Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Mavzu bo‘yicha savol va topshiriqlar



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/116
Sana18.04.2022
Hajmi2,82 Mb.
#561492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Bog'liq
fayl 2067 20211105

 
Mavzu bo‘yicha savol va topshiriqlar: 
1.
 
Kishilik jamiyatida tilning ahamiyati haqida gapirib bering. 
2.
 
Nima uchun insonlarda chet tillarini o‘qib o‘rganishga ehtiyoj tug‘iladi? 
3.
 
Metodika kursini o‘tar ekan, talabaqanday mashg‘ulotda ishtirok etadi? 
4.
 
Chet tilinio‘qitish metodikasi fani talabalar uchun qanday imkoniyatlarni 
yaratadi? 
5.
 
Sizga qaysi fan o‘qituvchingizning dars berish uslubi yoqadi? Nima 
uchun? 
6.
 
Hozirda Siz ham xitoy tili, ham ingliz tili darslarida qatnashib 
kelmoqdasiz va ushbu fanlarni o‘zlashtirayapsiz. Kuzatuvlaringiz 
asosida mazkur dars jarayonlaridagi farqlarni aytib bering. 
 
 
1.2-§. Xitoy tilining bugungi kundagi mavqei va o‘qitilishi 
 
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: 
Oʻzbekiston va Xitoy munosabatlari 
shakllanishining ilk davridan boshlab to hozirgi kungacha bo‘lgan davri, shu 
bilan birga xitoy tilining hozirgi kundagi mavqei borasida talabalarga axborot 
yetkazish. 
 
Tayanch so‘z va iboralar: 
xitoy tili, “Buyuk ipak yoʻli”, Davan, Chjan 
Syan,“putunxua” tili, shevalar, “
越 剧
” , 

南 音


xitoy sivilizatsiyasi, 
globalizatsiya.
Oʻzbekiston hududi Buyuk ipak yoʻlining chorrahasi boʻlganligi tufayli ikki 
davlat oʻrtasidagi munosabatlar bir necha ming yillik tarixga ega. Ammo 
birinchi Xitoy elchisi Chjan Syanning qadimgi Fargʻona (Davan, Dayyuan) 
davlatiga kelishi miloddan avvalgi 128 yilda yuz bergan. Ushbu voqeani ikki 
davlat oʻrtasidagi diplomatik aloqaning boshlanishi deb hisoblash mumkin. 
Elchi vataniga qaytib borganidan soʻng , xitoyliklar nafaqat Fargʻona, balki 
Oʻrta Osiyo haqida maʼlumotlarga ega boʻlishgan. Shuning uchun ular elchini 
gʻarbga boradigan Buyuk ipak yoʻlini ochgan shaxs deb bilishadi. 1991 yilda 
XXR Oʻzbekiston mustaqilligini tan olib 1992 yilda diplomatiya munosabatlari 
oʻrnatilgach, ikki mamlakat oʻrtasida teng huqukli aloqalar oʻrnatila boshladi. 
7
Jalolov J. Chet tili o‘qitish metodikasi. -T.: O‘qituvchi. 2012.-B. 8 


11 
1992 yilning 15 oktabrida Toshkentda XXR elchixonasi, 1995 yilning 6 mayida 
esa Pekinda Oʻzbekiston elchixonasi ochildi. 
Ta’kidlab o‘tish lozimki, Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy Osiyo, Sharqiy 
Yevropa va Mustaqil davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib 
O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalarnio‘rnatgan. Bu faktni O‘zbekiston 
Respublikasini nafaqat mintaqa, balki Yevropa va Osiyoda egallab turgan 
geostrategik o‘rni va mavqeiga katta e’tibor, deb aytish mumkin. Xitoy tili 
mazkur tilda so‘zlashuvchilar soniga nisbatan jahonda birinchi o‘rinda turadi. 
Ispan va ingliz tillari xitoy tilidan so‘ng ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallaydi. 
Xitoy tili XXI asrga shahdam qadamlar bilan kirib keldi. U globallashuv, 
informatizatsiya va kommunikatsiya davrida o‘z o‘rnini egalladi. Bu 
muvaffaqiyatlar asosan XX asrning 70 yillarida Xitoy hukumati tomonidan xitoy 
lingvistikasini rivojlantirishga alohida e’tibor berilganligida deb aytish mumkin. 
Konfutsiy ta’limotining ustunlaridan biri bu til, tarix, adabiyot, san’at, madaniyat, 
ilm va fanga chuqur ehtirom hisoblanadi. Ushbu sohalar mamlakat iqtisodiy 
yuksalish strategik dasturining ajralmas qismi bo‘lib kelmoqda. Har qanday til 
kabi, hamda 5 ming yillik sivilizatsiya davrida yaratilgan va to‘plangan ma’naviy 
boylikni o‘zida mujassam etgan manba deb qaralishi lozim. Xitoy tili — xitoy-
tibet tillari oilasiga mansub tillardan biri. XXRning rasmiy davlat
tili. Unda 
XXRning 92% aholisi — 1 408 526 449 dan ortiq kishi soʻzlashadi (2019 y.). 
Xitoy tili, shuningdek, Indoneziya, Kambodja, Laos, Vyetnam, Myanma, 
Malayziya, Tailand, Singapur, Bruney, Syangan, Aomin, Filippin, Yaponiya, 
Koreya va dunyoning boshqa mamlakatlarida tarqalgan (30 mln.dan ortiqkishi 
soʻzlashadi). BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri. 
Xitoy tilida asosan, 7 lahja guruhi farqlanadi: 1) shimoliy (bu lahjada 70% 
kishi soʻzlashadi va u hozirgi adabiy Xitoy tiliga asos boʻlgan); 2)
u
; 3) syan; 4) 
gan; 5) xakka; 6) yue; 7) min. Bu lahjalar fonetik va leksik jihatdan oʻzaro katta 
farq qiladi, hatto lahjalarning vakillari bir-birlarini tushunmay qoladilar; biroq 
ularning grammatik qurilishi va lugʻat tarkibi yagonadir. Lahjalar muntazam 
tarzdagi tovush mosliklari orqali oʻzaro bogʻlangan. 
Bu esa xitoy tilini 
ierogliflarga asoslangan tizimini mustahkamlash, mamlakatda yagona “putunxua” 
dialektini rivojlantirishni talab qiladi. 
Xitoy tilining fonetik meʼyorlari Pekin 
shahri talaffuziga asoslanadi.
Xitoy tili davlat va jamiyat tomonidan yakdil ravishda millatning muhim 
ma’naviy boyligi hisoblanadi. Davlat esa o‘z navbatida xitoy tilini umummilliy 
konsensus, rivojlangan va uyg‘unlashgan jamiyatni tashkil etishda muhim va 
samarali vosita deb biladi. Ma’lumki, xitoyda 56 millat istiqomat qiladi.Xitoy 
milliy madaniyati va ma’naviyati sohasida til yuksak o‘rin egallaydi.Chuqur 
tarixga ega bo‘lgan ierogliflar va qadimgi yozuv manbalari xitoy millati va 
davlatchiligi va, umuman, xitoy sivilizatsiyasining asosiy manbalari sifatida 


12 
namoyon bo‘ladi. Xitoy tili millat tarixi va uni o‘z-o‘zinini anglash kafolati 
hisoblanadi. Hukumat qaroriga binoan yozma manbalar, ierogliflarning turli 
variantlari ifoda etilgan qadimgi matnlar va og‘zaki xalq ijodiga oid manbalarni 
saqlash, ularni elektron va audio/video klassifikatorlarini takomillashtirishga oid 
ishlar keng miqiyosda olib borilmoqda. Shu bilan birgalikda kanton dialektida 
ijro etilayotgan “
越剧
” 
yueju 
operalari, Janubiy Fuszyan dialektidagi “
南音

 
nanyin 
sahna asarlari Xitoy Milliy madaniyat katalogi va YUNESKO 
umumbashariyat madaniy obidalar ro‘yhatiga kiritilgan. Xalqaro tashkilotlar 
e’tiborini xitoy tiliga jalb etish bu bilan chegaralanadi desak, to‘g‘ri bo‘lmas. 
So‘nggi yillarda xitoy ierogliflarini jahon madaniyati boyligini bir qismi deb tan 
olishga yo‘naltirilgan harakatlar ham mavjud. 
Xitoy tili murakkab tillar qatoriga kiradi. Uning 5 ming yillik tarixini 
o‘rganish, 56 mingdan ziyod ierogliflarni zamon talablariga mos keltirish 
masalalari dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bu muammolar ustida bir qator 
vazirlik va qo‘mitalar, institut va universitetlar ilmiy va amaliy faoliyat olib 
bormoqdalar. Mazkur ishlar Xitoy tili Davlat qo‘mitasi “
国家语言文字工作委
员会
” ya’ni, “
Mamlakat milliy tili va yozuvi bo‘yicha ish qo‘mitasi” 
tarafidan 
boshqariladi.
Xitoy tarixiy an’analariga munosib ravishda 2001 yil 1 yanvar – XXI 
asrning birinchi kuni ”
中华人民共和国国家通用语言文字法

– “Xitoy davlat 
tili va yozuvi haqidagi qonun” kuchga kirdi. Xitoy tilini davlat tili deb e’lon 
qilinishi bu tilni mamlakatning barcha fuqarolari millati, dinidan, yoshi va 
jamiyatdagi o‘rni, siyosiy ongi, ahloqiy qarashlari va mentalitetidan qat’iy nazar 
tan olganligini bildiradi. Bundan tashqari tilning davlat tili deb qabul qilinishi, 
davlat va jamoat idoralari va tashkilotlari mazkur tilni mamlakatning birinchi tili 
deb qabul etganligini anglatadi.
Mazkur kursimiz maktabda chet tillar, xususan, xitoy tili o‘qitish metodikasi 
dasturiga asoslangan va o‘rtaumumta’lim maktablari o‘quv rejasidagi “chet til” 
predmeti uning o‘rganish manbai hisoblanadi. Talabalarning o‘rganish ob’ekti 
“metodika fani”, mazkur fanning predmeti esa “Xitoy tili”dir.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish