O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


 Korporativ boshqaruvda davlat ishtirokining



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   226
 
11.2. Korporativ boshqaruvda davlat ishtirokining
o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiyotga aralashuv 
darajasi keskin qisqarib borishiga qaramasdan, butunlay barham 
topmaydi. Ya’ni bozor iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan 
mamlakatlarda ham iqtisodiyotning ma’lum bir soha va 
tarmoqlarida davlat o‘z ulushini saqlab qolganligiga bugungi kunda 
ham guvoh bo‘lmoqdamiz. Umumiy olganda korporativ boshqaruv 
modellari xususiyatlari, mamlakatlarning rivojlanish xususiyat-
laridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotda davlat ulushi darajasi 
xorijiy davlatlarda turlicha ekanligini ham shu o‘rinda qayd etib 
o‘tish lozim. Har bir davlatning korporativ tuzilmalardagi ulushi 
darajasi ko‘p jihatdan ijtimoiy-iqtisodidiy taraqqiyotga ta’sir 
ko‘rsatish zarurati bilan o‘zaro bog‘liq hisoblanadi. Bunda albatta 
ma’lum bir maqsadlar belgilab olinadi. Davlat ishtirokidagi 
aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv amaliyoti xususiy 
korporativ tuzilmalardagi korporativ boshqaruv amaliyotidan 
ma’lum bir xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi. Yuqoridagilar asosida 
quyida davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ 
boshqaruv xususiyatlari, davlatning korporativ boshqaruvdagi 
ishtirokidan asosiy maqsadi va vazifalari, oltin aksiya amaliyotining 
qo‘llanish tartibi, mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlari 
faoliyatida davlat ishtiroki tahlilini ko‘rib chiqamiz. 
Davlatning korporativ tuzilmalar faoliyatidagi ishtiroki 
quyidagi ikkita yo‘nalish asosida ko‘zga tashlanadi: 
Birinchidan, korporativ boshqaruv amaliyoti bo‘yicha me’yoriy-
huquqiy hujjatlarni qabul qiladi va korporativ tuzilmalarning 
faoliyati davomida qonunchilikda belgilab qo‘yilgan talablarning 
bajarilishi holatini nazorat qilib boradi. Mazkur jihat barcha 
mamlakatlar tajribasida qo‘llaniladi. 
Ikkinchidan, davlat korporativ boshqaruv amaliyotida bevosita 
ishtirok etadi va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga doir qarorlar 
qabul qilishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda davlat ustav 


225 
kapitalidagi ma’lum bir ulushga egalik qilish orqali mulkdor sifatida 
ishtiroki kun tartibiga chiqadi. 
Umuman davlatning korporativ boshqaruvda bevosita ishtiroki 
quyidagilar asosida amalga oshiriladi: 
- aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalariga to‘liq egalik 
qilish. Shuningdek faqat davlat tomonidan ustav kapitalini to‘liq 
shakllantirish amaliyoti asosida ham davlatning korporativ 
boshqaruvdagi ishtiroki kuzatiladi. Bunda davlat aksiyadorlik 
jamiyatida yagona aksiyador sifatida faoliyat yuritadi va yakka 
tartibda qarorlar qabul qiladi. Mazkur amaliyot mamlakatimizdagi 
aksiyadorlik jamiyatlarida ham kuzatiladi; 
- aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalar nazorat paketiga egalik 
qilish. Mazkur holatda davlat yirik aksiyador sifatida maydonga 
chiqadi va birinchi navbatda davlat manfaatlarini ko‘zlab faoliyat 
yuritadi. Ya’ni boshqa aksiyadorlarning qarorlar qabul qilishga 
ta’siri nisbatan past bo‘ladi;
11.1-jadval 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish