O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


 Korporativ moliyani boshqarishning tashkiliy



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   226
 
12.2. Korporativ moliyani boshqarishning tashkiliy 
xususiyatlari va konsepsiyalari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul oqimlari har qanday 
korxonada boshqaruv obyekti hisoblanadi hamda har bir moliyaviy 


255 
qaror pul oqimlari harakati bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq 
holda qabul qilinishini ta’kidlashimiz lozim. Shundan kelib chiqqan 
holda aksariyat boshqaruvchilar o‘z funktsional vazifalarini amalga 
oshirish jarayonida moliya xizmati bilan o‘zaro hamkorlik asosida 
faoliyatlarini tashkil etadi. Bu bog‘liqlik bugungi kunda har bir 
boshqaruvchidan korporativ moliyani boshqarish asoslari haqida 
chuqur bilimga ega bo‘lishni, korporativ tuzilma oldida turgan 
muammolarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida anglashni hamda o‘z faoliyatini 
yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tashkil etishni talab etadi. 
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, hozirgi kunda moliyaviy 
resurslarni boshqarish har bir korporativ tuzilma oldida turgan eng 
asosiy va strategik vazifalardan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalishning 
korporativ moliyani boshqarish tizimida strategik ahamiyatga 
egaligi moliyaviy resurslar va boshqa resurslar (moddiy resurslar, 
mehnat resurslari va boshqalar)ni jalb qilishning o‘zaro bog‘liqligi 
bilan izohlanadi. Bunday o‘zaro bog‘liqlikning qo‘yilgan maqsadga 
muvofiq va samarali tashkil etilishi ko‘p jihatdan korporativ tuzilma 
moliyaviy barqarorligini belgilab beradi, shuningdek faoliyatdan 
manfaatdor bo‘lgan mulkdorlar, xodimlar, kontragentlar, davlat va 
jamiyat moddiy farovonligi o‘sishiga xizmat qilishini alohida 
ta’kidlashimiz lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy resurslarning muhim 
ahamiyatga egaligi ularni boshqarish bo‘yicha mustaqil faoliyat 
sohasi sifatida korporativ moliyani boshqarish tizimini tashkil 
etishni shart qilib qo‘yadi. 
Korporativ moliyani boshqarishni amaliy nuqtayi nazardan 
korporativ tuzilma pul mablag‘larini va ularning manbalarini 
boshqarish tizimi
sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Har qanday boshqarish tizimi kabi korporativ moliyani 
boshqarish ham o‘zining obyektiga va subyektiga ega hisoblanadi. 
Bunda pul mablag‘lari va ularning manbalari, shuningdek 
korporativ tuzilmalar, xo‘jalik faoliyatining boshqa ishtirokchilari, 
moliya tizimining turli bo‘g‘inlari o‘rtasida yuzaga keladigan 
moliyaviy 
munosabatlar 
boshqarish 
obyekti
hisoblanadi. 
Mulkdorlar, moliyaviy menejerlar, mos tashkiliy tuzilmalar va 
xizmatlar korporativ moliyani boshqarish tizimida 
boshqarish 
subyektlari
sifatida yuzaga chiqadi. Bunda eng asosiy boshqaruv 


256 
subyekti korporativ tuzilma mulkdorlari, xususan aksiyadorlik 
jamiyatlarida aksiyadorlardir. 
Korporativ moliyani boshqarishning samarali amal qilishida 
huquqiy, tashkiliy, metodik, axborot, texnik, dasturiy ta’minotlarga 
va eng asosiysi kadrlar ta’minoti muhim hisoblanadi. Ularning har 
biri xususida quyida to‘xtalib o‘tamiz.
Iqtisodiyotda har qanday boshqaruv tizimining, xususan 
korporativ moliyani boshqarish tizimining faoliyat yuritishi 
amaldagi 
huquqiy ta’minot 
doirasida amalga oshiriladi. Bunda 
huquqiy ta’minotga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 
Kodekslari, 
qonunlari, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlari, vazirlik 
va tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari, litsenziyalar, shuningdek aniq 
bir korporativ tuzilmaning ish faoliyatini tartibga soluvchi ta’sis 
hujjatlari, nizomlar va yo‘riqnomalar kiradi. Bunda moliyaviy 
qonunchilikdan, xususan soliq qonunchiligidan o‘z vaqtida xabar-
dor bo‘lish moliyaviy qarorlar qabul qilishda va majburiyatlarni 
bajarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Korporativ moliyani boshqarish tizimining samarali ishlashi 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish