36
rejimlari buziladi. Quyma-tutashtiruvchi detallarning
jadal korroziyasi binoni
avariya holatiga keltiradi, bu esa murakkab va mehnat talab ta’mirlash ishlarining
bajarilishiga olib keladi.
Qurilish ishlarining past sifatda bajarilishining asosiy sabablari past navli va
qo‘llanilish muddati o‘tib ketgan materiallardan foydalanish, loyiha
texnologiyasidan chetga chiqish (suvash ishlarining barcha qatlamlarini
bajarmaslik, loyihaga ko‘ra zarur gidroizolyatsiyaning bo‘lmasligi va h.k.),
eskirgan mashinalardan va mukammal bo‘lmagan asboblardan foydalanish, MTX
(muhandis-texnik xodimlar) tomonidan keraklicha nazoratning yo‘qligi va
boshqalar.
Ba’zida nuqsonlar bino va inshootlarni o‘qlar hamda balandlik bo‘yicha
rejalashtirishning noto‘g‘ri bajarilishi, to‘kilma va qazilmalarda gruntni qoniqarsiz
zichlashtirish, temirbeton ishlarini bajarishda armaturani noto‘g‘ri o‘rnatish (shu
jumladan kesimi kichik bo‘lgan), payvandlash ishlarining noto‘g‘ri va sifatsiz olib
borilishi oqibatida yuzaga keladi va h.k.
Ishlar sifatini nazorat qilish ko‘z bilan ko‘rikdan o‘tkazish,
chiziqli
o‘lchamlarni haqiqiy o‘lchash, konstruktsiyalarni buzuvchi va buzmaydigan
nazorat qilish usullari bilan sinab bajariladi.
Nazorat qilishning
mexanik yoki buzuvchi usuli
konstruktsiyalarning texnik
holatini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Fizik
(jismoniy) yoki
buzmaydigan
usuldan konstruktsiyalar materiallarining
fizik-mexanik xossalarining asosiy tavsiflarini aniqlash uchun foydalaniladi.
Metod impulsli va radiatsion usullarga asoslanadi.
Impulsli akustik usul
tadqiq etilayotgan materialda elastik to‘lqinlarning
tarqalish tezligini o‘lchashdan va bu to‘lqinlar energiyasining sochilishidan iborat.
Impulsli vibratsion usul
tadqiq etilayotgan
elementning konstruktiv
shakllarini hisobga olgan holda xususiy tebranishlarning so‘nishini o‘lchashga
asoslanadi
.
Radiatsion usul
materialni nurlantirishda γ-nurlar oqimlari jadalligi
(tezligi)ning o‘zgarishini aniqlashga asoslangan. Tadqiq qilinayotgan ob’ektdan
37
chiqayotgan, unga yutilayotgan va undan o‘tayotgan γ-nurlar izotoplarini
aniqlovchi hisoblagichlarning ko‘rsatishiga ko‘ra materiallarning sifati va xossalari
aniqlanadi.
Qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishini ta’minlash har bir ishlab
chiqarish jarayoni bajarilishini muntazam nazorat qilish bilan erishiladi. Nazoratni
tashkil etish nuqtai nazaridan u ichki va tashqi nazoratlarga ajratiladi.
Ichki nazorat
– qurilish tashkiloti ma’muriy-texnik xodimlarining vazifasi.
Tezkor kundalik nazorat qurilish – montaj ishlarining amalga oshirilish jarayonida
olib boriladi.
Qurilishning amalga oshirilishi ustidan
tashqi nazoratni
davlat idoralari va
buyurtmachi tashkilot bajaradi. Davlat idoralari – arxitektura
-qurilish nazorati
inspektsiyasi (AQNI) va ma’muriy-texnik inspektsiyalar (MTI) nafaqat qurilish
jarayoni ustidan, balki qurilayotgan ob’ektning atrof-muhit bilan o‘zaro bog‘lanishi
ustidan ham har tomonlama nazoratni amalga oshiradi (axlatni olib chiqish, kirish
yo‘llari bilan ta’minlash va boshqalar).
Buyurtmachi
texnik nazoratni amalga oshiradi. Nazorat qilish vazifalari
maxsus vakil zimmasiga yuklatilib, u ishlarning sifati ta’minlanishini,
yashirin
ishlarning tegishli tarzda rasmiylashtirilishini, ish muddatlariga amal qilinishini
kuzatadi, bajarilgan hajmlarni tekshiradi.
Mualliflik nazoratini
ya’ni quruvchilarning
loyihaviy yechimlarga amal
qilishlari va qurilish-montaj ishlarining bajarilishi sifatini nazorat qiluvchi loyiha
tashkiloti tomonidan amalga oshiradi.
Davlat komissiyasi tomonidan binoni yakuniy qabul qilib olish inshootni va
uning barcha xonalarini faqat ko‘rib baholashni emas, balki ishlarni bajarishning
barcha zarur va rasmiylashtirilgan dalolatnomalarining mavjudligini ham nazarda
tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: