O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   226
10.2. Minoritar aksiyadorlar va ular
huquqlarini himoya qilish 
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etishi va ovoz 
berishi yig‘ilish kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish 
natijalariga ta’sir o‘tkazmaydigan aksiyalar egalari 
minoritar 
aksiyadorlar
hisoblanadi. 
Minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfa-
atlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda ularning orasidan 
minoritar aksiyadorlarning qo‘mitasi tashkil etilishi mumkin. 
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining tarkibiga nomzodlar bo‘yicha 
takliflar jamiyatga jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar bo‘yicha 
takliflar kiritish uchun nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda 
kiritiladi. 
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining a’zolarini saylashda 
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida hozir bo‘lgan va jamiyat 
kuzatuv kengashiga nomzodlar ko‘rsatmagan yoxud aksiya-
dorlarning o‘tkazilayotgan umumiy yig‘ilishida kuzatuv kengashiga 
nomzodlari saylanmagan aksiyadorlar ishtirok etadi. 
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining tarkibiga jamiyatning 
direktori, boshqaruv a’zolari, shuningdek jamiyatning kuzatuv 
kengashiga va taftish komissiyasiga saylangan shaxslar kirishi 
mumkin emas. 
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining vakolatiga quyidagilar 
kiradi: 
- aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi yoki jamiyatning kuzatuv 
kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritilayotgan yirik bitimlar va 
affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzishga oid masalalar bo‘yicha 
takliflar tayyorlashda ishtirok etish; 
- minoritar aksiyadorlarning o‘z huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib 
chiqish; 
- qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli 
davlat organiga minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida murojaatlar kiritish; 
- qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa 
masalalarni ko‘rib chiqish. 


205 
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining qarorlari oddiy ko‘pchilik 
ovoz bilan qabul qilinadi. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining 
majlislari uning miqdor tarkibiga saylangan shaxslarning kamida 
to‘rtdan uch qismi hozir bo‘lganda vakolatlidir. 
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi a’zolarining soni jamiyat 
ustavida belgilanadi. 
Minoritar aksiyadorlarning qo‘mitasi qabul qilingan qarorlar 
to‘g‘risida har yili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida hisobot 
beradi. 
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining raisi ushbu qo‘mita 
tarkibidan minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining a’zolari tomonidan 
ko‘pchilik ovoz bilan saylanadi. 
Minoritar 
aksiyadorlar 
qo‘mitasining 
raisi 
minoritar 
aksiyadorlar qo‘mitasining vakolat doirasiga kiritilgan barcha 
masalalar bo‘yicha jamiyatning hujjatlaridan foydalanish huquqiga 
ega. 
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining faoliyat ko‘rsatish tartibi 
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat 
organi tomonidan tasdiqlanadi. 
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi jamiyatning xo‘jalik faoliyatiga 
aralashishga haqli emas. O‘z navbatida minoritar aksiyadorlar 
qo‘mitasining faoliyatiga jamiyat kuzatuv kengashining yoki ijroiya 
organining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Qo‘mitaning qarorlari jamiyatning boshqaruv va nazorat 
organlari tomonidan bajarilishi majburiy emas, ushbu Nizomda 
nazarda tutilgan tartibda tegishli hujjatlarni taqdim etish 
to‘g‘risidagi qarorlari bundan mustasno. 
Jamiyatning aksiyadorlariga tegishli bo‘lgan dividendlar 
to‘lanmagan taqdirda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish 
bo‘yicha vakolatli davlat organi mazkur jamiyat aksiyadorining yoki 
qo‘mitaning murojaati asosida sudga jamiyatning zimmasiga ushbu 
jamiyat barcha aksiyadorlariga dividendlar to‘lash majburiyatini 
yuklatish to‘g‘risida da’vo taqdim etishga haqli. Bunday da’voni 
taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. 
Minoritar 
aksiyadorlarning 
huquqlari 
va 
qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda ularning orasidan 
qo‘mita tashkil etilishi mumkin. 


206 
Qo‘mitani tashkil etish mumkinligi jamiyatning ustavida 
nazarda tutilgan bo‘lishi lozim. 
Aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning moliya yili tugaganidan 
keyin o‘ttiz kundan kechiktirmay, agar jamiyat ustavida bundan 
kechroq muddat belgilanmagan bo‘lsa, aksiyadorlarning yillik 
umumiy yig‘ilishi kun tartibiga qo‘mita tarkibiga nomzodlar 
bo‘yicha takliflar ko‘rsatishga haqli. 
Aksiyadorlar 
(aksiyador) 
qo‘mitaga 
o‘zlari 
ko‘rsatgan 
nomzodlar ro‘yxatiga aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi 
o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran uch 
ish kunidan kechiktirmay o‘zgartishlar kiritishga haqli. 
Qo‘mita a’zolarini saylash to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning 
umumiy yig‘ilishi tomonidan bir yil muddatga qabul qilinadi. 
Qo‘mita tarkibiga saylangan shaxslar cheklanmagan tarzda 
qayta saylanishi mumkin. 
Qo‘mitaning a’zolarini saylashda aksiyadorlarning umumiy 
yig‘ilishida hozir bo‘lgan va jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar 
ko‘rsatmagan yoxud aksiyadorlarning o‘tkazilayotgan umumiy 
yig‘ilishida 
kuzatuv 
kengashiga 
nomzodlari 
saylanmagan 
aksiyadorlar ishtirok etadi.
Jamiyat boshqaruvi a’zolari va direktori, shuningdek jamiyat 
kuzatuv kengashi hamda, taftish komissiyasi a’zolari (taftishchisi) 
jamiyatning qo‘mita a’zolari tarkibiga kiritilishi mumkin emas. 
Qo‘mita a’zolarining soni jamiyat ustavi bilan belgilanib, uch 
kishidan kam bo‘lmasligi, shuningdek umumiy soni toq sondan 
iborat bo‘lishi lozim. 
Qo‘mitaning raisi ushbu qo‘mita tarkibidan uning a’zolari 
tomonidan ko‘pchilik ovoz bilan saylanadi. 
Qo‘mita faoliyatini tashkil etish maqsadida jamiyat ijroiya 
organi rahbari qo‘mita a’zolariga ish joyini, kompyuter uskunasini, 
seyfni, telefon yoki faksimil aloqasini ajratgan tarzda zarur mehnat 
sharoitini yaratib berishi shart. 
Qo‘mitaning vakolatiga quyidagilar kiradi: 
- aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi yoki jamiyatning kuzatuv 
kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritilayotgan yirik bitimlar va 
affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzishga oid masalalar bo‘yicha 
takliflar tayyorlashda ishtirok etish; 


207 
- minoritar aksiyadorlarning o‘z huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib 
chiqish; 
- qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli 
davlat organiga minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida murojaatlar kiritish; 
- qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa 
masalalarni ko‘rib chiqish. 
Qo‘mitaning majlislari muntazam ravishda o‘tkaziladi va 
qo‘mitaning tarkibiga saylangan shaxslarning kamida to‘rtdan uch 
qismi hozir bo‘lganda vakolatlidir. 
Qo‘mita raisi qo‘mita qarorida kuni va vaqtini belgilagan tarzda 
minoritar aksiyadorlarni haftalik qabulini tashkil etishi lozim. 
Qo‘mita qarorlari oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va 
yig‘ilishda ishtirok etuvchi barcha qo‘mita a’zolari tomonidan 
imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 
Qo‘mitaning bir a’zosi o‘z ovozini shu qo‘mitaning boshqa bir 
a’zosiga berishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Qo‘mita raisi qo‘mitaning vakolati doirasiga kiritilgan barcha 
masalalar bo‘yicha jamiyatning ma’lumot va hujjatlaridan, shu 
jumladan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining), 
auditorlik tashkilotining xulosalari va hisobotlari, nazorat qiluvchi 
davlat organlarining tekshirish dalolatnomalari, jamiyatga va uning 
mansabdor shaxslariga nisbatan chiqarilgan sud qarorlaridan, 
shuningdek affillangan shaxslar bilan nazarda tutilgan bitimlarni 
jamiyatning ijroiya organi va ichki audit xizmati tomonidan 
o‘rganish bo‘yicha bayonnomalaridan erkin foydalanish huquqiga 
ega.
Qo‘mita vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hujjatlarni 
olish to‘g‘risidagi qo‘mita raisining so‘rovnomalari yozma ravishda 
rasmiylashtirilgan holda jamiyat ijroiya organiga taqdim etiladi. 
Jamiyatning ijroiya organi qo‘mita raisi tomonidan so‘ralgan 
hujjatlarni yoki ularning nusxalarini 10 kun ichida yoxud 
so‘rovnomada ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmagan tarzda 
taqdim etishi shart. 
Qabul qilinib olingan hujjatlar qo‘mita raisi va a’zolari 
tomonidan faqatgina xizmat maqsadlarida foydalanilishi mumkin. 


208 
Qo‘mita a’zolari jamiyat yoki uning faoliyati to‘g‘risidagi 
xizmat, tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni 
tashkil etuvchi axborotni oshkor qilishga haqli emas. 
Qo‘mita o‘zining vakolatiga kirgan masalalar bo‘yicha qabul 
qilingan qarorlar to‘g‘risida har yili aksiyadorlarning umumiy 
yig‘ilishida hisobot beradi. 
Qo‘mita jamiyatning xo‘jalik faoliyatiga aralashishga haqli 
emas. 
Qo‘mitaning faoliyatiga jamiyat kuzatuv kengashining yoki 
ijroiya organining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish