326
va
mansab mavqei, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat
birlashmalariga mansubligi,
shuningdek, xodimlarning ishchanlik
qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan
boshqa jihatlariga qarab, mehnatga oid munosabatlar sohasida har
qanday
cheklashlarga
yoki
imtiyozlar
belgilashga
yo‘l
qo‘yilmasligining buzilishi
1
;
–
ish beruvchi tomonidan ish taklif qilgan
shaxslarni ishga qabul
qilmaslik;
–
ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart
bo‘lgan shaxslarni (belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga
yuborilgan shaxslarni: homilador ayollarni va uch yoshga to‘lmagan
bolalari bor ayollarni – tegishlicha ularning homiladorligi yoki bolasi
borligini vaj qilib) ishga qabul qilmaslik.
Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, xodimning talabi bilan ish
beruvchi ishga qabul qilishni rad etishning sababini asoslab uch kun
muddat ichida yozma javob berishi shart. Bu javob ishga qabul qilish
huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi
lozim. Asoslantirilgan javob berish haqidagi talablarni qondirishni rad
etish xodimni ishga qabul qilish g‘ayriqonuniy ravishda rad etilganligi
ustidan shikoyat qilishga to‘siq bo‘lmaydi.
Mehnat daftarchasi
xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi
asosiy hujjatdir.
Ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa
doimiy ishga o‘tkazish va mehnat
shartnomasini bekor qilish
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozishi shart. Xodimning iltimosiga ko‘ra
mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha
boshqa ishga o‘tkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiritiladi. Mehnat
shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga
yozilmaydi.
Xodim o‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida ham (agar bu
amaldagi qonunchilikda taqiqlanmagan bo‘lsa)
mehnat shartnomalari
tuzishi mumkin.
Ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiri-
ladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi
asos bo‘ladi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligi bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar
to‘plami. – T.: O’zbekiston, 2006. - 7- бет.
327
Korxona rahbarini ishga qabul qilish korxona mulki egasining
huquqi bo‘lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek, o‘zi
vakil qilgan
organlar orqali yoki korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona
kengashi, boshqaruvi yoxud boshqa organlar orqali amalga oshiradi.
Korxona rahbari korxona mulkdori unga bergan vakolatlar
doirasida xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzadi.
Ishga qabul qilish haqidagi buyruq tuzilgan mehnat shartnoma-
sining mazmuniga muvofiq ravishda chiqariladi.
Buyruq xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.
Ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomoni-
dan yoki uning ijozati bilan xodimga haqiqatda ishlashga
ruxsat etilgan
bo‘lsa, ishga qabul qilish tegishli ravishda rasmiylashtirilgan yoki
rasmiylashtirilmaganligidan qat’i nazar, ish boshlangan kundan
e’tiboran mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: