O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


 Korporativ moliyaviy siyosat asosiy yo‘nalishlari



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   226
 
12.3. Korporativ moliyaviy siyosat asosiy yo‘nalishlari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyati davomida 
moliyaviy munosabatlarning to‘g‘ri tashkil etilishi qo‘yilgan 
maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shundan 
kelib chiqqan holda asosiy e’tiborni korxonalar moliyasini samarali 
tashkil etishga, korxonalar moliyasini boshqarishni to‘g‘ri tashkil 
etishga qaratish maqsadga muvofiq. Korporativ moliyani 
boshqarishni to‘g‘ri tashkil etish esa bevosita korporativ moliyaviy 
siyosatga bog‘liq. Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida korporativ 
siyosatning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar
73

- marketing siyosati; 
- operatsion siyosat; 
- moliyaviy siyosat; 
- mehnat munosabatlari va kadrlar siyosati; 
- axborot texnologiyalari siyosati; 
- birlashishlar va qo‘shib olishlar siyosati; 
- korporativ etika siyosati; 
- korporativ boshqaruv va muvofiqlik siyosati; 
- biznes risk menejmenti siyosati. 
Korporativ moliyaviy siyosatni ishlab chiqish va amalga 
oshirish korxonalarning barcha moliyaviy munosabatlarini qamrab 
olishi lozim. Bunda moliyaviy siyosat – korxonaning ta’sis hujjati 
(ustavi)da aks etgan strategik va taktik maqsadlarga erishish uchun 
moliyadan maqsadga yo‘naltirilgan holda foydalanishni o‘zida aks 
ettiradi. Masalan, tovar bozoridagi pozitsiyasini kuchaytirish; mos 
ravishda aktivlar hamda xususiy kapital rentabelligiga erishish; 
to‘lovga layoqatlilik va balans likvidliligini ta’minlash; aksiyadorlar 
mulkiy imkoniyatlarini oshirish va boshqalar. 
Umuman, korporativ moliyaviy siyosatda quyidagilar nazarda 
tutiladi: 
73
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 
2012. – P. 181-183. 


266 
-
foydani maksimallashtirib borish; 
-
kapital tarkibi va qiymatini optimallashtirish;
-
korporativ tuzilmaning moliyaviy barqarorligi, amaliy va 
bozor aktivligini ta’minlash; 
-
aksiyadorlar, investorlar va kreditorlar uchun korporativ 
tuzilmaning moliyaviy ochiqligiga erishish; 
-
qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, moliyaviy lizing, loyihaviy 
moliyalashtirish 
yordamida 
kapital 
jalb 
qilishning 
bozor 
mexanizmlaridan foydalanish; 
-
korxona 
moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyatining 
strategik 
maqsadlarini hisobga olgan holda moliyaviy holat diagnostikasi 
asosida korporativ moliyani boshqarish mexanizmini ishlab chiqish; 
-
ustavda 
keltirilgan 
faoliyatni 
amalga 
oshirish 
va 
korporatsiyaning qarz majburiyatlarini qoplash uchun zarur 
moliyaviy resurslarni shakllantirish, pul oqimlari va moddiy 
zaxiralar balansliligini ta’minlash.
Korporativ tuzilma pul oqimlari va moddiy zaxiralar o‘rtasida 
balanslilikka erishish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga 
oshiriladi: 
-
ustav kapitalini shakllantirish (pul ko‘rinishida yoki moddiy 
ko‘rinishda) va faoliyat uchun qo‘shimcha mablag‘larni (resurslarni) 
jalb qilishning eng ratsional usullari aniqlanadi; 
-
pul 
oqimlarini 
optimallashtirish 
imkonini 
beruvchi 
moliyaviy boshqaruv tashkiliy tuzilmasi shakllantiriladi; 
-
soliqlar 
va 
majburiy 
ajratmalarni 
optimallashtirish 
maqsadida hisob siyosati ishlab chiqiladi; 
-
kontragentlar bilan hisob-kitoblar usullari va muddati, 
jarimalar qo‘llanilishi bilan bog‘liq xo‘jalik shartnomalari shart-
sharoitlari aniqlanadi; 
-
xarajatlar, daromadlar, foyda va investitsiyalar javobgarlik 
markazlarini yaratish asosida byudjet boshqaruvi tizimi joriy 
qilinadi; 
-
bosh kompaniya va uning filiallari o‘rtasida pul oqimlari 
harakati hisobi va nazorati tashkil qilinadi. 
Korporativ moliyani boshqarish tizimini ishlab chiqish 
jarayonida yetarlicha pul mablag‘lari va to‘lovga layoqatlilikning 


267 
yuqori darajasi sharoitida korporatsiyani rivojlantirish va 
mulkdorlar 
(aksiyadorlar) 
manfaatlarini 
uyg‘unlashtirish 
muammosi paydo bo‘ladi. Bunday sharoitda korxona faoliyat 
davomiyligi va qo‘yilgan maqsadlar tavsifidan kelib chiqqan holda 
strategik va taktik moliyaviy vazifalar qo‘yiladi. Yuqoridagilardan 
kelib chiqqan holda korporativ moliyaviy siyosatni quyidagicha 
tasvirlashimiz mumkin (12.6-rasm). 
12.6-rasm.

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish