11.3. Oltin aksiya amaliyoti va uning O‘zbekistonda
qo‘llanilish xususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ tuzilmalar va davlat
o‘rtasidagi munosabatlarni tashkil etishning biror bir ideal modeli
mavjud emas. Shuning uchun ham rivojlangan bozor iqtisodiyotiga
ega davlatlarda ham davlat tomonidan tartibga solish amal qilib
kelmoqda. Bunda davlat ulushi bilan birga mahalliy hokimiyatlar
ulushini ham strategik ahamiyatga ega yirik korporativ tuzilmalar
ustav kapitaliga kiritish orqali davlat ishtirokini ta’minlash
amaliyoti xorijiy mamlakatlarda keng qo‘llaniladi va bu jihat
korporativ boshqaruvda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Korporativda davlat ishtiroki oltin aksiya amaliyotini qo‘llash orqali
ham amalga oshiriladi.
Oltin aksiya ochiq aksiyadorlik jamiyatlarida davlat
boshqaruvini saqlab qolish vositasi bo‘lib, davlat vakilining alohida
huquqlarga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Oltin aksiya davlat
tomonidan kompaniyalarni moliyalashtirish va daromad olish
vositasi hisoblanmaydi. Bu jihat o‘z-o‘zidan oltin aksiyaning
sotilmasligini ifodalaydi. Bunda kompaniya aksiyalarining ma’lum
paketiga ega sifatida davlat vakili aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida,
kuzatuv kengashida hal qiluvchi ovozga ega bo‘ladi. Mazkur jihat
o‘z navbatida mamlakat iqtisodiyoti va jamiyat manfaatlarini
himoya qilishga xizmat qiladi. Oltin aksiya amaliyoti xorijiy
mamlakatlar amaliyotida keng qo‘llanilmoqda va bu amaliyot
o‘zining ijobiy samarasini berib kelmoqda.
Oltin aksiya amaliyotini qo‘llash nazariy jihatdan davlat
vakilining korporativ tuzilmada strategik muhim qarorlarni ishlab
chiqishda va qabul qilishda ishtirok etish, tashkilot faoliyatini,
uning rentabellik ko‘rsatkichlarini va o‘sish sur’atlarini nazorat
qilib borish kabilarni nazarda tutadi.
Oltin aksiyaning xorijiy davlatlarda qo‘llanilishi korxonalarni
rivojlantirishni boshqarib borishda ishonchli vosita sifatida yuzaga
230
chiqdi. Bu amaliyot o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida keng
qo‘llanilib kelinayotganligiga qaramasdan, Evropa mamlakatlarida
ham kuzatilishini alohida ta’kidlash lozim. Umuman oltin aksiya
amaliyotining asoschisi Margaret Tetcher hisoblanadi va u XX
asrning 80-yillarida Buyuk Britaniyada xususiylashtirilgan
korporativ tuzilmalarni boshqarishda mazkur amaliyotni birinchi
faol tarzda qo‘llagan. Margaret Tetcherning bu islohoti nihoyatda
muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, bir necha yil o‘tib butun
Evropani qamrab oladi. Shuni qayd etish kerakki, Britaniyada
oltin aksiya amaliyoti tashkiliy masalalarda aralashuvdan tashqari
kapitalni boshqarishda, foydani taqsimlashda ham davlatning
bevosita ishtirokini nazarda tutgan.
Oltin
aksiyaning
qo‘llanilishi
yangi
tashkil
etilgan
kompaniyalar rivojlanishiga davlat aralashuvining salbiy ta’sir
ko‘rsatishi, korporativ huquqning buzilishiga olib kelishi tufayli
2008-yilda Yevropa arbitraj sudi mazkur amaliyotni bekor qilish
bo‘yicha qaror qabul qildi. Chunki Yevropaning rivojlangan
davlatlaridagi kompaniyalar aksiyadorlari tomonidan ilgari
surilgan har tomonlama asosli ko‘plab qarorlar qabul qilinishi
davlat vakili tomonidan to‘xtatib qo‘yilishi aksiyadorlarning keskin
noroziligiga olib kelgan edi. Aynan keltirilgan jihat sabab Yevropa
ittifoqiga a’zo davlatlarda bu amaliyot bekor qilindi. Ayni paytda
mazkur amaliyot Yevropa ittifoqi mamlakatlari, Rossiya,
Qozog‘iston va boshqa davlatlarda eng muhim strategik
kompaniyalardagina qo‘llanilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-iyuldagi
PF-3897-sonli «Iqtisodiyotning strategik tarmoqlari korxonalarini
xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida» Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-iyuldagi 151-sonli “Davlat
tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish
maxsus
huquqi
(«oltin
aksiya»)dan
foydalanish
tartibi
to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Aynan keltirilgan qaror bilan
“Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok
etish maxsus huquqi («oltin aksiya»)dan foydalanish tartibi
to‘g‘risida”gi Nizom
tasdiqlangan.
O‘zbekiston
Respublikasi
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya
231
qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va “Davlat tomonidan aksiyadorlik
jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi («oltin
aksiya»)dan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom mamlakatimizda
aksiyadorlik jamiyatlarida oltin aksiya qo‘llanilish tartibini
belgilaydi.
«Oltin aksiya» davlatning ayrim jamiyatlarni boshqarishda
ishtirok etishiga doir maxsus huquqi bo‘lib, u strategik ahamiyatga
ega bo‘lgan davlat korxonalari xususiylashtirilayotganda yoki
jamiyatlarning davlat aksiya paketlari xususiy mulk etib
realizatsiya qilinayotganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qaroriga asosan joriy etiladi va mamlakatning
iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi.
«Oltin aksiya» qiymatga ega bo‘lmaydi, boshqa shaxsga
o‘tkazilmaydi hamda garovga berilmaydi, jamiyat ustav kapitalining
miqdorini belgilashda va dividendlarni hisoblashda inobatga
olinmaydi.
«Oltin aksiya» jamiyatning ustav kapitalida davlat ulushi
mavjud bo‘lmagan yoki bu ulush jamiyat ustav kapitalining yigirma
besh foizdan oshmaydigan jamiyatlarda joriy etilishi mumkin.
Davlatning «oltin aksiya»dan foydalanish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat tomonidan jamiyatni boshqarishda ishtirok etishga
bo‘lgan maxsus huquq («oltin aksiya») joriy etilayotgan jamiyat
ustavida davlatning mazkur maxsus huquqdan foydalanishi
to‘g‘risidagi qoidalar ko‘rsatiladi. Bunda «oltin aksiya» joriy etish
to‘g‘risida qaror qabul qilingan aksiyadorlik jamiyati jamiyatning
ustaviga tegishli ma’lumotlarni kiritgan holda uni qayta ro‘yxatdan
o‘tkazadi, «oltin aksiya»dan foydalanishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror
qabul qilinganda esa jamiyat ustavidan ushbu ma’lumotlarni
chiqarib tashlaydi. Shuningdek ilgari jamiyat ustavida belgilangan
kuzatuv kengashi tarkibi a’zolari soniga o‘zgartirishlar kiritadi.
«Oltin aksiya» jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat
vakilini tayinlash vositasida realizatsiya qilinadi.
Agar jamiyatga nisbatan «oltin aksiya»ni joriy etish to‘g‘risida
qaror qabul qilingan bo‘lsa, jamiyat aksiyadorlarining reyestriga
davlat vakili ham kiritiladi. Umuman, davlat ayni bir paytda «oltin
aksiya»ga hamda aksiyadorlik jamiyatining 25 foizdan ortiq
232
bo‘lmagan oddiy aksiyalariga egalik qilgan taqdirda davlat vakili
«oltin aksiya» egasi bo‘lgan davlat vakolatlarini amalga oshirish
bilan bir qatorda davlat aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi
vakolatlarini ham bajaradi.
Bunda davlat vakili aksiyadorlar reyestriga ikki marta — «oltin
aksiya»dan foydalanish bo‘yicha davlat vakili hamda tegishli davlat
aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida kiritiladi.
Davlat vakili davlat aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi
vakolatlarini davlat aktivlarini ishonchli boshqarish to‘g‘risidagi
qonun hujjatlariga muvofiq bajaradi.
Davlat vakili Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi
aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan
monitoring olib borish komissiyasi tomonidan tayinlanadi.
Davlat vakilini tayinlash uchun nomzodlar bo‘yicha taklif
Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi bilan kelishgan holda
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish, davlat qo‘mitasi
huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi tomonidan
kiritiladi.
Davlat vakili uch yil muddatga tayinlanadi.
Davlat vakili jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida va
kuzatuv kengashi majlislarida ma’lum doiradagi masalalar bo‘yicha
veto qo‘yish huquqi bilan majburiy tartibda ishtirok etadi. Bunda
davlat vakiliga aksiyadorlik jamiyati ustavida belgilangan tartib-
qoidaga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlari va kuzatuv
kengashi majlislari o‘tkazilishi to‘g‘risida yozma xabarnoma, ularda
ko‘rib chiqish uchun kiritilayotgan materiallar nusxalari,
aksiyadorlik jamiyati faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotlar, shu
jumladan aksiyadorlik jamiyatining tijorat siri bo‘lgan axborotlar
majburiy tartibda taqdim etiladi.
Davlat vakili quyidagi masalalar bo‘yicha «veto» qo‘yish
huquqi bilan, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida va kuzatuv kengashi
majlislarida majburiy tartibda ishtirok etadi:
- aksiyadorlik jamiyati ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish yoki aksiyadorlik jamiyatining yangi tahrirdagi ustavini
tasdiqlash;
- aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish;
233
- aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini
o‘zgartirish;
- aksiyadorlik jamiyatini tugatish, tugatish komissiyasini
tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
- aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali miqdorini oshirish yoki
kamaytirish;
- aksiyadorlik jamiyati tomonidan yirik bitimlar tuzish yoki
affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish;
- aksiyadorlik jamiyatining tijorat va notijorat tashkilotlarida
ishtirok etishi;
- aksiyalarni joylashtirish narxini belgilash;
- korporativ obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul
qilish;
- qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror
qabul qilish;
- korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida
qaror qabul qilish;
- ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash),
rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
- ijroiya organiga to‘lanadigan haq va kompensatsiyalarning
miqdorlarini belgilash;
- jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash.
Yuqorida keltirilgan masalalar bo‘yicha qabul qilingan
qarorlarga veto qo‘yish ushbu qarorlar qabul qilingan kuni yozma
shaklda amalga oshiriladi. Aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishi va kuzatuv kengashining davlat vakili ishtirokisiz
qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlat vakili tomonidan veto
qo‘yilgan qarorlari ijro etilmaydi. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va
kuzatuv kengashi tomonidan mazkur yuqorida ko‘rsatilganlardan
tashqari boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilinishida davlat
vakili ovoz berishda qatnashmaydi. Lekin davlat vakili ayni bir
vaqtda aksiyadorlik jamiyatining oddiy aksiyalari davlat paketini
boshqargan hollarda esa ovoz berishda ishtirok etishini ham qayd
etish shart.
Davlat vakili o‘z vakolatlarini Xususiylashtirilgan korxonalarga
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining Iqtisodiyot
vazirligi va Moliya vazirligi takliflari hisobga olingan holda
tayyorlangan yozma ko‘rsatmalari asosida amalga oshiradi.
234
Davlat vakili kuzatuv kengashi majlisi yoki aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi sanasigacha kamida 15 kundan
kechikmay Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va
raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat
aktivlarini boshqarish markaziga kuzatuv kengashi majlisi va
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibi to‘g‘risidagi axborotni,
shu jumladan zarurat bo‘lganda «veto» qo‘yish huquqidan
foydalanishga doir taklifni yuboradi. Bunda axborotga ko‘rib
chiqilayotgan masalalar bo‘yicha davlat vakilining nuqtayi nazari
asosli bayon qilingan tushuntirish xati ilova qilinadi.
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini
boshqarish markazi davlat vakilidan tegishli hujjatlar olingan
sanadan boshlab ikki kun muddatda Iqtisodiyot vazirligi va Moliya
vazirligining «veto» qo‘yish huquqidan foydalanishning maqsadga
muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasini so‘raydi.
Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Xususiylashtirilgan
korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat
qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazidan
tegishli hujjatlar olingan sanadan boshlab 3 kun mobaynida
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini
boshqarish markaziga «veto» qo‘yish huquqidan foydalanishning
maqsadga muvofiqligi bo‘yicha o‘zining aniq nuqtayi nazarini yozma
shaklda taqdim etadi.
«Veto»
qo‘yish
huquqidan
foydalanishning
maqsadga
muvofiqligi
yuzasidan
Xususiylashtirilgan
korxonalarga
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi, Iqtisodiyot
vazirligi yoki Moliya vazirligi o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud
bo‘lgan taqdirda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va
raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat
aktivlarini boshqarish markazi kelishilgan qaror qabul qilinishi
uchun ko‘rsatib o‘tilgan vazirliklarning vakillari va davlat vakili
ishtirokida kelishuv kengashi o‘tkazadi.
Agar
kelishuv
qarori
ishlab
chiqilmagan
bo‘lsa
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni
235
rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini
boshqarish
markazi
zarur
materiallarni,
shu
jumladan
kelishmovchiliklar ro‘yxati va tomonlarning nuqtayi nazarlari
asosnomasi bilan birgalikda kelishuv kengashi protokolini
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va
korporativ
boshqaruv
tizimini
takomillashtirish
bo‘yicha
komissiyaga taqdim etadi. Komissiya belgilangan tartibda uzil-kesil
qaror qabul qiladi.
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini
boshqarish markazi davlat vakilidan tegishli hujjatlar olingan
sanadan boshlab 15 kundan kechikmay qabul qilingan qaror
to‘g‘risida davlat vakiliga «veto» qo‘yish huquqidan foydalanishga
nisbatan aniq yozma ko‘rsatmalarni yuboradi.
Davlat vakili o‘z faoliyati davomida quyidagilarga majbur:
- o‘z vakolatlarini Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish
va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat
aktivlarini boshqarish markazidan olingan ko‘rsatmalarga qat’i
muvofiq ravishda amalga oshirish;
- o‘ziga yuklangan vakolatlarni amalga oshirish paytida o‘ziga
ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik
va ulardan davlatning, aksiyadorlik jamiyatining va uning
aksiyadorlarining
manfaatlariga
zid
bo‘lgan
maqsadlarda
foydalanmaslik;
-
O‘zbekiston
Respublikasining
Xususiylashtirish,
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga o‘z vakolatlarini
amalga oshirish bo‘yicha o‘zi olgan har bir ko‘rsatmaning bajarilishi
natijalari to‘g‘risida yozma axborot taqdim etish.
Davlat aktivlarini ishonchli boshqarish vakolatlari ayni bir
vaqtda
bajarilgan
taqdirda
davlat
vakili
O‘zbekiston
Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish
va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat
aktivlarini boshqarish markaziga qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda ushbu vakolatlarning bajarilishi to‘g‘risida alohida
hisobotlar taqdim etadi.
236
Davlat vakili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga
muvofiq davlat mablag‘lari hisobiga har yillik taqdirlash puli oladi.
Davlat vakili aksiyadorlik jamiyatidan qo‘shimcha taqdirlash puli
olishga haqli emas, davlat aktivlarini ishonchli boshqarish
vakolatlari ayni bir vaqtda bajarilgan holat bundan mustasno.
Davlat vakili faoliyatini nazorat qilish Xususiylashtirilgan
korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat
qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi,
shuningdek
iqtisodiyot
tarmoqlari
korxonalari
bo‘yicha
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini
boshqarish markazi tomonidan tayyorlangan umumlashtiruvchi
materiallar asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi
tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat vakili o‘ziga yuklangan vakolatlardan O‘zbekiston
Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish
va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat
aktivlarini boshqarish markazining Vazirlar Mahkamasining tegishli
Kompleksi
bilan
kelishilgan
taklifi
bo‘yicha
Aksiyadorlik
birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan
samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi
tomonidan
Do'stlaringiz bilan baham: |