O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   226
Yaxlit iqtisodiyot 
bo‘yicha
: moliya bozori barqarorligi 
Jamiyat farovonligining 
ta’minlanishi
 


20 
xususiylashtirish bilan bog‘liq turli yondashuvlar o‘rganildi va 
O‘zbekiston sharoitiga to‘g‘ri keladigan xususiylashtirish yo‘llari 
ishlab chiqildi. Mulkiy munosabatlarning huquqiy asoslari 
shakllantirildi
10
. Dastlab 1991-yil 19-noyabrda O‘zbekiston Respub-
likasi “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Natijada xususiy mulkchilikka 
imkoniyat berilgan holda ayrim sohalar bo‘yicha davlat mulkini 
xususiylashtirish amaliyoti boshlandi va bu amaliyot korporativ 
munosabatlarga ham yo‘l ochib berdi hamda aksiyadorlik 
jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etila 
boshlandi.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
1994-yil 
21-
yanvardagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish va xususiy mulk himoya-
sini ta’minlash, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqulashtirish 
bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq 1994-yil 
8-aprelda Toshkent respublika fond birjasi tashkil etildi.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tartibga solib borish 
maqsadida 
1996-yil 
26-aprelda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya 
qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun asosida 
aksiyalar muomalasi, aksiyalar paketlarini yirik investorlarga sotish 
orqali qo‘shimcha moliyaviy resurslar jalb qilish amaliyoti keng 
yo‘lga qo‘yildi.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga xorijiy investitsiyalarni 
keng jalb qilish maqsadida 1998-yilda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasi “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi (2014-yilda yangi 
tahrirda qabul qilingan), “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi, 
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya 
qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilindi. Natijada chet el 
kapitali ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari soni va ularning 
faoliyat ko‘lami kengayib bordi. 
2014-yil 6-mayda O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik 
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Unga ko‘ra ochiq 
va yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari bir xil aksiyadorlik 
jamiyati deb yuritila boshlandi. 2014-yil 2-iyulda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik jamiyatlarida 
korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra yangi 
tahrirdagi 
qonun 
asosida 
korporativ 
boshqaruv 
tizimi 
takomillashtirildi. 
10
Суюнов Д. Корпоратив бош
қ
арув механизми: муаммо ва ечимлар. Монография. – Т.: Академия, 
2007. – Б. 100. 


21 
Mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng 
muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mah-
kamasining majlisida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 
Islom Karimov “Korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va 
yondashuvlarni tubdan o‘zgartirish, ishlab chiqarish, tashqi 
iqtisodiy va investitsiya jarayonlariga zamonaviy xalqaro korporativ 
menejment standartlarini joriy etish jiddiy e’tiborni talab qiladi”
11

deya qat’i ta’kidlab o‘tdi va aksiyadorlik jamiyati faoliyatini 
rivojlantirish iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishi sifatida belgilandi. 
Bunda korporativ yoki aksiyadorlik birlashmalarimizning faoliyati 
samaradorligini tanqidiy baholash, ularni xorijiy davlatlardagi ana 
shunday korxonalar bilan taqqoslab ko‘rish zarurligi alohida 
belgilandi.
Belgilangan vazifadan kelib chiqqan holda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-martdagi “Aksiyadorlik 
jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ 
boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasini tashkil etish 
to‘g‘risida”gi 2327-sonli Qarori qabul qilindi. 2015-yil davomida 
komissiya tomonidan barcha aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyati 
to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazildi, natijada 462 ta jamiyatni yoki 
ularning 43 foizini tugatish yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga 
o‘zgartirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi. 
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida zamonaviy korporativ 
boshqaruv uslublarini joriy etish, bu borada xorijiy menejerlarni 
faol jalb qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida 
zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmon asosida 
etakchi xorijiy kompaniyalarda boshqaruvni tashkil yetish tizimini 
chuqur o‘rganish asosida ishlab chiqilgan aksiyadorlik jamiyatining 
namunaviy tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. 
11
Каримов И.А. 2015 йилда и
қ
тисодиётимизда туб таркибий ўзгаришларни амалга ошириш, 
модернизация ва диверсификация жараёнларини изчил давом эттириш 
ҳ
исобидан хусусий мулк ва 
хусусий тадбиркорликка кенг йўл очиб бериш – устувор вазифамиздир. – Т.: “Ўзбекистон”, 2015.
– 72 б. 


22 
2015-yilning 1-iyulidan aksiyadorlik va boshqa xo‘jalik 
jamiyatlari nomlarida ularning ustav kapitalida davlat ulushidan 
qat’i nazar, «davlat» so‘zidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi 
belgilandi. Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv 
xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning mehnatiga 
haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashdan, xorijiy 
mutaxassislarning boshqaruv xodimlari sifatidagi faoliyatidan olgan 
daromadlari daromad solig‘i, to‘lov manbaidan olinadigan daromad 
solig‘i, shuningdek, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga 
to‘lanadigan majburiy sug‘urta badallaridan ozod etildi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2015-yil 
21-
dekabrdagi “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb 
qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2454-
sonli Qarori asosida esa aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida 
xorijiy investorlarning ulushi 15 foizdan kam bo‘lmasligidan iborat 
tartib joriy etildi. 
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida korporativ boshqaruv 
kodeksi ichki hujjat bo‘lsada, aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatini 
tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi. Korporativ 
boshqaruv 
kodekslari 
amalda 
1990-yillardan 
qo‘llanila 
boshlangan
12
. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-
apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ 
boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
4720-sonli Farmoni talablari asosida respublikamizda ham 
Korporativ boshqaruv kodeksi namunaviy tarzda ishlab chiqildi va 
amaliyotga joriy etildi. Unga ko‘ra korporativ boshqaruv kodeksi 
quyidagi qismlardan iborat: 
I. Umumiy qoidalar. 
II. Faoliyat ochiqligini ta’minlash. 
III. Samarali ichki nazorat mexanizmlarini joriy qilish. 
IV. Aksiyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga 
oshirilishini ta’minlash. 
12
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 
2012. – P. 14. 


23 
V. Uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan rivojlanish 
strategiyasi va vazifalarni belgilash. 
VI. Ijroiya organining aksiyadorlar va investorlar bilan o‘zaro 
samarali hamkorligining mexanizmlarini joriy etish. 
VII. Manfaatlar qarama-qarshiligi. 
VIII. Namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy etish. 
IX. Axborotlarni audit va moliyaviy hisobotlarning xalqaro 
standartlari asosida e’lon qilish. 
X. Kodeks tavsiyalarini joriy etish monitoringi. 
XI. Yakuniy qoidalar. 
Ayni 
paytda 
respublikamizdagi 
barcha 
aksiyadorlik 
jamiyatlarida korporativ boshqaruv kodeksi ishlab chiqilgan va 
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan holda 
amaliyotga joriy etilgan. 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish