Ma'lumotlar bazalari va ularning obyektlari bilan ishlash dastavval yetarlicha
etilayotgan bayon Microsoft Access ning ma'lumotlar bazalari va ularni tashkil
etuvchilari haqida yetarlicha tasavvur hosil qllishingiz uchun, qolaversa. shaxsiy
ma'lumotlar bazangizni tuzaolishingiz uchun ham asqotadi degan umiddamiz.
87
vizuallashtirish uchun mo'ljallangan dasturiy vositalar majmuidir.
Ma'lumotlar bazasidagi axborotning vizuallashtirilishi deganda bazada aks
ettirilayotgan malumotlarni berilgan talablarga muvofiq holda tanlash, ularni
tartiblash va muayyan shaklga keltirish hamda chiqarish qur ilmasiga, ya'ni
ekranga, printerga, tovush kolonkasiga, shuningdek, aloqa kanallari bo'ylab
uzatish tushuniladi.
Microsoft Office nomli dasturiy mahsulotlar ollasi tarkibidadir. Shu yerda
e'tirof etamizki, Microsoft Office ni tashkil qiluvchi boshqa d asturlardan farqli
ravishda Microsoft Access ning foydalanish davomida go'yoki o'zini o'zi
takomillashtirish inikoniyatlari mavjudligiga kelgusida guvoh bolamiz. Aksariyat
MBBTlarining ishlash tamoyillari "ma'lumotlar bazasining obyektari" deb
ataluvchi obyektlar orqali amalga oshiriladi.
Biz MBga doir asosiy tushunchalarni bayon etayotganda e'tiborimizni bu
tushunchalarning amaliy va uslubiy jihatdan muhim ekanligiga qaratmoqchimiz.
Chunki Siz biz bilan MBlarni va MBBTlarni o'rganishga. kirishgan ekansiz
bundan buyon muloqotimiz mazkur asonsiy tushunchalarning tayanch so'z va
iboralari, qolaversa, ayrim hollarda ularning aynan "kompyuter varyantidagi"
[ruscha] ko'rinishlari vositasida boradi.
MBga oid eng muhim tushuncha - MB tuzilmasi tushunchasidir. U
ma'lumotlarnii kiritish va bazada saqlash. usullarini belgilab beradi. Aytish
mumkinki, bo'sh bazada ham axborot mavjud, bu aynan baza tuzilmasidir.
Odatdagi ishchi kundalik daftarni yangiligida bosh MBga qiyoslash mumkin,
haqiqatan ham, uning tuzilmasi kalendar kunlariga oid axbormni heradi.
MB turli xil obyektlardan iborat bo'llshi mumkin, ularning orasida eng
asosiylari jadvallardir. Eng sodda MB ham kamida bitta jadvaldan iborat bo'ladi.
Binobarin, eng sodda MBning tuzilmasi uning jadvali tuzilmasi bilan aynan ifoda
etiladi. Amaliyotda ko'pgina o'zaro bog'langan jadvallardan tarkib topgan bir
muncha murakkabroq tuzilmaga ega bazalar bilan ishlashga to'g'ri kelishi mumkin.
Bunday bazalarni relyatsion MBlar deb ataydilar.
Ehtiyojdan kelib chiqqan holda MBni yagona jadvalda emas, balki kerakli
88
sondagi bog'langan jadvallarda tarkib toptirish qulay va kezi kelganda zarurdir. Bu
MBdagi axborotlarning konfidensial qismini ma'lum darajada muhofazalashda
dastlabki omil bo'ladi.
MBga oid navbatdagi tushunchalar, bular - maydon va qoyd
tushunchalaridir. Maydon MB jadvalining ustunida aks etadi. Qayd esa mos
ravishda jadvalning satrini band etadi, MBda qaydlarning yo'qligi MB tuzilmasi
maydonlardangina tarkib topganini bildiradi. Baza jadvalining maydonlari
tarkibini yoki xossalarni o'zgartirish. ayonki, MB tuzilmasi o'zgarishiga va yangi
MB tuzilishiga olib keladi.
Yuqoridagilarni misol tariqasida ko’rib chiqadigan bo’lsak, Access MBBT
ishga tushirish oqrali amalga oshiorishimiz mumkin. Access MBBT ishga
tushirishimiz bilan quydagi oyna ochiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: