O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti raximov shavkat turdimurodovich


« FREM C-3» qo‘shimchasi qurilish  qorishmalari olishda ishlatiladi. 3.8-jadval



Download 3,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/78
Sana19.04.2022
Hajmi3,99 Mb.
#562466
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
Bog'liq
Beton va temir beton

«
FREM C-3» qo‘shimchasi qurilish 
qorishmalari olishda ishlatiladi.
3.8-jadval 
«
FREM C-3» qo‘shimchasining texnik tasnifi
 
Ko‘rsatkichlarining 
nomlanishi 
Texnik tasnifi 
“FREM C-3” 
Tashqi ko‘rinishi 
to‘q jigarrang suyuqlik, 
cho‘kmaga ruxsat etiladi 
och jigarrang kukun va och 
rangli granulalar 
aralashmasi
20 °S dagi zichligi /to‘kma 
zichligi, g/sm
3
1,19 ± 0,03 
0,70 ± 0,02 
Quruq moddaning massa 
ulushi, % 
34 ± 2 
96 ± 2 
Vodorod ko‘rsatkichi, 
rN birligida 
7,0 ± 0,5 
Cl
-1
ionlar miqdori, % quruq 
modda massasiga nisbatan 
0,1 dan ko‘p emas 
 
«FREM C-3» mo‘ljallangan: 
- asosiy ishlatilish sohasi: monolit konstruksiyalarni tiklash va tovar 
betonlar ishlab chiqarishda; barcha turdagi monolit, beton va yig‘ma temir-beton 
buyumlari va konstruksiyalarida, og‘ir va mayda donadorli beton asosidagi 
konstruksiyalarda va turli qurilish qorishmalarida; g‘ovak to‘ldiruvchilar asosida 
yengil betonlar ishlab chiqarishda; issiqlik-namlik ishlovi beriladigan hamda 
berilmaydigan yig‘ma beton va temir-beton buyumlarini ishlab chiqarishda. 
 
Xossalari: 
- yuqori texnologik ishlab chiqarishga imkoniyat beradi; 


131 
- suv-sement nisbatini kamaytirish orqali beton qorishmasining qulay 
joylashuvchanligini ta'minlaydi; 
- suv miqdorini kamaytirish xususiyatini ta'minlaydi, sementni iqtisod 
qilish, hamda beton va qorishmaning fizik-mexanik xossalarini (mustahkamlik, 
suv o‘tkazmaslik, sovuqqa chidamlilik va boshqa) oshirish uchun ishlatiladi; 
- beton qorishmasining harakatchanligini saqlanish vaqtini oshiradi; 
-beton qorishmasining mustahkamligini tushirmagan holda harakatchan-
ligini va bir jinsliligini P1 dan P5 gacha oshiradi; 
-vibratsiya jadalligini va vaqtini qisqartiradi; buyum va konstruksiyalarni 
qoliplash muddatini kamaytiradi; issiqlik-namlik ishlovi berish vaqtini yoki 
izotermik qizdirish haroratini kamaytiradi. 
«FREM S-3» qo‘shimchasi mahsulot konsentratsiyasi bo‘yicha qorishma 
tarkibiga sement massasiga nisbatan 1,5-3,0 % gacha miqdorida qo‘shiladi (quruq 
modda holatida sement massasiga nisbatan 0,5-1,0 %). Qo‘shimchaning optimal 
sarfi beton yoki qorishmaning tarkibiga bog‘liq bo‘lib, tajriba sharoitida sinov 
ishlari orqali olinadi. «FREM S-3» qo‘shimachasini ishlatishdan oldin suvda 30-
35 % konsentratsiya holatiga kelguncha eritiladi (zichlik 1,18-1,2 g/sm
3
). 
Qo‘shimcha qorishma qorgichga kimyoviy qo‘shimchalar yoki suv idishidan 
miqdorlagich orqali uzatiladi. 
Beton qorishmasining xossalari 
Murakkab ko‘pkomponentli polidispersion tizimni o‘zida ifodalovchi 
beton qorishmasini suv, sement va to‘ldiruvchilarni bevosita qorishtirish orqali 
olinadi. Unga sementning maydadispersion zarralari, nisbatan yirikroq bo‘lgan 
mayda va yirik donador to‘ldiruvchi, aksariyat hollarda kiritiladigan maxsus 
qo‘shimchalar, suv va qorishmani tayyorlash jarayonida qo‘shilib ketadigan havo 
kiradi. Beton qorishmasining xususiyati beton va temir-beton konstruksiyalar 
texnologiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan u qoliplash sharoitlarini va
ma'lum darajada mazkur konstruksiyalarning yakuniy sifatini aniqlaydi. 
Qattik zarralar bilan suvning o‘zaro ichki kuchlari ta'sirida 
(molekulalarning tortishishi, qovushqoq ishqalanish, kapillyar va boshqa kuchlar) 


132 
beton qorishmasi qovushqoq tuzilishli suyuqliklar uchun harakterli bo‘lgan aniq 
xususiyatlarga va bog‘lanuvchanlikka ega bo‘ladi. Beton qorishmalari 
xususiyatiga ko‘ra qovushqoq suyuqliklar va qattiq jismlar orasidagi o‘rinni 
egallaydi. Haqiqiy qovushqoq suyuqliklardan beton qorishmalari tuzilishning 
nisbatan mustahkamligi yoki tuzilish qovushqoqligi bilan ajralib turadi; qattiq 
jismlardan esa shaklni saqlash – qovushqoqlik xususiyatining yo‘qligi va hatto 
e'tiborsiz miqdordagi kuch qo‘yilganda ham qaytmas plastik deformatsiyaga 
uchrash xususiyati bilan ajralib turadi. Beton qorishmalarining xususiyatlari 
ularning tuzilishi, tarkibidagi tashkil etuvchilarining xususiyatlariga bog‘liq va 
quyidagicha ahamiyat kasb etuvchi xossalarga ega: mexanik ta'sirlar ostida soxta 
suyulish yoki harakatchanligining oshishi; sement bilan suvning o‘zaro fizikaviy-
kimyoviy jarayonlari ta'sirida sistemaning qovushishi va qattiq jismga 
aylangunga qadar doimiy o‘z xususiyatlarini o‘zgartirib borishi (harakatchan-
likning yo‘qolishi). 
Beton qorishmasini ikki tarkibiy qismdan tashkil topgan sistema deb qarash 
qulayroq – sement hamiri va to‘ldiruvchi. Asosiy struktura hosil etuvchi tarkib 
sifatida sement hamiri tan olinadi va uning tarkibiga sement, suv, aksariyat 
hollarda maydalangan mineral qo‘shimchalar yoki kul kiradi.

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish