O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti raximov shavkat turdimurodovich


-jadval  Betonni qotishni o‘rtacha hisobli



Download 3,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/78
Sana19.04.2022
Hajmi3,99 Mb.
#562466
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   78
Bog'liq
Beton va temir beton

2.5-jadval 
Betonni qotishni o‘rtacha hisobli 
harorati 
Sement massasidan (%) 
 quruq modda bo‘yicha qo‘shimchani 
miqdori 
10 
0
С 
1,0 - 2,0 
10 
0
С dan 15 
0
С gachan 
2,0 - 3,0 
15 
0
С dan 20 
0
С gachan 
3,0 - 4,0 
 
 
 
Nazorat uchun savollar: 
1.Qurilish qorishmalarni tayyorlash uchun qanday materiallar qo‘llaniladi? 
2.Qurilish qorishmalari uchun qanday mineral va kimyoviy qo‘shimchalardan 
foydalaniladi? 


81 
3.Bino devorlarini g‘isht va yig‘ma elementlar asosida qurish qanday amalga 
oshiriladi?
4. Qurilish ishlarini qishki faslda tashkil etishni tushuntiring. 
 
 
2.3. Shpaklyovka aralashmalari. Gips bog‘lovchi asosida shpaklyovka 
qorishmalari
 
Shpaklyovka aralashmalari va shpaklyovka qavatini o‘rnatish ishlari 
Shpaklyovka ishlarini bajarish uchun yuzalar tozalanadi, silliqlanadi, 
undagi yoriqlar to‘ldiriladi, aliflanadi, yopasiga shpaklyovkalanadi va yana bir 
borib silliqlanib chiqiladi.
Yangi suvalgan yuzani suvashga tayyorlashda chang, iflosliklar, suvoqning 
oqib chiqqan joylari tozalanadi. Bunda yog‘och brusokning yon tomoni bilan
yuza aylanma harakat kilib silliqlanadi yoki jilvir kog‘oli maxsus moslamadan 
foydalanadi. Ortiqcha joylar shpatel yoki kirg‘ich yordamida ko‘chirib tashlanadi. 
Surtiladigan aralashma yaxshi joyga ishlash uchun yoriklarni shpatel va maxsus 
pichok bilan 45
0
burchak ostida qirqiladi, 2-3 mm li chuqurlikda o‘yiladi. Moyli 
bo‘yoq bilan bo‘yaladigan yuza alif moyida gruntlanadi. yelimli bo‘yoq 
surtiladigan yuzadagi yoriqlarni to‘ldirishda gips – bo‘r yoki gips yelim 
qorishmasi ishlatiladi. Yuzani sifatli bo‘lishi uchun ikkinchi marta shpaklyovka-
lanadi va silliqlanadi. Shpaklyovkali to‘ldirilgan yoriqlar qurigandan so‘ng 
boshlanadi. yelimli shpaklyovka tabiiy yelim ( 5 % eritmasi ) – 1 l, alif moyi 
(oksol ) – 50 g, xujalik sovuni – 20 g, bo‘r – kerakli quyuqlikka kelguncha. 
Moyli shpaklyovka – oksol alif moyi – 1 kg, erituvchi – 100 g, sikkatav – 
100 g, xayvonit yelimi ( 10% li eritmasi ) – 0.2 g, xo‘jalik sovuni – 20 g, maydalab 
elangan bo‘r kerakli quyuqlikka kelguncha solinadi. 
Bunday shpaklyovka tayyorlash uchun alif moyi erituvchi va sikkativ bilan 
aralashtiriladi. Bu aralashmaga alohida tayyorlangan sovun-yelimli eritmani tez 
aralashtirgan holda quyiladi, so‘ng bo‘rni ezib qo‘shib qorishtirib kerakli 
quyuqlikdagi shpaklyovka hosil qilinadi.


82 
Shpaklyovkani birinchi qavati 1-1.5 mm da yogoch shpatel yordamida 
surtiladi.Shpatelni yuzaga nisbatan 10-15 gradus burchakda ushlanadi va bir 
paytda ikkinchi qo‘l bilan ustidan bosib yurgiziladi. Avval shpatel gorizontaliga 
yurgizilsa, ikkinchi martada unga perpendikulyar holda harakatlantiriladi.
Shpaklyovkaning birinchi qatlam qurigach silliqlanadi va yelimli bo‘yoq 
surtiladigan bo‘lsa kuporosli grunt tarkibi (bo‘rsiz) bilan ishlov beriladi. Agar 
moyli bo‘yoq surtiladigan bo‘lsa shpaklyovkadan so‘ng gruntlash shart emas. 
Shpaklyovkaning ikkinchi qatlami 0.5 mm qalinlikda yuqoridagi usulda metall 
shpatel bilan bajariladi 
Shpaklyovka shpatel bilan qo‘lda surtish ancha sermehnatli jarayon 
hisoblanadi. Ish unumini oshirish uchun andavaga rezinadan tig‘ hosil qilib 
surtish foydalidir. Yuzani tekislash uchun rezinali shpateldan ham foydalaniladi. 
Ikkinchi shpaklyovkadan so‘ng yana yuza silliqlanadi va gruntlanadi. 
Zamonaviy quruq qurilish qorishmalari 
Quruq qurilish qorishmalari (QQQ) kompozitsion sistemani tashkil qilib, 
ko‘p funksional vazifaga ega bo‘lgan quruq komponentlardan tashkil topgan 
bo‘ladi. QQQ ning asosiy tashkil qiluvchilari quyidagilar: mineral bog‘lovchi 
moddalar, to‘ldirgichlar, mikroto‘ldirgichlar, modifikatsiyalovchi va 
plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalar. 
Quruq qurilish qorishmalari (QQQ) ko‘p komponentli bo‘lishiga 
qaramasdan belgilangan markani olishni kafolatlovchi doimiy takibga ega 
bo‘ladi. Ularning tarkibida berilgan vaqt va harorat rejimida ishlashga imkoniyat 
beruvchi plastifikatsiyalovchi, gidrofoblovchi, suv ushlab qoluvchi va boshqa 
turdagi qo‘shimchalar mavjud bo‘ladi. Quruq qurilish qorishmalaridan 
foydalanish kerakli ish xajmi uchun zarur bo‘lgan ishchi qorishma porsiyasini 
tayyorlash imkoniyatlarini beradi. Bunda mexanizatsiyalash darajasi oshadi, 
ishchilarning soni kamayadi, tashqi muhitga zararli ta'sir ko‘rsatuvchi omillar 
kamayadi. 
Mineral bog‘lovchi moddalar sifatida ko‘pincha sement, ohak, gips 
ishlatiladi. To‘ldirgichlar sifatida esa ko‘pincha maksimal yirikligi 2,5 mm gacha 


83 
bo‘lgan tabiiy kvarsli qumlar va fraksiyalarga ajratilgan maydalangan bazaltli, 
ohaktoshli, marmarli qumlar qo‘llaniladi. Mikroto‘ldirgichlar sifatida kukun yoki 
chang ko‘rinishidagi andezit, dolomit va boshqa mineral moddalar ishlatiladi. 
Ushbu maqsadlar uchun faol texnogen chiqindilar: maydalangan shlak, uchirma-
kul, mikrokremnezem ishlatilishi mumkin. Barcha dispers mikroto‘ldirgichlar 
donasining maksimal o‘lchami 100 mkm dan oshmasligi lozim. 
QQQ larda aloxida rol qo‘shimchalarga beriladi. Dunyo miqyosida QQQ 
larni ishlab chiqarishning rivojlanishi avvalom bor qurilishdagi pardozlash va 
maxsus ishlarni bajarishda mehnat unumdorligini oshirish, ishlarning sifatini 
yaxshilash zaruriyati bilan bog‘liq hisoblanadi. 
Qurilish materiallari bozorida mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan taklif qilinuvchi QQQ larning keng ko‘lamli assortimenti mavjud.
QQ ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi xorijiy firmalar quyidagilar: 
“Knauf”, ”Babkok-BSKH”, “Sakret-Zentrale”, “Simpelkamp”, “PCI” 
(Germaniya), “Sika AG” (Shvetsiya), “Lohja”, “Fexima” “Raute Dry Mix”, 
«Partek» (Finlyandiya), “Serett”, “Super Carocol” (Fransiya) va boshqalar. 
«Watcher KG» firmasi turli tarkibga ega bo‘lgan QQQ larning 11 xilini ishlab 
chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Ular g‘isht va beton sirtlar ustidan suvoq qoplamalrini 
bajarish uchun mo‘ljallangan. Ushbu QQQlar asosida tayyorlangan qorishmalar 
o‘ta mustahkamligi, asos bilan adgeziyasi yuqoriligi, qotishining tezkorligi bilan 
ajralib turadi. 
“Raute Dry Mix” firmasining QQQ lari uy-joy qurilishining barcha 
sohalarida ichki va tashqi pardozlash ishlarini bajarish uchun muvaffaqiyatli 
qo‘llanilib kelmoqda. Ushbu QQQ lar asosida tayyorlangan qorishmalarning 
o‘ziga xosligi ularning tarkibidagi qumning donadorligi ratsional nisbatda 
tanlanganligi tufayli o‘ta kichik kirishishga ega bo‘lishi hisoblanadi. 
Finlyandiyaning «Partek» firmasi fraksiyasi 0,3 – 1,0 mm bo‘lgan 
ohaktoshli mikroto‘ldirgich qo‘shilgan quruq suvoq qorishmalarining 4 ta navini 
ishlab chiqaradi. Tarkibidagi maxsus qo‘shimchalari hisobiga ushbu quruq 
qorishmalar asosida tayyorlangan suvoqlar qotganidan so‘ng yuqori gidrofoblik 


84 
xususiyatlarini namoyon qiladi. Shu tufayli ular namligi yuqori bo‘lgan xonalarda 
ham qo‘llanilishi mumkin. 
Qurilish materiallari bozorida «KNAUF» (Germaniya) firmasining QQQ 
eng katta talab qozongan. Sanoat binolarining ichki suvog‘i uchun ko‘proq 
sement asosidagi QQQ dan foydalaniladi. «KNAUF» firmasining sement 
asosidagi barcha QQQ lari modifikatsiyalovchi qo‘shimchalarga ega. Shu tufayli 
ulardan tayyorlangan qorishmalar yuqori darajadagi texnologiyaga oid 
xususiyatlarga, qotib qolgan qorishma esa yuqori darajadagi mustahkamlikka ega 
bo‘ladi. Vazifasiga ko‘ra QQQlar quyidagi turlarga bo‘linadi (2.6-jadval). 

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish