O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


Aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   226
10.3.
Aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish 
Davlat aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga 
rioya etilishini kafolatlaydi. 
Jamiyatning xo‘jalik faoliyatiga va boshqa faoliyatiga davlat 
organlarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat organlarining 
qonunga xilof harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi 
mumkin. 
Davlat aksiyador sifatida boshqa aksiyadorlar bilan bir 
qatorda milliy qonunchilikda belgilangan teng huquq va 
majburiyatlarga ega bo‘ladi. 
Aksiyadorlarning huquqlari: 
milliy qonunchilikda belgilangan va jamiyat ustavida nazarda 
tutilgan majburiyatlarni bajarish orqali jamiyatning boshqaruv 
organlari; 
– qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari va 
fond birjalari; 
– qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining 
ixtiyoriy birlashmalari; 
– sug‘urta tashkilotlari; 
– qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli 
davlat organi; 
– auditorlik tashkilotlari; 
– huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya 
qilinadi. 


209 
Aksiyadorlar va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa 
ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal 
etiladi. 
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish: 
– huquqni tan olish; 
– huquq buzilguniga qadar mavjud bo‘lgan holatni tiklash va 
huquqni buzuvchi yoki huquqning buzilishi tahdidini yuzaga 
keltiruvchi xatti-harakatlarning oldini olish; 
– bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi 
oqibatlarini qo‘llash; 
– huquqini o‘zi himoya qilish; 
– majburiyatni natura holida ijro etishga qaror qilish; 
– zararlarning o‘rnini qoplatish; 
– neustoyka undirish; 
– ma’naviy zararni kompensatsiya qilish; 
huquqiy munosabatlarni tugatish yoki o‘zgartirish orqali 
amalga oshiriladi. 
Aksiyadorlar o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilish uchun ixtiyoriy asosda birlashmalarga uyushishga haqlidir. 
Jamiyatning aksiyadorlariga tegishli bo‘lgan dividendlar 
to‘lanmagan taqdirda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish 
bo‘yicha vakolatli davlat organi mazkur jamiyat aksiyadorining yoki 
minoritar aksiyadorlari qo‘mitasining murojaati asosida sudga 
jamiyatning zimmasiga ushbu jamiyat aksiyadorlariga dividendlar 
to‘lash majburiyatini yuklatish to‘g‘risida da’vo taqdim etishga 
haqli. Bunday da’voni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi qonun 
hujjatlarida belgilanadi. 
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlariga 
muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. 
Aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotgan davlat tashkiloti 
mehnat jamoasi a’zolarining aksiyalarni olishga bo‘lgan huquqlarini 
himoya qilish qonun hujjatlari bilan kafolatlanadi. Bunda mehnat 
jamoasining a’zolariga realizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan aksiyalar 
soni har bir alohida holatda davlat mulkini tasarruf etishga 
vakolatli bo‘lgan organ tomonidan belgilanadi. 
Aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta 
tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning 


210 
huquqlarini himoya qilish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda hal etiladi. 
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini 
himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganda aybdor 
shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 
Bizga ma’lumki, Jahon Banki guruhi har yili dunyo bo‘yicha 
“Biznes yuritish” hisobotini e’lon qilib boradi. Mamlakatlarning 
biznes yuritish bo‘yicha reytinglarini aniqlashda minoritar 
aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish holatini ham hisobga oladi 
va hisobotda aks ettiradi. Mazkur amaliyot ham o‘z-o‘zidan 
minoritar aksiyadorlarni himoya qilish masalasiga har bir davlatda 
jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi. Chunki minoritar aksiyadorlar 
huquqlari ta’minlangan holatdagina investorlarning aksiyadorlik 
kompaniyalari faoliyatiga kirib kelishi jadallashadi. 
Jahon banki guruhi tomonidan minoritar aksiyadorlar 
huquqlarini himoya qilish bo‘yicha reytingni aniqlashda quyidagi 
ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratiladi
49

10.1-rasm. 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish