90
2.1.7-rasm. Jadval yaratish elementlari
So'rovlar kerakli ma'lumotlrani MB jadvallaridan foydalanuvchiga qulay
tarzda tanlab beruvchi vositadir. So'rovlar yordamida MB jadvallari ustida
ko'pgina amallar bajariladi, yani so'rovlar orqali ma'lumotlarni saralash, "elakdan
o'tkazish, ya'ni filtrash, ma'lumotlarni berilgan tartibda o'zgartirish, ma'lumotlar
ustida hisob-kitoblar, jadvallarni boshqa manbalardan avtomatik tarzda chaqirib
olingan (import) ma'lumotlar bilan to'ldirish kabilar amalga oshiriladi. Aytilgan
amallaming aksariyatini bevosita MB jadvallarining o'zida ham bajarish mumkin.
Lekin bunda ko'proq mehnat, ko'proq vaqt sarf bo'ladi. So'rovlar esa ishlash tezligi
va MB xavfsizligi nuqtai nazaridan ham qulaydir.
MB loyihasi bilan shug'ullanmaydigan MBga faqat ma'lumot olish
uchungina murojal etadigan foydalanuvchilarning baza jadvallarga kirishini
chegaralash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki, bu bilan bazi jadvallarning
butunligi himoyalanadi,
ya'ni muhim
ma'lumotlarga
ehtiyotsiz, no'noq
hattiharakatlar oqibatida ziyon yetishi yoki mutloqo o'chirib yuborilishining oldi
olinadi.
Turli bo'linmalardan iborat tashkilot MBBTdan foydalangudek bo'lsa, u
holda MBga kirish uchun qo'yiladigan cheklovlar bo'limlar xodimlarining shaxsiy
majburiyatlari va xizmat vazifalariga muvofiq ravishda turlicha ko rinishga ega
bo'lishi tabiiy.
So'rovlarning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki. ular ma'lumotlarni MB
jadvallaridan turli xil usullarda ajratib oladilar va shu asosda vaqtincha
qo'llaniluvchi natijaviy jadval yaratadilar. Buning ma'nosini quyidagicha izohlash
91
mumkin: MBning asosiy Jadvallari bilan ishlayotganingizda Siz qattiq diskdagi
malumotlarni o'qiysiz so'rov asosida natijaviy jadval olganingizda esa qattiq
diskda izi ham bo'lmagan elektron jadval bilan ish ko'raslz, yani ajratib olingan
maydonlar va qaydlarning aksi bilan ishlagan bo'lasiz. Tabiiyki, bunday "aks"
bilan ishlash jarayoni qattiq diskdagiga niabatan anchagina tez va samarali
kechadi. Bu afzallik so'rovlardan unumli foydalanlshga turtki bo'luvchi
omillardandir.
Ma'lumki. tartibga solingan jadvalli tuzilmalarda jadvallarni yangilash,
ularga qo'shimcha qaydlar(satrlar) kiritish tufayli o'rnatilgan tartib o'zgaradi, ayni
paytda. bu tartibni saqlab qolish vositasi ishlab chiqilmagan. Tiklash esa bir
muncha vaqt talab etadi. Mazkur muammo MBBTlarda yuzaga kelmaydi, chunki
ular "so'rovlar"dek kuchli vositaga egadirlar.
MB jadvallaridagi barcha qaydlar kelib tushishiga ko'ra mutlaqo tabiiy
tartibda jadvallarga kiritilgan bo'ladi. MB jadvallaridan hech qanday
tartiblanganlik talab etilmaydi. Ulardagi qaydlarni saralangan yoki elakdan
o'tkazilgan (filtrlangan) ko'rinishga keltirish uchun tegishli sorovdan foydalanish
yetarli. demak. so'rovlar bazadagi malumotlarni tahlil etish uchun ham qo'l keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: