O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti raximov shavkat turdimurodovich



Download 3,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/78
Sana19.04.2022
Hajmi3,99 Mb.
#562466
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78
Bog'liq
Beton va temir beton

 
 


32 
Pardozlash qorishmalari 
Pardozlash qorishmalari sementlar, ohak, gips, sement-ohak, ohak-gips, 
gipssementpuststolan va boshqa bog‘lovchilar asosida tayyorlanadi. Pardozlash 
qorishmalari ikki asosiy turga: odatdagi suvoq qorishmalari va manzarali 
qorishmalarga bo‘linadi. Ishlatilish sohasiga ko‘ra suvoq qorishmalari tashqi 
suvoq va ichki suvoq qorishmalariga bo‘linadi. 
G‘isht-tosh va beton asosida qurilgan bino va inshootlarni tashqi tomondan 
suvash uchun sementli, sement-ohakli qorishmalar ishlatiladi. Quruq issiq iqlim 
sharoitida yog‘och yuzalarni suvashda ohak-gipsli qorishmalar ishlatilishi 
mumkin. Doimo nam va suv ta’sir etadigan binolarning stokol, karniz va boshqa 
qismlarida tarkibiga gidrofob moddalar qo‘shilgan sementli va sement-ohakli 
qorishmalar ishlatish maqsadga muvofiqdir. 
Xonalar havosining nisbiy namligi 60% gacha bo‘lganda binolar ichki 
devorlari va qavatlararo yopmalarni suvash uchun ohakli, gipsli, ohak-gipsli va 
sement-ohakli qorishmalar ishlatiladi. Suvoq qorishmalarining harakatchanligi 
standart konusning cho‘kishi chuqurligi bilan aniqlanadi. 
Mexanizastiyalashtirilgan usulda suvashda ichki qatlam uchun qorishma 
harakatchanligi 6-10 sm ni, qo‘l bilan suvashda esa 8-12 sm tashkil etadi. Bunda 
qumning eng yirik donasi 2,5 mm oshmasligi kerak. Pardozlash qatlamining 
harakatchanligi 8-12 sm bo‘lishi kerak. Bu qorishmalarda qumning eng yirik 
donasi 1,25 mm bo‘ladi. 
Manzarali qorishmalar binolarni tashqi va ichki tomondan bezashga 
mo‘ljallangan. Manzarali qorishmalar asosida devor panellari va yirik bloklarning 
sirtqi yuzalarini zavodning o‘zida pardozlash, shuningdek qurilish maydonlarida 
bino fasadlarini pardozlash mumkin. Turarjoy va jamoat binolarining ichki 
devorlarini pardozlashda ham manzarali qorishmalar ishlatiladi. 
Manzarali qorishmalar olishda bog‘lovchi sifatida oq, rangli va oddiy 
portlandsementlar, binolarning ichki devorlari uchun esa ohak va gips ishlatiladi. 
Manzarali qorishmalar tayyorlashda mayda to‘ldirgich sifatida toza kvarst 
qumlari, granit, marmar, ohaktosh, xarsangtosh va boshqa oq va rangli tog‘ 


33 
jinslarini maydalab olingan qum ishlatiladi. Manzarali qorishma tarkibiga bezash 
faolligini oshirish maqsadida ozgina miqdorda slyuda, vermikulit, perlit, shisha 
maydasi kiritiladi. Ichki bezakda pardoz qatlamiga dekorativ ko‘rinish berish 
uchun rangli polimer donachalar ham qo‘shilishi mumkin. 
Manzarali qorishmalarga rang berish uchun ishqor muhitiga chidamli va 
quyosh nuriga bardoshli tabiiy va sun’iy pigmentlar (lazur, 
ultramarin,oxra,temirli surik, mo‘miyo va boshq.) ishlatiladi. Temirbeton 
panellarni pardozlash uchun kamida 150 markali, engil betonlardan tayyorlangan 
panellarni pardozlash hamda binolarning fasadlarni suvash uchun 50 markali 
qorishmalar ishlatiladi. Manzarali qorishmalarning sovuqqa chidamliligi kamida 
M35 markada bo‘lishi kerak. Qorishmaning massa bo‘yicha suv shimuvchanligi 
8% oshmasligi zarur. Yirik panellar va bloklarni zavodda manzarali qorishmalar 
asosida fakturali ishlanishi tavsiya etiladi. 
Mahsus qorishmalar 
Gidroizolyatstion qorishmalar. 
Gidroizolyatstion qorishmalar odatda 
portlandsement, sulfat muhitiga chidamli sement, gidrofob sement va 
kengayuvchi sement asosida tayyorlanadi. Ularning tarkibiga 1:2,5 yoki 1:3,5 
(sement:qum, massasi bo‘yicha) bo‘lib, suv o‘tkazmaslik xususiyatini yanada 
yaxshilash uchun tarkibiga har xil zichlashtiruvchi moddalar (natriy alyuminati, 
xlorli temir, bitum emulsiyasi, polimerlar, latekslar va boshq.) kiritiladi. 
Gidroizolyatstion qorishmalar doimo nam, suv yoki agressiv muhitlar ta’sirida 
bo‘ladigan bino va inshootlarning qismlarini, yuzalarini suvashda ishlatiladi. 
In’eksion qorishmalar. 
In’eksion qorishmalar armaturasi avvaldan 
taranglanadigan temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda armaturani 
korroziyadan himoyalash maqsadida kanallarni to‘ldirish uchun ishlatiladi. Ular 
sement xamiri yoki sement-qum aralashmasi sifatida tayyorlangan pasta holatida 
bo‘lishi mumkin. Mayda to‘ldirgich sifatida yiriklik moduli eng kichik, yuvilgan 
kvarst qumi ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Mineral bog‘lovchi sifatida M400 va undan yuqori markali portlandsement 
ishlatiladi. Sementning sarfi 1 m
3
qorishma uchun 1100-1400 kg va 1 m
3
sement 


34 
xamiri uchun 1300-1600 kg bo‘lishi kerak. In’eksion qorishmaning siqilishga 
mustahkamligi bo‘yicha markasi kamida 300 bo‘ladi. Qorishma aralashmasining 
qovushoqligini kamaytirish uchun tarkibiga milonaft kabi sirtaktiv moddalar va
C-3 singari superplastifikatorlar (0,1-1%, massasi bo‘yicha) kiritish tavsiya 
etiladi. 
Akustik qorishmalar.
Tovush yutuvchi suvoqlar tayyorlashda va aks sado 
hosil bo‘lmaydigan xonalarni suvashda akustik qorishmalar ishlatiladi. Mineral 
bog‘lovchi sifatida portlandsement, shlakli portlandsement, ohak, gips, ular 
asosidagi aralash bog‘lovchilar va kaustik magnezit ishlatiladi. Mayda 
to‘ldiruvchi sifatida ko‘pchitilgan perlit, pemza, keramzit va shu kabi g‘ovak 
materiallardan olingan, yirikligi 3-5 mm bo‘lgan bir frakstiyali qumlar ishlatiladi. 
Qorishmalarning o‘rtacha zichligi 600-1200 kg
/
m
3
bo‘lib, ochiq g‘ovakli 
strukturaga ega bo‘ladi. 
Tamponaj qorishmalar.
Neft va gaz quduqlarini, tonnellarni 
gidroizolyatstiya qilishda, tog‘ jinslari yoriqlari va bo‘shliqlarini to‘ldirishda va 
boshqa joylarda tamponaj qorishmalar ishlatiladi. Bu qorishmalarni tayyorlashda 
mahsus tamponaj portlandsementi, agressiv muhitlarda esa sulfat muhitiga 
bardoshli portlandsement ishlatiladi. Tamponaj qorishmalar juda tez qotuvchanlik 
xususiyatiga ega. 
Rentgen nurlaridan himoyalovchi qorishmalar. 
Ular barit qumi asosida 
tayyorlanadi. Mineral bog‘lovchi sifatida portlandsement va shlakli 
portlandsement ishlatiladi. Qorishma tarkibiga litiy, bor, kadmiy kabi engil 
elementlar qo‘shimcha sifatida kiritiladi. Barit qumining eng yirik donasi 1,25 
mm katta bo‘lmasligi kerak. Qorishmaning o‘rtacha zichligi 2200 kg
/
m
3
atrofida 
bo‘ladi. Ular rentgen kabinalari va boshqa mahsus binolar devorlari va shiplarini 
suvashda ishlatiladi. 

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish