O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


-rasm.  Davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   226
 
11.1-rasm.
 Davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro 
moliyaviy munosabatlar guruhlari 
 
Yuqoridagi 1.2-rasmda ko‘rinib turibdiki, davlat va korporativ 
tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlar guruhlariga 
korporativ tuzilmalarning davlat byudjetiga soliqlar to‘lash bilan 
bog‘liq moliyaviy munosabatlar, byudjetdan tashqari maqsadli 
fondalarga majburiy ajratmalarni to‘lash bilan bog‘liq moliyaviy 
munosabatlar, davlat va korporativ xaridlarni amalga oshirish bilan 
bog‘liq moliyaviy munosabatlar, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 
korporativ tuzilmalarni davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish, 
turli xil investitsiyalar kiritish bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlar, 
korporativ tuzilmalar ustav kapitalida davlatning ishtirok etishi 
bilan 
bog‘liq moliyaviy 
munosabatlar, 
qimmatli 
qog‘ozlar 
operatsiyalarini tashkil etish bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlar, 
korporativ tuzilmalar faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish 
bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalar, korporativ tuzilmalarga ayrim 
holatlarda jarima va sanktsiyalar qo‘llash bilan bog‘liq va boshqa 
moliyaviy munosabatlar kiradi. 
Korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar 
tizimini unda davlatning ishtirokiga qarab shartli ravishda ikki 
Davlat va korporativ tuzilmalar 
o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy 
munosabatlar 
Byudjetdan tashari maqsadli 
fondlarga majburiy ajratmalarni 
to‘lash bilan bog‘liq munosabatlar
Korporativ tuzilmalar ustav 
kapitalida ishtirok etish bilan 
bog‘liq moliyaviy munosabatlar
Soliq munosabatlari 
Investitsiya kiritish bilan 
bog‘liq munosabatlar
Faoliyatni litsenziyalash 
va tartibga solish 
Davlat xaridi bilan 
bog‘liq moliyaviy 
munosabatlar 
Davlat byudjetidan 
moliyalashtirish 
Boshqa moliyaviy 
munosabatlar 
Jarima va sanksiyalar 
bilan bog‘liq 
munosabatlar 
Qimmatli qog‘ozlar 
bilan bog‘liq 
munosabatlar 


220 
guruhga ajratishimiz mumkin. Birinchi guruh: davlat ulushiga ega 
korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy 
munosabatlar, ikkinchi guruh: davlat ulushiga ega bo‘lmagan 
korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy 
munosabatlar. 
Davlat ulushiga ega korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi 
o‘zaro moliyaviy munosabatlar tizimining tarkibiy qismi sifatida bir 
tomondan ushbu turdagi korporativ tuzilmalar tomonidan 
davlatning turli darajadagi byudjetlariga soliqlar, majburiy 
ajratmalar, dividendlar va boshqa ko‘rinishdagi mablag‘larning 
yo‘naltirilishi bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlarni, boshqa 
tomondan davlat ushbu turdagi korxonalarning egasi sifatida uning 
taraqqiyoti uchun turli imtiyozlar, byudjetdan turli maqsadlar 
uchun turli ko‘rinishdagi mablag‘lar, xususan, pul mablag‘lari, 
asosiy vositalar, investitsiyalar yo‘naltirish bilan bog‘liq moliyaviy 
munosabatlarni keltirishimiz mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, 
davlat ulushiga ega korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro 
moliyaviy munosabatlar ko‘lami mustaqillik yillarida davlat 
mulkining xususiylashtirilib kelinayotganligi sababli kamayib 
borayotganligi bilan xarakterlanadi. Ushbu ilmiy qarashlarimizning 
birgina tasdig‘i sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2015-yil 24-apreldagi PF-4720 sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarida 
zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoniga muvofiq 2015-yil 1-iyulidan 
aksiyadorlik va boshqa xo‘jalik jamiyatlari nomlarida ularning ustav 
kapitalida davlat ulushidan qat’i nazar “davlat” so‘zidan 
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaslik belgilanganligini keltirishimiz 
mumkin.
Ikkinchi guruhga mansub korporativ tuzilmalar va davlat 
o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlar ham umumiy moliya 
tizimining muhim va ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu 
moliyaviy munosabatlar tizimining asosiy tarkibiy qismi sifatida, 
davlat byudjetiga soliqlar va majburiy ajratmalarning borib tushishi 
va davlat tomonidan korporativ moliya subyektlariga turli imtiyozlar 
taqdim etilishi bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlar kiritiladi. 
Bundan tashqari ushbu moliyaviy munosabatlar tizimiga davlat 
qimmatli qog‘ozlarining oldi-sotdisi, korporativ tuzilmalar taraq-


221 
qiyoti uchun davlat investitsiyalarining kiritilishi, eksport-import 
operatsiyalarida davlatning ishtiroki, valyuta operat-siyalarining 
tartibga solinishi, korporativ tuzilmalar faoliyat va sohalariga 
qonunchilik orqali o‘zgartirishlar, cheklashlar yoki ta’qiqlashlar 
kiritilishi, davlat mulkining ijaraga berilishi yoki xususiylashtirilishi 
kabilar bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlarni ham kiritish 
maqsadga muvofiq. 
Korporativ tuzilma va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy 
munosabatlar tizimining samarali tashkil etilishi, ayniqsa 
korporativ moliya subyektlari tomonidan puxta o‘ylangan 
qarorlarning qabul qilinishi juda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Chunki korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan barcha moliyaviy 
muammolarni hal etishda korporativ tuzilma egalari, davlat 
ulushiga ega korxonalarda esa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
moliyaviy tangliklarni bartaraf etishda korporativ tuzilma egalari 
qatorida davlat ham ishtirok etadi. 
Korporativ tuzilma va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy 
munosabatlar tizimida soliq munosabatlari bozor iqtisodiyoti 
sharoitida muhim ahamiyat kasb etishi bois, korxonalar va davlat 
o‘rtasidagi soliq munosabatlari to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tish 
maqsadga muvofiq. Korxonalar va davlat o‘rtasidagi soliq 
munosabatlari korxonalarda mahsulot (ish, xizmat) sotishdan 
tushumdan tortib, to sof foyda shakllangungacha bo‘lgan oraliqda 
davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarga soliqlar va 
majburiy ajratmalar to‘lanishi bilan xarakterlanadi (11.2-rasm). 
Davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy 
munosabatlarni tadqiq etishda soliqlar va investitsiyalar bilan 
bog‘liq moliyaviy munosabatlarga e’tibor qaratilgan.
Korporativ tuzilma va davlat o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy 
munosabatlar tizimida soliq munosabatlari bozor iqtisodiyoti 
sharoitida muhim ahamiyat kasb etishi bois, soliq munosabatlari 
to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Davlat va 
korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi soliq munosabatlari moliyaviy 
natijalar shakllanishi nuqtayi nazaridan qaralganda korporativ 
tuzilmalarda mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushumdan tortib, to 
sof foyda shakllangungacha bo‘lgan oraliqda davlat byudjeti va 


222 
byudjetdan tashqari fondlarga soliqlar va majburiy ajratmalar 
to‘lanishi bilan xarakterlanadi (2-rasm). 
11.2-rasm.

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish