O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


 Korporativ boshqaruv prinsiplari



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226
1.3. Korporativ boshqaruv prinsiplari 
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti korporativ 
boshqaruvning quyidagi prinsiplarini ajratib ko‘rsatadi
9

1. Samarali korporativ boshqaruv tuzilmasi uchun asoslarni 
ta’minlash. Mazkur funksiya davlat tomonidan korporativ 
boshqaruv samarali amal qilishi uchun shart-sharoit yaratishni 
nazarda tutadi. 
8
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 
2012. – P. 42. 
9
G20/OECD Principles of Corporate Governance. OECD 2015. 
https://www.oecd.org/daf/ca/Corporate-
Governance-Principles-ENG.pdf
  


18 
2. Aksiyadorlar huquqlari, aksiyadorlarga nisbatan bir xil 
munosabatda bo‘lish va asosiy mulkdorlar funksiyalari. 
3. Institutsional investorlar, fond bozorlari va boshqa 
vositachilar. 
4. Korporativ boshqaruvda manfaatdor tomonlarning roli. 
5. Axborotlar oshkoraligi va shaffofligi. 
6. Direktorlar kengashining javobgarligi.
Umumiy 
holda 
korporativ 
boshqaruvning 
prinsiplari 
quyidagilar: 
- qonuniylik;
- adolatlilik; 
- hisobdorlik; 
- javobgarlik; 
- oshkoralik; 
- shaffoflik.
Korporativ 
boshqaruvning 
qonuniylik 
prinsipi 
davlat 
tomonidan belgilangan qonunchilik asosida korporativ boshqaruv 
tashkil qilinishi, korporativ tuzilma faoliyatining qonuniy bo‘lishi 
lozimligini ifodalaydi. 
Adolatlilik prinsipi esa korporativ tuzilmada aksiyadorning 
ulushidan qat’i nazar bir xil munosabatda bo‘lish, minoritar 
aksiyadorlar huquqlari va manfaatlarini ta’minlash lozimligini 
nazarda tutadi. 
Korporativ boshqaruvda boshqaruv va nazorat organlarining 
belgilangan tartibda aksiyadorlarga yoki aksiyadorlar vakillariga 
hisobot berishi hisobdorlik prinsipi asosida tashkil etiladi.
Korporativ tuzilma joriy moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha 
ijroiya organi, ijroiya organ faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha 
Direktorlar (kuzatuv) kengashi javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi va 
bu amaliyot javobgarlik prinsipi asosida tashkil etiladi.
Korporativ tuzilma o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha, shuningdek 
investitsiyalar jalb qilish maqsadida oldindan belgilab qo‘yilgan 
axborotlar (hisobotlar)ni e’lon qilib boradi. Bunda ma’lumotlar 
axborotlar oshkoraligi prinsipiga rioya qilish maqsadida e’lon qilib 
boriladi.
Shuningdek, ma’lum bir holatlar yoki moliyaviy qarorlar 
(operatsiyalar) bo‘yicha korporativ tuzilmalar tomonidan muhim 
faktlar e’lon qilib boriladi. Bu amaliyot bevosita aksiyadorlarni 
xabardor qilib borish maqsadida korporativ tuzilma faoliyatining 
shaffofligini ta’minlashga qaratiladi hamda bu jarayon shaffoflik 
prinsipining talabi hisoblanadi. 
Korporativ boshqaruv prinsiplariga qat’i amal qilish iqtisodiy 
va ijtimoiy hayotda quyidagilarga imkon beradi (1.4-rasm).


19 
1.4-rasm.

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish