Bunda MBning fayllari bog‘lanmagan holda bo‘ladi va tegishli yozuvlarni qidirish
ma’lum bir algoritmlar asosida amalga oshiriladi. Chiziqli usul orqali xotiradan
82
samarali foydalanish mumkin, lekin ma’lumotlarni qidirish uchun boshqa usullarga
qaraganda ko‘p vaqt sarf qiladi.
Zanjirli ro‘yxat usulida hosil qilingan faylda har bir yozuv boshqa yozuv
bilan bog‘langan bo‘ladi. Bunda aloqa vositasi sifatida ko‘rsatkichlar ro‘yxatidan
foydalaniladi. Ko‘rsatkichlar ro‘yxati yozuvning qo‘shimcha maydonlarida
ko‘rsatiladi va ular orqali kerakli ma’lumotlarni olish tartibi o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: