini bosuvchi hujjatlar asosida qabul qilinadi va g‗aznachilik
bo‗linmalari tomonidan hisobvaraq-fakturalar hamda moliyaviy
majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida
Do'stlaringiz bilan baham: