O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

“UzASBO” DM
 — byudjet tashkilotlari 
tomonidan 
byudjet 
hisobi 
va 
hisobotining 
yuritilishini 
kompleks 
avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan 
dasturiy majmua. 
 
2850-son Qoidalardan 


319 
III guruh xarajatlari bo‗yicha yuridik majburiyatlar kapital 
qo‗yilma buyurtmachilari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari 
(ularga qo‗shimcha va o‗zgartirishlarni ham inobatga olgan 
holda) asosida g‗aznachilik bo‗linmalarida majburiy tarzda 
ro‗yxatdan 
o‗tkaziladi 
yoki 
hisobga 
olinadi. 
Bunda 
shartnomalarda qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida 
avans to‗lovlari qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun 
tanlov savdolari natijalari bo‗yicha belgilangan ishlar 
qiymatining 30 foizigacha miqdorda teng ulushlarda ajratilishi 
nazarda tutiladi. 
IV guruh xarajatlari bo‗yicha yuridik majburiyatlar 
buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib 
beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari va qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar (yig‗imlar, badallar, 
soliqlar va boshqa to‗lovlar bo‗yicha yuridik majburiyatlar) 
asosida g‗aznachilik bo‗linmalarida majburiy tarzda ro‗yxatdan 
o‗tkaziladi yoki hisobga olinadi. Bunda buyurtmachilarning 
tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish to‗g‗risida 
tuziladigan shartnomalarida 15 foiz miqdorida oldindan to‗lovni 
amalga oshirish nazarda tutiladi. 
Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ oluvchilar 
tomonidan qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar hajmi ular 
xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan, ajratilgan byudjet 
mablag‗lari bilan, kapital qo‗yilmalar xarajatlari bo‗yicha esa – 
har bir obyekt bo‗yicha o‗rnatilgan tartibda tasdiqlangan 
kapital qo‗yilmalar bilan chegaralanadi. 
Byudjetdan mablag‗ oluvchilarning byudjet mablag‗lari 
hisobidan 
shartnomalari 
faqat 
xarajatlarni 
qoplashga 
manbaning mavjudligi to‗g‗risidagi tasdiqnoma va ushbu 
maqsadlarga ajratilgan byudjet mablag‗lari (limitlari) mavjud 
bo‗lgan xarid hajmigagina tuzilishi mumkin. 
Byudjetdan mablag‗ oluvchilar bilan mol yetkazib 
beruvchilar o‗rtasida tuziladigan shartnomalar tegishli 
G‗aznachilik organlarida majburiy ro‗yxatdan o‗tkazilib, ularga 


320 
tegishli raqamlar berilishi va ro‗yxatdan o‗tkazish sanasi 
ko‗rsatilishi kerak. Bu chora-tadbirlar byudjetdan ajrati-
layotgan mablag‗larning maqsadli ishlatilishini ta‘minlash, 
shartnomalarda ko‗zda tutilgan summalarning rejalarda 
ko‗rsatilgan mablag‗larga mosligini nazorat qilish, to‗lov 
intizomi buzilishlarining oldini olish, narxlarning to‗g‗ri 
qo‗llanilishini ta‘minlash maqsadida, pirovardida g‗aznachilik 
faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida amalga 
oshiriladi. 
Yuqorida ko‗rib o‗tilganidek, yuridik majburiyat byudjet 
tashkiloti bilan kontragent o‗rtasida ma‘lum bir muddatdan 
so‗ng ma‘lum bir tovarni yetkazib berish (ishlar bajarish, 
xizmatlar ko‗rsatish) to‗g‗risida shartnoma imzolanganidan va 
bu shartnoma tegishli tartibda G‗aznachilikda ro‗yxatdan 
o‗tkazilganidan keyin vujudga kelar ekan.
Moliyaviy majburiyat esa ana shu shartnomaga muvofiq 
tovarlar yetkazib berilganidan (ishlar bajarilganidan, xizmatlar 
ko‗rsatilganidan) keyin vujudga keladi. Byudjet kodeksida 
belgilab qo‗yilishicha, ―
moli-
yaviy majburiyatlar
– byudjet 
tashkilotlarida va byudjet 
mablag‗lari 
oluvchilarda 
ularga 
pul 
mablag‗larini 
o‗tkazish majburiyatini yuk-
lovchi hujjatlar, shu jum-
ladan, ijro hujjatlari asosida 
yuzaga keladigan majburiyatlar‖
157
hisoblanadi. Moliyaviy 
majburiyatlar qabul qilingan yuridik majburiyatlar va 
xarajatlarni to‗lash uchun berilgan ruxsatnomalar doirasida 
hisobvaraq-fakturalari 
hamda 
moliyaviy 
majburiyatlar 
mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida g‗aznachilik 
bo‗linmalari tomonidan qabul qilinadi hamda ro‗yxatdan 
o‗tkaziladi
158

157
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. 3-modda. O‗RQ-360-son. 


158
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, 123-modda 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish