Payroll Mate - Bu dastur ishchi va xodimlarning daromadlari asosida barcha soliqlar va soliqli to’lovlarni xisoblab beradi
Tax Brackets Calculator – bu dastur daromad oluvchi jismoniy shaxslarning daromadidan soliqni xisoblaydi
Profit Loss Report – Ushbu dastur korxonadagi taxminiy daromadlarni oldindan xisoblab, undan barcha soliqlarni avtomatik ravishda xisoblaydi va bu xaqda rahbarlarni ogohlantirishga imkon beradi.
Gaznachilik faoliyatida axborot texnologiyalarini qo‘llash asoslari. Davlat g’aznachilik orginlarining axborot majmuasini yaratishdan asosiy maqsad davlat byudjet ijrosi samaradorligini sezilarli oshirish hisoblanadi. Bu Davlat g’aznachilik orginlariga cheklangan personal bilan tizim oldiga qo’yilgan vazifalarning jami hajmini aniq, samarali va tezkor hal etishga imkon beradi.
- Davlat byudjet daromadlarining aniq va tezkor hisobi;
- Davlat byudjet, Davlat sub’ektlari byudjeti va barcha darajadagi mahalliy byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabat;
- Davlat byudjet mablag’larini yakuniy oluvchigacha aniq va tez etkazish;
- byudjet mablag’laridan oqilona va maqsadli foydalanish ustidan joriy to’liq tezkor va kesik nazorat;
- davlat byudjeti ijrosini tezkor va ob’ektiv tahlili va daromad tushishi hamda ixtiyoriy berilgan davr uchun harajatlarni prognozlash;
- davlat ichki qarzlari va boshqalarni boshqarish va unga xizmat ko’rsatish.
G’aznachilikda axborot texnalogiyalarini tashkil etishning ikki sxemasi mavjud:
- davlat byudjeti mablag’larini oluvchilarning shaxsiy hisoblarini va O’zR banki yoki uning vakolatli agentlari xarajatlarining yagona joriy hisobi bilan hisob-kitolarni yuritish bilan;
- mintaqada yagona samarali qimmatli qog’ozlar bozori va bunday bozorning markaziy registrator, depozitariy, hisob-kitob-kliring markazini tashkil etish va O’zR Moliya vazirligi topshirig’iga ko’ra mintaqaviy qimmatli qog’ozlar bozorida davlat qimmatli qozozlar emitenti funktsiyasini bajarish.
G’aznachilik orginning avtomailashtirilgan asosiy maqsadlariga uni shakllantirish jaryonida qator talablarni bajarish bilan erishish mumkin:
-Davlat byudjeti ijrosiga xizmat qiluvchi axborot tizimi detallashuv darajasi bo’yicha hisoblar rejasi tuzilmasi bilan muqobil bo’lgan avtomatlashtirilgan buxgalterlik hisobi bazasida qurilishi lozim. Davlat byudjeti ijrosining buxgalterlik hisobi byudjet tasnifining jami maqyosida, jumladan, byudjet mablag’larini yakuniy oluvchilari kesimida analitik jihatdan olib borilishi lozim. Bunday tamoyil axborot majmuining hisob registirida davlat byudjetining ixtiyoriy darajadagi faktni holatini operativ va ishonchli aks ettirishga imkon beradi.
-G’aznachilikning axborot tizimi an’anaviy bank operatsiyalari bilan bo’lgani kabi elektron bank hisob-kitoblari tizimi bilan ham ishlashga moslashtirilgan bo’lishi lozim.
G’aznachilikning avtomatlashgan axborot tizimi uchun sanab o’tilgan talablardan va bu tizimni qurish shartlaridan kelib chiqib, avtomatlashgan axborot texnalogiyalarining ikki arxitekturasi foydalaniladi.
1.“Terminal”– yuqori mahsuldor meynfreym (mainframe) markazlashgan hisoblash majmuasi va lokal hamda masofaviy, jumladan, intellektual terminallar tizimini qo’lalsh asosida.
2.“Mijoz-server” – bo’lim, tashkilotlar ko’lamidagi lokal hisoblash tarmoqlarida ma’lumotlar bazasi bilan jamoaviy yuqori mahsuldor mehnatni tashkil etish asosida.