101
3) qoplama materiallari -
gipsli quruq suvoq (GKQ), gips panellari (GКP)
turli ko‘rinishdagi qurilish konstruktsiyalarini qoplash uchun, gipstolali plitalar
(GTQ) yig‘ma pol,pardevorlar, va osma shiftlarni yasash uchun.
4)
arxitektura-dekorativ detallar;
5) qurilish qorishmalari, shuvoq aralashmalari, yelimlar.
КNAUF kompaniyasi qurilish gipsidan olingan buyumlardan foydalanish
asosida anchagina qurilish materiallari va buyumlari nomenklaturasini
kengaytirib, uning sifatini ham oshirishga erishdi. Shu
bilan birga, to‘plamiy
tizimlarini ham kengaytirdi, bu esa bino va inshootlarning inter`erlarini bezashda
turli xil pardozlash imkoniyatlarini yaratdi.
КNAUF to‘plamiy tizimlarining asosiy konstruksion
va pardozlash
materiallari bo‘lib ekologik toza sinklangan temirdan turli xildagi profillar
ko‘rinishidagi elementlar; yuqori sifatli dekorativ pardoz materiallari
qoplangan
gips kartonli listlar, tarkibida yuoqri effektivli issiqlik o‘tkazmaydigan
materiallari bor gips kartonli listlar, tovushdan himoya qiladigan
perforatsiyalangan gips kartonli listlar. Bu mahsulotlar, turli xildagi quruq
suvoqlash qorishmalari, quruq va qo‘llanishga tayyor shpaklyovkalar,
gruntovkalar, tekislovchi aralashmalar, yelimlar, germetiklar kabi qo‘shimcha
materiallar bilan boyitilgan.
КNAUF pardevorlar to‘plamiy tizimlari qurilish me’yorlari va
qoidalarining, doimiy va vaqtinchalik yo‘qlarning ta’siriga, shu bilan birga
shamol va seysmik kuchlar ta’siriga, nisbatan mustahkamlik
va bikrlik talablariga
javob berishi kerak. Bundan tashqari, ular issiqlik va tovush izolyatsiyasi bo‘yicha
kerakli sifatni ham ta’minlashi kerak, shu bilan birga qo‘llanish joylari doirasida
yong‘in-texnik me’yorlarni, yong‘in xavfi sinfini va olovga turg‘unlik
chegaralarini qoniqtirishi lozim.
Albatta, pardevorlarning gipskarton va gipstolali
qoplamalarining yuzalari
yuqori sifatga, gigienik talablarga javob berishi, yuqori namlikga ega bo‘lgan
sharoitlarda va atrof-muhitning boshqa ta’sirlarida (harorat, biologik va kimyoviy
nurash) ishlash uchun talab etilgan xossalarga ega bo‘lmog‘i kerak.
102
Xuddi shunday talablarga, karkas va mahkamlash
elementlari ham javob
berishi kerak. Shunday qilib,
КNAUF karkas-qoplama pardevorlarining to‘p-
lamiy tizimlari
КMvaК 25-02-2003 «Binolarning issiqlik himoyasi»ga binoan
quruq, normal va nam rejimli xonalarda ekspluatatsiya qilishga mo‘ljallangan.
Кarkas-qoplama pardevorlari metal yoki yog‘och karkaslardan va karkasga
mahkamlangan GKQ yoki GVL qoplamalaridan tashqil topgan. Pardevorlarning
issiqlik va tovush izolyatsiyasi oshirish uchun qoplamalar orasidagi bo‘shlikni
issiqlik-tovush izolyatsiyali
material, odatda, mineral yoki shisha momig‘i bilan
to‘ldiriladi.
Pardevorlarning karkasiga GKQ va GVL larni mahkamlash
Кarkasga GKQ va GVL lar 250 mm dan oshmagan qadamdagi o‘zikesar
vintlar (shuruplar) yordamida mahkamlanadi. Vintlar GVL larning chekkasidan
va karton bilan yelimlangan GKQ larning chekkasidan 10 mm.dan kam
bo‘lmagan, GKQ ning kesilgan qirrasidan esa 15 mm masofada joylashishi kerak.
Bunda birta usto‘nga ikkita GKQ ni mahkamlaganda qo‘shni vertikal qatorlarda
joylashgan vintlar shaxmat tartibida, orasi kamida 10 mm masofada (vertikal
bo‘yicha) joylashtirilishi lozim.
Ikki qatlamli qoplashda birinchi qatlamdagi listlarni mahkamlashda
vintlarning qadamini 3 marta ko‘paytirish mumkin. Pardevorlar konstruksiya-
larini uch
qatlamli qoplashda, ulardagi vintlar qadamini Quyidagicha qabul
qilinadi: birinchi qatlam uchun 750 mm gacha, ikkinchi – 500 mm gacha,
uchunchi – 250 mm.gacha (3.13-rasm).