6.3.2-ras m. Elektron rakamli imzoni tekshiris h sxemasi.
Elektron raqamli imzo tizimining printsipial jihati foydalanuvchining
elektron raqamli imzosini uning imzo chekishdagi maxfiy kalitini bilmasdan
kalbakilashtirishning mumkin emasligidir. Shuning uchun imzo chekishdagi
maxfiy kalitni ruxsatsiz foydalanishdan ximoyalash zarur. Elektron raqamli
imzoning maxfiy kalitini, simmetrik shifrlash kalitiga o’xshab, shaxsiy kalit
eltuvchisida, ximoyalangan xolda sakdash tavfsiya etiladi.
Elektron rakamli imzo-imzo chekiluvchi hujjat va maxfiy kalit orqali
aniqlanuvchi noyob sondir. Imzo chekiluvchi hujjat sifatida har qanday fayl
ishlatilishi mumkin. Imzo chekilgan fayl imzo chekilmaganiga bir yoki bir nechta
elektron imzo qo’shilishi orqali yaratiladi.
Imzo chekiluvchi faylga joylashtiriluvchi elektron rakamli imzo imzo
chekilgan xujjat muallifini identifikatsiyalovchi qo’shimcha axborotga ega. Bu
axborot xujjatga elektron raqamli imzo hisoblanmasidan oldin qo’shiladi. Xar bir
imzo quyidagi axborotni o’z ichiga oladi:
imzo chekilgan sana;
Jo’natuv-
chidan
Raqamli
imzo
Xabar
M
Daydjestni
generatsiyalash
algoritmi
Assimmetrik
shifrlash
Qabul qilingan
xabar
Generatsiya-
langan daydjest
m
Rasshifrovka
qilingan
daydjest m1
?
m = m1
Yo’q
Ҳа
495
ushbu imzo kaliti ta’sirining tugashi muddati;
faylga imzo chekuvchi shaxs xususidagi axborot (F.I.Sh. mansabi, ish
joyi);
imzo chekuvchining indentifikatori (ochik kalit nomi);
rakamli imzoning o’zi.
Asimmetrik shifrlashga o’xshash, elektron raqamli imzoni tekshirish uchun
ishlatiladigan ochiq kalitning atmashtirilishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Faraz
qilaylik, niyati buzuq odam «n» abonent «V» kompyuterida saqlanayotgan ochiq
kalitlardan, xususan, abonent A ning ochik kaliti KA dan foydalana oladi. Unda u
quyidagi harakatlarini amalga oshirishi mumkin:
ochiq kalit KA saqlanayotgan fayldan abonent A xususidagi
indentifikatsiya axborotini o’qishi;
ichiga abonent A xususidagi indentifikatsiya axborotini yozgan holda
shaxsiy juft kalitlari kn va Kn ni generatsiyalashi;
abonent Bda saqlanayotgan ochiq kalit KA ni o’zining ochiq kaliti Kn
bilan almashtirishi.
So’ngra niyati buzuk odam n abonent V ga hujjatlarni o’zining maxfiy kaliti
kp yordamida imzo chekib jo’natishi mumkin. Bu hujjatlar imzosini tekshirishda
abonent V abonent A imzo chekkan hujjatlarni va ularning elektron raqamli
imzolarini to’g’ri va hech kim tomonidan modifikatsiyalanmagan deb hisoblaydi.
Abonent A bilan munosabatlarini bevosita oydinlashtirilishigacha V abonentda
olingan hujjatlarning haqi-qiyligiga shubha tug’ilmaydi.
Elektron raqamli imzoning qator algoritmlari ishlab chiqilgan.1977 yilda
AKSh da yaratilgan RSA tizimi birinchi va dunyoda mashhur elektron raqamli
imzo tizimi hisoblanadi va yuqorida keltirilgan printsiplarni amalga oshiradi.
Ammo raqamli imzo algoritmi RSA jiddiy kamchilikka ega. U niyati buzuq
odamga maxfiy kalitni bilmasdan, xeshlash natijasini imzo chekib bo’lingan
hujjatlarning xeshlash natijalarini ko’paytirish orqati hisoblash mumkin bo’lgan
hujjatlar imzosini shakllantirishga imkon beradi.
Ishonchliligining
yuqoriligi
va
shaxsiy
kompyuterlarda
amalga
496
oshirilishining qulayligi bilan ajratib turuvchi raqamli imzo algoritmli 1984 yilda
El Gamal tomonidan ishlab chiqildi. El Gamalning raqamli imzo algoritmi (EGSA)
RSA rakamli imzo algoritmidagi kamchiliklardan holi bo’lib, AKSh ning standart-
lar va texnologiyalarning Milliy universiteti tomonidan raqamli imzoning milliy
standartiga asos kabi qabul qilindi.
Kriptografik kalitlarni boshqarish. Har qanday kriptografik tizim
kriptografik kalitlardan foydalanishga asoslangan. Kalit axboroti deganda axborot
tarmoqlari va tizimlarida ishlatiluvchi barcha kalitlar majmui tushuniladi. Agar
kalit axborotlarining egarlicha ishonchli boshkarilishi ta’minlanmasa, niyati buzuq
odam unga ega bo’lib olib tarmoq va tizimdagi barcha axborotdan hohlaganicha
foydalanishi mumkin. Kalitlarni boshqarish kalitlarni generaniyalash, saqlash va
taqsimlash
kabi
vazifalarni
bajaradi.
Kalitlarni
boshqarish
kalitlarni
generaniyalash, saqlash va taksimlash kabi vazifalarni bajaradi. Kalitlarni
taqsimlash kalitlarni boshkarish jarayonidagi eng masuliyatli jarayon hisoblanadi.
Simmetrik kriptotizimdan foydatanilganda axborot almashinuvida ishtirok
etuvchi ikkala tomon avval maxfiy sessiya kaliti, ya’ni almashinuv jarayonida
uzatiladigan barcha xabarlarni shifrlash kaliti bo’yicha kelishishlari lozim. Bu
kalitni boshqa barcha bilmasligi va uni vaqti-vaqti bilan jo’natuvchi va qabul
qiluvchida bir vaqtda atmashtirib turish lozim. Sessiya kaliti bo’yicha kelishish
jarayonini kalitlarni amashtirish yoki taqsimlash deb ham yuritiladi.
Asimmetrik kriptotizimda ikkita kalit - ochiq va yopiq (maxfiy) kalit
ishlatiladi. Ochiq kalitni oshkor etish mumkin, yopik kalitni yashirish lozim. Xabar
almashinuvida faqat ochiq kalitni uning haqiqiyligini ta’minlagan holda jo’natish
lozim.
Kalitlarni taqsimlashga quyidagi talablar qo’yiladi:
•
taqsimlashning operativligi va aniqligi;
•
taqsimlanuvchi kalitlarning konfidentsialligi va yaxlitligi.
Kompyuter
tarmoqlaridan
foydalanuvchilar
o’rtasida
kalitlarni
taqsimlashning quyidagi asosiy usullaridan foydalaniladi.
Kalitlarni taqsimlovchi bitta yoki bir nechta markazlardan foydalanish.
497
Tarmoq foydalanuvchilari o’rtasida kalitlarni to’g’ridan-to’g’ri almashish.
Birinchi usulning muammosi shundaki, kalitlarni taqsimlash markaziga
kimga, qaysi kalitlar taqsimlanganligi ma’lum. Bu esa tarmoq bo’yicha
uzatilayotgan barcha xabarlarni o’qishga imkon beradi. Bo’lishi mumkin bo’lgan
suiists’mollar tarmok xavfsizligining jiddiy buzilishiga olib kelishi mumkin.
Ikkinchi usuldagi muammo - tarmoq sub’ektlarining haqiqiy ekanligiga
ishonch xosil qilishdir.
Kalitlarni taqsimlash masalasi quyidagilarni ta’minlovchi kalitlarni
taqsimlash protokolini qurishga keltiriladi:
•
seans qatnashchilarining haqiqiyligiga ikkala tomonning tasdig’i;
•
seans haqiqiyligining tasdig’i;
•
kalitlar almashinuvida xabarlarning minimal sonidan foydalanish.
Birinchi usulga misol tariqasida Kerberos deb ataluvchi kalitlarni
autentifikatsiyalash va taqsimlash tizimini ko’rsatish mumkin.
Ikkinchi usulga-tarmoq foydalanuvchilari o’rtasida kalitlarni to’g’ridan-
to’g’ri almashishga batafsil to’xtalamiz.
Simmetrik kalitli kriptotizimdan foydalanilganda kriptografik himoyalangan
axborot almashinuvini istagan ikkala foydalanuvchi umumiy maxfiy kaligga ega
bo’lishlari lozim. Bu foydalanuvchilar umumiy kalitni aloqa kanali bo’yicha
xavfsiz almashishlari lozim. Agar foydalanuvchilar kalitni tez-tez o’zgartirib
tursalar kalitni etkazish jiddiy muammoga aylanadi.
Bu muammoni echish uchun quyidagi ikkita asosiy usul qo’llaniladi:
1. Simmetrik kriptotizimning maxfiy kalitini himoyalash uchun ochiq kalitli
asimmefik kriptotizimdan foydalanish.
2 . Diffi-Xellmanning kalitlarni ochiq taqsimlash tizimidan foydalanish.
Birinchi usul simmetrik va asimmetrik kalitli kombinatsiyalangan
kriptotizim doirasida amalga oshiriladi. Bunday yondashishda simmetrik
kriptotizim dastlabki ochiq matnni shifrlash va uzatishda ishlatilsa, ochiq kalitli
asimmetrik kriptotizim faqat simmetrik kriptotizimning maxfiy kalitini shifrlash,
uzatish va keyingi rasshifrovka qilishda ishlatiladi. Shifrlashning bunday
498
kombinatsiyalangan (gibrid) usuli ochiq kalitli asimmetrik kriptotizimning yuqori
maxfiyligi bilan maxfiy kalitli simmetrik kriptotizimning yukori tezkorligining
uyg’unlashishga olib keladi. Bunday yondashish ba’zida elektron raqamli konvert
sxemasi deb yuritiladi.
Faraz qilaylik, foydalanuvchi A xabar M ni foydalanuvchi V ga
himoyalangan
uzatish
uchun
shifrlashning
kombinatsiyalangan
usulidan
foydalanmoqchi. Unda foydalanuvchilarning harakatlari quyidagicha buladi.
Foydalanuvchi A ning harakatlari:
Simmetrik seans maxfiy kalit Kv ni yaratadi (masalan, tasodifiy tarzda
generatsiyalaydi).
Xabar M ni simmetrik seans maxfiy kalit Kv da shifrlaydi.
Maxfiy seans kalit Kv ni foydalanuvchi (xabar qabul qiluvchi) V ning ochiq
kaliti KV da shifrlaydi.
Foydalanuvchi V manziliga aloqaning ochiq kanali bo’yicha shifrlangan
xabar M ni shifrlangan seans kaliti Kv bilan birgalikda uzatadi.
Foydalanuvchi A ning harakatlarini kuyidagi rasmda keltirilgan xabarlarni
kombinatsiyalangan usul bo’yicha shifrlash sxemasi orqali tushunish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |