O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti raximov shavkat turdimurodovich



Download 3,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/78
Sana19.04.2022
Hajmi3,99 Mb.
#562466
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   78
Bog'liq
Beton va temir beton

 
Nazorat uchun savollar: 
1. Qurilish qorishmalarni ishlab chiqarish uchun qanday asbob – uskunalar 
ishlatiladi? 
2. Qorishma nasoslaridan qanday foydalaniladi? 
3. Qorishma haydagichlar va kompressorlarning ishlash prinsipini tushuntiring. 
 
 
3.6. Qurilish qorishmalarni ishlatish joylari.
Qurilish qorishmalarini ishlab chiqarishda sifat nazorati 
Silikatbeton qorishma tayyorlash 
Ohak – kremnezemli bog‘lovchining olinishi silikatbeton qorishma 
tayyorlanishining o‘ziga xos xususiyatidan iborat. Gidratli va qaynama 
bog‘lovchilarni ishlab chiqarishni ikki texnologik sxemasi keng tarqalgan, ular 
bir-biridan ohakning gidratatsiya sharoiti bilan farqlanadi.


158 
Birinchi holatda ohak – kremnezemli bog‘lovchi oldindan so‘ndirilgan 
ohakda tayyorlanadi, ikkinchida — so‘ndirilmagan ohakning gidratsion qotish 
effektidan foydalaniladi, bunda yangi qoliplangan mahsulot mustahkamligi va 
qotishdagi keyingi jarayonlar uchun qulay sharoit yaratilishi ta'minlanadi. 
Qaynama sxemasining kamchiliklari: bog‘lovchining suvga talabining 
yuqoriligi, uzoq muddatga saqlash va transportga ortib bo‘lmasligi, sanitar-
gigienik sharoitlarining yomonlashishi, shuningdek o‘ta kuygan ohakni kechikib 
so‘nganligi sababli beton strukturasini qaytarilmas buzilish imkoniyati. Gidrat 
sxemasi o‘ta kuyish havfini bartaraf qiladi. Gidrat sxemasi bilan olingan ohak-
kremnezemli bog‘lovchi, uzoq muddat saqlanishi va katta masofaga transportda 
jo‘natilishi mumkin, bunda aktivligi yo‘qolmaydi. Gidrat sxemasining 
kamchiliklari: ohakni oldindan gidratatsiyalash va qumni quritish, ohakni 
so‘ndirishda va mahsulotning avtoklavda qizdirishda yuqori darajadagi miqdorda 
bug‘ning talab qilinishi. 
Silikat beton tayyorlashda ohak – kremnizemlidan tashqari klinkersiz 
bog‘lovchilar ishlatiladi: ohak-shlakli; ohak putssolanli va ohak-kulli sementlar. 
Ko‘pchilik korhonalarda ohakni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z joyida tayyorlanadi. 
Bo‘lakli ohak maxsus ohak tayyorlaydigan zavodlardan temir yo‘l vagonlarida 
keltiriladi. Ohakni lentali konveyer va elevator yordamida silosli omborga 
tushuriladi. Bo‘lakli ohaklarni saqlash uchun temir-betondan 100 t sig‘imli 
siloslar tayyorlanadi. Ularni konus asosli tarnovli ta'minlovchilar bilan tushirib 
olinadi va lentali konveyer sistemasi yordamida maydalashga jo‘natiladi, u yerda 
avval mayda bo‘laklarga bo‘linadi, keyin bolg‘ali maydalagich va trubali 
tegirmonda yanchiladi. 
Kvars qumi silikat beton ishlab chiqarishda zarur bo‘lib, avval omborga
tushiriladi, u yerdan qabul bunkerlariga ortiladi va quritiladi. Ombor bunkerlari 
perimetri bo‘yicha bug‘ registrlari bilan jihozlangan bo‘lib, qumni yoz faslida 
quritish, qishda esa bo‘laklarning yaxini eritiladi. Ishlab chiqarishga qumni 
berishdan avval katta toshli va mayda fraksiyalardan tozalanadi.


159 
Ohak-kremnezemli bog‘lovchi olishda qum va ohak sinchkovlik bilan 
miqdorlanadi, uzluksiz harakatdagi qoruvchida aralashtirilib, lentali konveyer 
sistemasi bilan tegirmon ustidagi bunkerga uzatiladi, u yerdan trubali tegirmonga 
yanchish uchun ta'minlovchilar yordamida yetkaziladi. Shuningdek, ikki 
bosqichni o‘z ichiga olgan ikki pog‘onali usul qo‘llaniladi. Birinchi bosqichda 
qumni alohida maydalash ma'lum dispersli (mayda zarralarga bo‘lib) darajasiga 
yetguncha olib boriladi. Bunda ohakni yanchish jarayonidagi amortizatsiyalovchi 
ta'siriga yo‘l qo‘yilmaydi. Ikkinchi bosqichda bir turdagi qorishma olinguncha 
birga aralashtiriladi (3.34-rasm). 

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish