Vitse-prezident
(G‘aznachilik xizmati)
Vitse-prezident
(
Nazorat xizmati
)
261
direktorlar kengashi tomonidan shaxsan tasdiqlanadi. Aynan shu
jihat moliyaviy direktorning mustaqilligi va o‘z faoliyati bo‘yicha
aksiyadorlarga hisobot berishini anglatadi. Moliyaviy direktorning
bosh vazifasi biznesni boshqarishning izchil va samarali ishlash
tizimini
ta’minlash
orqali
korporativ
tuzilmaning
barcha
bo‘linmalari operatsion strategiyalarini va aksiyadorlar uzoq
muddatli maqsadlarini integratsiyalash bilan ifodalanadi.
Shunday qilib, moliyaviy direktor va u boshqaradigan moliya
xizmati har qanday o‘rta va yirik korxonada muhim rol o‘ynaydi.
Moliyaviy direktor faoliyati bir vaqtning o‘zida uch xil doirada:
funksional, korporativ va boshqaruv ko‘rinishida amalga
oshirilishini ta’kidlash lozim. Shuning uchun ham moliya
xizmatining zamonaviy rahbari ilmli, keng dunyoqarashga ega ijodiy
fikrlaydigan mutaxassis, amaliy muammolar (pul oqimlarini
boshqarish, korporativ tuzilma faoliyati haqidagi tezkor ma’lumotlar
bilan ichki va tashqi foydalanuvchilarni ta’minlash, investitsion
loyihalarni baholash, soliq imtiyozlari va yengilliklaridan maksimal
foydalanish, moliyaviy resurslarni qidirib topish va jalb qilish
hamda boshqalar)ni hal qilish qobiliyatiga ega, shuningdek
strategik vazifalar (birlashish va qo‘shib olishlar, investorlar bilan
o‘zaro hamkorlik samaradorligi tahlili va boshqalar)ni hal qila
oladigan bo‘lishi lozim.
Korporativ moliyani boshqarish nazariyasi va amaliyoti
iqtisodiy taraqqiyotdan kelib chiqqan holda doimiy ravishda
rivojlanib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib korporativ moliyani
boshqarishning muhim nazariy asoslari sifatida amal qilayotgan
konsepsiyalari quyidagilardir:
- pul oqimlari konsepsiyasi;
- pul mablag‘larining vaqt bo‘yicha qiymati konsepsiyasi;
- risk va daromadlilik konsepsiyasi;
- bozor samaradorligi haqida gipoteza;
- portfel nazariyasi va moliyaviy aktivlarni baholash modeli;
- kapital tarkibi va dividend siyosati nazariyasi;
- agentlik munosabatlari nazariyalari va boshqalar.
Keltirib o‘tilgan korporativ moliyani boshqarish konsepsiya-
larining har biri xususida quyida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
262
Pul oqimlari konsepsiyasi
har qanday korporativ tuzilma
(MChJ, AJ va boshqalar) faoliyat ko‘lami va turidan qat’i nazar o‘z
moliyaviy munosabatlarini pul mablag‘lari harakati asosida
ishlashini anglatadi. Pul oqimlari harakatini tashkil etishda e’tibor
qaratiladigan asosiy jihat bu pul mablag‘larining kirib kelishi va
chiqib ketishidagi o‘zaro mutanosiblikka erishish hisoblanadi.
Bunda vaqt va miqdor omili birlamchi e’tibor talab qiladi. Ya’ni
moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijasi korporativ tuzilma ixtiyoriga kelib
tushayotgan pul mablag‘lari miqdori korporativ tuzilmadan chiqib
ketayotgan pul miqdoridan katta bo‘lishi lozim, boshqa tomondan
esa olinadigan pul mablag‘larining kelib tushish vaqti chiqib ketish
vaqtidan qisqaroq bo‘lishi talab etiladi. Keltirilayotgan bu ikki jihat
har qanday korporativ tuzilma uchun moliyaviy barqarorlik va
to‘lovga layoqatlilikni ta’minlashdan tashqari faoliyat samara-
dorligiga erishishga ham xizmat qilishini qayd etib o‘tishimiz lozim.
Aynan har bir pul oqimining soliq oqibatlariga alohida e’tibor
qaratish ham lozim bo‘ladi.
Pul mablag‘larining vaqt bo‘yicha qiymati konsepsiyasi
korporativ moliyaning fundamental asoslaridan biri hisoblanadi.
Mazkur konsepsiyaga muvofiq biz turli vaqtlarda egalik qiladigan
pul mablag‘lari bir xil bo‘lmagan qiymatga egalik qiladi. Ustiga-
ustak biznesda va kundalik hayotimizda pulga egalik qilish vaqti
pul mablag‘larining miqdoriga nisbatan katta ahamiyatga ega.
Masalan, milliy pul birligining bugungi qimmati bir qancha vaqt
o‘tgandagidan nisbatan qadrliroq. Ya’ni u ayni paytda joriy
iste’molni qanoatlantirishga sarflanishi yoki kelajakda qo‘shimcha
daromad olish uchun investitsiya sifatida qo‘yilishi mumkin.
Ma’lum vaqtdan so‘ng zarur miqdordagi pul mablag‘lariga egalik
qilish uchun korporativ tuzilma ma’muriyati mavjud pul mablag‘ini
hozirning o‘zida yo‘naltirishi lozim bo‘ladi. Bunda qaror qabul
qilishda kelgusidagi pul oqimlari pul mablag‘larining joriy vaqtdagi
qiymatidan kelib chiqqan holda baholashni amalga oshirish lozim.
Pul mablag‘larining joriy qiymati va kelgusi qiymatini baholash
uchun moliyachilar pul oqimlarini diskontlash bo‘yicha maxsus
metodikadan foydalanadilar. Pul mablag‘larining vaqt bo‘yicha
qiymati konsepsiyasidan kelib chiqqan holda soliqlarni faqat oxirgi
sanada amalga oshirishga e’tibor qaratishimiz lozim bo‘ladi.
263
Do'stlaringiz bilan baham: |