9.1.6. Devor to‘siqlarini montaj qilish.
Devor panellari butun bino karkasi va tom yopmasini yoki uning bir qismi
montaj qilingandan keyin mustaqil montaj oqimida o‘rnatiladi. Tashqi devor
panellari o‘lchamlari 1,2 va 1, 8 m balandlikda 6 va 12 m uzunlikda qabul qilingan.
Devor to‘siqlari odatda o‘zi yurar to‘g‘ri strelali gusenitsali yoki
pnevmog‘ildirakli kranlar, guskali strelaga ega bo‘lgan yoki maxsus minora-strela
bilan jihozlangan kranlar bilan bajariladi. Devor panellarni montaj qilishda
gusenitsali kranlardan keng foydalaniladi, chunki ularning yurishi uchun yo‘llar
oson tayyorlanadi.
Devor panellarini transport vositalaridan tushirish uchun va ularni
kassetalarga joylashtirishda mustaqil krandan, avtomobil kranidan foydalaniladi.
Kassetalarni bino bo‘ylab bir necha qatorda joylashtirish va shu bilan montaj
zonasini kengaytirish oqilona deb hisoblanmaydi. Shuning uchun, agar devor
balandligi bo‘yicha 12 ta panelni sig‘dirsa, u holda devorni montaji kranning bino
uzunligi bo‘yicha 2-3 marta o‘tishi bilan amalga oshiriladi.
Devor panellari Ustunlar orasidagi uchastkalarda binoning butun balandligi
bo‘yicha montaj qilinadi. Panellarni tushirish va kassetalarga o‘rnatishda asosan
avtokranlardan foydalaniladi. Bunda uzunligi 6m bo‘lgan panellarni stropovka
qilish ikki shoxli stroplar bilan, 12 m uzunlikdagi panellar esa traversalar
yordamida stropovka qilinadi. Montaj zonasining eni, devor panellarini yetkazib
beradigan transport vositalari o‘tish yo‘lining eni, kran ishlash zonasining eni
montaj ishlarining bajarilish texnologiyasiga, panellar joylashtirilgan
417
kassetalarning joylashish o‘rniga va boshqa shu kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Montaj ishlarini olib borish zonasiing eng kichik eniga shunday holda
erishiladikim, bunda panellar joylashgan kassetalar kran va montaj qilinadigan
devor orasiga joylashadi; bunda binoning butun balandligi bo‘yicha montaj
ishlarini bajarish uchun kassetada yetarlicha panellarning bo‘lishi taqoza etiladi
(9.12 rasm).
9.12. rasm. Konstruktsiyalarni turli xil qilib taxlashda tashqi devorlarni o‘rnatish:
a – kassetalarning kran va devor orasida joylashgan holati; b – kassetlarning kran
orqasiga joylashgan holati; v – kraning ikkita kasseta orasida joylashish holati; 1 – kran; 2 –
devor panellari taxlangan kassetalar; 3 – tortqgichlar; 4 – stroplar; 5 – devor panellari; 6 – tom
yopmasi plitalari; 7 – stropila fermalari; 8 – o‘rnatilgan devor panellari; 9 – Ustunlar; 10 –
gidroko‘targichlar.
Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan texnologiyaga ko‘ra montajchilar
o‘rnatiladigan panellarni binoning ichki tomonidan turib to‘g‘irlashadi va
mahkamlashadi. Agar binoning ichiga avtomobil bazasiga o‘rnatilgan
ko‘targichlarning kira olish imkoniyati mavjud bo‘lsa, u holda montajchilarning
ish joyida shunday ikkita ko‘targichlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bu montajchilarga har bir panelni uni Ustun bilan biriktirish joyida qabul qilish
imkonini beradi. Ko‘targichlar bo‘lmagan vaziyatlarda montajchilarning ish joyi
418
sifatida havozalar va kajavalarni (lyulka) qo‘llash mumkin. Bino ichiga
avtoko‘targichlarni kiritishining iloji bo‘lmagan vaziyatlarda ishchi joy sifatida
o‘zi ko‘tariladigan kajavalardan foydalaniladi.
Maxsus minora-strelali jihozga ega kranlardan foydalanilgan holda tashqi
devor panellarni montaj qilish texnologiyasi keng qo‘llanilmoqda. Bunday
jihozning qo‘llanilishining asosiy texnologik jihatlari qo‘yidagilardan iboratdir:
yuk ko‘taruvchi kranni montaj maydonchasi bilan birlashishi;
montaj maydonchasini vertikal (kran minorasi bo‘yicha
yuqoriga va pastga) va gorizontal (minoradan devorga va aksincha
devordan minoraga) yo‘nalish bo‘yicha ko‘chirish imkoniyati;
o‘rnatiladigan panellarni kran va montaj qilinadigan devor
orasida joylashgan kassetalarga taxlash;
bino perimetri bo‘yicha eni 8,5 dan kam bo‘lmagan montaj
zonasini tashkil etish.
Tashqi panellarni o‘rnatishda nafaqat to‘suvchi panellarni aniq montaj qilish,
balki ularning estetik funktsiyalari ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shu sababli
choklarning zarur bo‘lgan o‘lchamlarini saqlash, ularni sifatli pardozlash, yuza
tomonidagi qirralarining butun holatida saqlanishi lozimdir.
Montaj ishlarining aniq bajarishligini geodezik tekshiruvda qo‘yidagilar
nazorat qilinadi: birinchi qator panellari uchun – panel pastki qirrasining o‘q
belgilarining chiziqlari bilan mos tushishi; yonma-yon yoki ustma-ust o‘rnatilgan
panellar qirralarining mos tushishi, o‘rnatilinadigan panellar qatori qirralarining
vertikalligi.
Gorizontal choklarni pardozlash yoki ularga tashqaridan germetik mastikani
surtish, panellar orasidagi vertikal choklarni to‘ldirish uchun so‘rilar yoki
ko‘tariladigan kajavalardan foydalanilib, ular bino oralig‘ining tashqi tomoniga
montaj kranlari navbatdagi joyga o‘tqazilgandan keyin bo‘shagan joyga
joylashtiriladi.
419
Do'stlaringiz bilan baham: |