O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent temir yo‘l muhandislari instituti «Buxgalteriya hisobi va audit»



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana22.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#572724
1   2   3   4
Bog'liq
406-sonli ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj poyezdi korxonasida ishlab ch

birinchidan,
maxsus qurilish mashina va uskunalarining qimmat turishi ulardan 
unumli va samarali talabini qo`yadi;



ikkinchidan,
 
qurilish mashina va uskunalaridan qurilish ishlarini bajarishda faqat 
tegishli bosqichlarda va maqsadlarda ishlatilishi ular ish faoliyatini har bir qurilish 
obyekti bo`yicha hisobini olib borishni taqozo etadi;
uchinchidan,
ularning qurilish maydonchalariga yetkazib kelinishi, o‗rnatilishi 
va ishlatilishi ma‘lum texnika va mehnat xavfsizliklari shartlariga qat‘iy amal 
qilishni, maxsus tayyorgarlikni, kasbiy mahoratni, shuningdek bu maqsadlar uchun 
qo‗shimcha sarf-xarajatlarni talab qiladi. 
Qurilish mashinalari va uskunalarini ekspluatatsiya qilish xarajatlari, odatda, ular 
hisobot davrida qaysi ob‘ektda ishlatilgan bo‗lsa, o‗sha ob‘ekt tannarxiga kiritiladi. 
Agar hisobot davrida qurilish mashinalari va uskunalaridan bir nechta ob‘ektlarda 
foydalanilgan bo‗lsa, u holda ushbu xarajatlar qurilish ob‘ektlari o‗rtasida maxsus 
hisob-kitob asosida taqsimlab chiqiladi. Xarajatlarni qurilish ob‘ektlari o‗rtasida 
taqsimlab chiqish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 

dastlab hisobot davrida qurilish mashinalari va uskunalariga sarflangan jami 
xarajatlar ularning har biri bo‗yicha yuqorida keltirilgan buxgalteriya yozuvlari 
asosida topib olinadi

qurilish mashinalari va uskunalarining hisobot davrida barcha ob‘ektlarda 
ishlagan jami ish vaqti (mashina/soat) bildirgi-naryadlar va ma‘lumotnomalar 
asosida topiladi; 

mashina va uskunalarning 1 soatlik ishiga to‗g‗ri keladigan xarajat summasi 
topiladi, buning uchun jami xarajatlar jami ishlangan mashina/soat miqdoriga 
bo‗linadi;

bir soatga to‗g‗ri keluvchi xarajatlarni mashina va uskunalarni har bir qurilish 
ob‘ektida haqiqatda ishlagan vaqtiga ko‗paytirish yo‗li bilan ular tannarxiga 
kiritiladigan xarajatlar summasi topiladi.
Xarajatlarni pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri, bu ishlab chiqarish va 
mehnatni tashkil etishni takomillashtirishdir. Ushbu yo`nalish ishlab chiqarishda 
yo`qotishlarni kamaytirish yo`li bilan xarajatlarni pasaytirish bu esa o`z navbatida 
jonli mehnatni iqtisod qilishga ya`ni ishlab chiqarish unumdorligini oshishiga olib 


keladi. Mehnat unumdorligi bilan o‘rtacha ish haqi uzviy bog‘liqlikka ega. Mehnat 
unumdorligini o‘sishi ish haqini ham ortishiga olib keladi. Korxonada ishni to‘g‘ri 
tashkil etish, moddiy rag‘batlantirish tizimini to‘g‘ri tashkil etish tufayli mehnat 
unumdorligi ortadi. Korxona mehnat unumdorligini o‘sish darajasi o‘rtacha ish haqini 
o‘sish darajasi bilan taqqoslanadi. 
Mehnat unumdorligini ish haqiga nisbatan yuqori darajada o‘sishi mahsulot 
tannarxidagi ish haqini ulushini pasayishiga olib keladi. Natijada mehnat 
unumdorligining o‘sishini har bir foiziga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ish haqini o‘sish 
darajasi rejada belgilangan ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanib, uning o‘zgarish sabablari 
aniqlanadi.
Mehnat unumini ish haqining o‘sishidan yuqori bo‘lishi va buni ta‘minlanishi 
iqtisodiy qonuniyat hisoblanadi. Negaki, ish haqini ishlar bajarish hajmini 
oshirmasdan oshirib bo‘lmaydi.2 
Shu sababli korxonalar ish haqi fondini va uning bazasini tartibga solishda ishlar 
bajarish hajmining solishtirma baholardagi o‘sishiga muhim ahamiyat beriladi. 


Xulosa va takliflar 
Bitiruv malakaviy ish mavzusi ―Ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya 
hisobi va auditi‖ bo‘lib, mavzuni yoritishda ―406-IQMP‖ UK si ma‘lumotlaridan 
foydalanildi. Korxonaning asosiy faoliyati markazlashgan va blokirovkali 
avtomatlashgan boshqaruv nazorat bo`yicha qurilish-montaj ishlarini bajarish, 
yordamchi faoliyati esa asosiy faoliyati uchun kerakli bo`lgan maxsus temir beton 
maxsulotlarini ishlab chiqarish. O‘rganilgan davrda korxona bo‘yicha texnik
iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish natijasida ularning oshganligini ko`rish 
mumkin. Korxonaning boshqa korxonalar bilan birgalikda bajargan ish hajmi 2015-
yilda 2013-yilga nisbatan 22,1% ga, 2014-yilga nisbatan 34,3% ga oshgan. 2014-
yilda qolgan ikki yilga nisbatan bajarilgan ish hajmi kamaygan, bunga sabab korxona
ish hajmi katta bo`lgan buyurtmalar asosida ishlar bajaradi. Jami bajarilgan ish 
hajmining 90% dan ortiq qismini korxona o‘z kuchi bilan bajargan. Bu albatta ijobiy 
ko‘rsatkichdir, chunki korxona o‘z kuchi bilan ish bajarsa, xizmatlardan tushayotgan 
tushum ulushi ham yuqori bo‘ladi. Mehnat unumdorligi ko`rsatkichi 2015-yilda 
2013-yilga nisbatan 6,4% ga, 2014-yilga nisbatan 23% ga oshgan. Mehnat 
unumdorligi oshishi korxona bo‘yicha ish xajmining oshishi hisobiga amalga oshgan. 
Bu albatta ijobiy natija, chunki korxonaning mehnat unumdorligi qancha yuqori 
bo`lsa, uning doimiy faoliyati yaxshilanishini ta`minlaydi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusi korxonada ishlab chiqarish xarajatlariga oid 
bo‘lib, korxonada bajarilgan ishlar, ko`rsatilgan xizmatlar tannarxini tashkil etuvchi 
ishlab chiqarish xarajatlari summasi 2013-2015-yillarda 2014-yilga nisbatan ko`proq 
hajmdagi ishlarni bajarilganligi sabab bo‘lgan. Uch yillik kuzatuv natijalariga ko`ra, 
ishlab chiqarish xarajatlarining eng katta qismlarini ya`ni o`rtacha 38% ini ish haqi 
xarajatlari va 15% ini moddiy xarajatlar tashkil etgan. Korxonada ishlab chiqarish 
xarajatlari bajarilgan ish hajmiga munosib tarzda sarflangan. Shunday ekan korxona 
ishlab 
chiqarish xarajatlari 
sarfini 
faqatgina, 
kichik 
miqdorda bo`lsada 


22222kamaytirishga erishish mumkin. Buning uchun quyidagi keltirilgan vazifalarni 
amalga oshirish lozim: 

Moddiy xarajatlardan ya‘ni qurilish materillari, yoqilg‘i moylash materiallari, 
elektrenergiyadan samarali foydalanish; 

Asosiy vositalar, texnika texnologiya, inshootlardan samarali foydalanish, 
ularni yangilash va korxonaga yangi texnikalarni kiritish va h.k 
Bu o‘z navbatida nafaqat temir yo‘l transporti balki mamlakatning barcha 
xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridan foydalanuvchilar uchun ham katta ahamiyat kasb 
etadi. Temir yo‘l transportida tashish tannarxini pasaytirish yo‘llarini aniqlash uchun 
avvalo korxonalar va temir yo‘l transporti kompaniyasi bo‘linmalarining xo‘jalik 
faoliyatini chuqur va kompleks tahlil qilish zarurdir.
2014-yil auditorlik tekshiruvi natijalaridan xulosa qilib aytish mumkinki,
korxonada ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi belgilangan me`yoriy 
xujjatlarga muvofiq aniq va to`g`ri yuritilgan. Korxona umumiy xarajatlarining 60-
62% dan yuqori qismini asosiy ishlab chiqarish xarajatlari tashkil etgan bo`lsa, 
yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining ulushi 15-17% ini tashkil etgan. Davr 
xarajatlari 2013-2015-yillarda o`zgarishsiz ya`ni 23% ni tashkil etgan. Xar bir 
xarajatlar tarkibi o‘rganilganda, asosoy ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida ish haqi 
xarajatlari, moddiy xarajatlar: material, xom-ashyo, yoqilg`i moylash materiallari, 
elektr energiya va boshqa xarajatlar katta qismni tashkil etgan. Yordamchi ishlab 
chiqarish xarajatlari tarkibida ham eng katta ulushni ish haqi va moddiy xarajatlar 
tashkil etgan. Korxonada mehnatga haq to‘lash xarajatlarning oshishiga asosiy 
sabablardan biri bu Respublikada Prezidentimiz tomonidan aholini ijtimoiy 
himoyalash maqsadida eng kam ish xaqi stavkasini oshirishidadir, bu bilan 
proportsional ravishda yagona ijtimoiy to‘lov xarajatlari ham oshgan. 
Umuman olgadna, tahlil natijalariga ko‘ra shuni aytish mumkinki, korxona 
bo‘yicha umumiy iqtisodiy va moliyaviy xolat ijobiy darajada, korxonada xarajatlarni 
buxgaltiriya xisobi me‘yoriy xujjatlar va belgilangan trtib bo‘yicha olib boriladi.


Bitiruv malakaviy ishini yozishdan qo`yilgan maqsaddan kelib chiqib va 
bajarilgan ishlarning natijalariga tayangan holda quyidagi takliflar tavsiya etiladi: 
1.
Ish haqi fondi tarkibidagi unumsiz xarajatlarni kamaytirish, ya`ni 
qo`shimcha to`lovlarni mehnat unumdorligining oshishiga o ‗z xissasini 
qo‘shgan ishchilarga munosib tarzda to`lash; 
2.
Korxona moliyaviy natijasini yanada yaxshilash borasida yordamchi 
ko‘makchi faoliyati bo‘yicha qo‘shimcha xizmat turlarini talabdan kelib 
chiqqan holda ishlab chiqish. 
3.
Korxonada yangi mijozlarni jalb qilish maqsadida korxon va korxona 
mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida korxona veb saytini yaratishni 
tafsiya etaman. 
4.
Korxona hisob siyosatida belgilagan holda 2510 – ―Umumishlab chiqarish 
xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar‖ dan foydalanishlari tavsiya etaman
5.
Korxonada ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobini har bir 
buyurtmachi uchun alohida olib borishlari kerak. Misol uchun ShCH-1, 
ShCH-2, ShCH-3 uchun bajarilgan ishlarga:
2011- ShCH-1 
2012- ShCH-2 
2013- ShCH-3 
Natijada har bir buyurtmachiga bajarilgan qurilish-montaj ishlari xajmi 
hamda tannarxini aniq bilib olish imkonini beradi.
Alohida buyurtmachilari bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga 
olish va mahsulotlar tannarxini aniqlash, moliyaviy natijaga daxldor bo‘lgan 
elementlarni iqtisodiy jarayonlarning turi, o‘rni, joyi va javobgarlik 
bo‘yicha hisobga olinishi va nazorat qilinishi korxonaning moliya - xo‘jalik 
faoliyatini boshqarishda muhim hisoblanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Karimоv I.A. «O`zbеkistоn Rеspublikasining 2015 yilgi iqtisоdiy va ijtimоiy 
rivоjlanish natijalari va 2016 yilgi vazifalar to`ғrisida» -Toshkent 2015yil.
3. O`zbеkistоn Rеspublikasi buxgaltеriya hisоbining milliy standartlari Mоliya 
Vazirligi va Davlat Sоliq Qo`mitasi –Toshkent. 2014 yil. 
4. O`zbеkistоn Rеspublikasining Sоliq Kоdеksi- Toshkent. 2014 yil. 
5.“Mahsulоt (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sоtish xarajatlarining tarkibi 
hamda mоliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`ғrisida” 54- sоnli Nizоm, 1999 
yil, 5 fеvral 
6. “Buxgalteriya hisobiga doir nizomlar”-T.2014y. 
7. Красов А.П. «Бухгалтерский учет основной деятельности железных дорог»- 
M.Транспорт, 2008 йил. 
8. G’ulomova G’.G’. “Buxgaltеriya hisоbini mustaqil o`rganish uchun qo`llanma”-
Toshkent. 2010 yil. 
9. A.V. Vahоbоv, A.T. Ibrоhimоv, N.F. Ishоnqulоv “Mоliyaviy va bоshqaruv tahlili” –
Toshkent. 2005yil. 
10.Н.И.Силаев, 
Ғ.К.Абдуллаева 
“Анализ 
хозяйственной 
деятельности 
предприятий железнодорожного транспорта” –Tошкент 2010йил. 
11. Karimоv A, Ismоilоv F, Avlоqulоv A, «Buxgaltеriya hisоbi» -Toshkent. 2004yil. 
12. I. Оchilоv, J. Qurbоnbоеv “Mоliyaviy hisоb” – Toshkent.2004yil. 
13. M. To`laxo`jaеva “Audit” 1, 2 tоm. –Toshkent. 2008 yil. 
14.Jo`raеv N., Bоbоjоnоv О., Abduvaxidоv F., Sоtvоldiеva D. Mоliyaviy va Bоshqaruv 
xisоbi. Darslik. -Toshkent. 2007 yil . 
15.Jo`raеv N., Xоlbеkоv R., Abduvaxidоv F., Ilxоmоv I. Buxgaltеriya xisоbi, iktisоdiy 
taxlil va audit. Darslik. -Toshkent.2007 yil.


16.Jo’rayev M.J., Abduvohidov F.T., Sotiboldiyeva D.A. Moliyaviy va boshqaruv hisob 
-Toshkent. Iqtisod-moliya darslik. 2010yil.
18. E.F. Gadoev, I.X. Golisheva, Sh.U. Haydarov “Foyda solig`i” –Toshkent. Norma. 
2011y. 
19. E.F. Gadoev, I.X. Golisheva, Sh.U. Haydarov “Bilvosita soliqlar” - Toshkent. 
Norma. 2011y. 

Internet saytlari 


1.Ziyonet.uz 
2.Stat.uz 
3.Norma.uz 
4.Lex.uz 
5.my.Gov.uz 
 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish