414
9.1.5 Tom yopmasi plitalarini montaj qilish
Odatda, tom yopma plitalari eni 1,5 va 3 m da 6 m uzunlikka, eni hamda 3
m da 12 m uzunlikka ega. Plitalarni stropovka qilish (ilish) “pauk” tipli to‘rt shoxli
(to‘rt osmali) strop yoki ko‘pincha traversalar bilan amalga oshiriladi.
O‘rnatiladigan yopma plitalar fermalar (tom yopma to‘sinlari)
bilan bir oqimda
montaj qilinadi, shuning uchun navbatdagi ferma o‘rnatilgan zaxotiyoq navbatdagi
yopma plitalar qatori joylashtiriladi
Fonarsiz tom qoplamasida tom yopma plitalarini oldin montaj qilingan
oraliqdan boshlab fermaning bir tomonidan ikkinchi tarafiga
qarata joylashtirish
(9.11-rasm), fonarlarga ega bo‘lgan oraliqlarda esa yopma plitalarni fermaning ikki
oxiridan boshlab o‘rta tarafga tomon ketma-ket o‘rnatish tavsiya etiladi. Stropila
konstruktsiyasi ustidagi tom yopma plitalarini loyihaviy holatini ta’minlash
maqsadida ular fermalar (to‘sinlar) yuqori belbog‘laridagi belgilar bo‘yicha
o‘rnatiladi.
9.11. rasm. Tom yopma panellarini montaj qilish:
1 – tom yompa plitalari shtabeli; 2 – montaj krani; 3 – Ustunlarni montajga jihozlash; 4 –
tom yopma plitalarini ketma-ket yotqizish
415
Stropila konstruktsiyasi ustiga o‘rnatilgan birinchi plita to‘rtta
tayanch
tugunlarida payvandlanadi. Har bir navbatdagi plitaning qo‘yma payvandlash
detallari uchtadan kam bo‘lmagan tayanch tugunlarida
fermaning yuqori
belbog‘idagi qo‘yma payvandlash detallariga payvandlanadi (plitaning to‘rtinchi
burchagi payvandlash uchun noqulaydir).
Har bir yacheykada birinchi plitani o‘rnatishda bitta montajchi qo‘shni
yacheykaga yotqizilgan plita ustida turadi, ikkinchi montajchi esa Ustunga osilgan
zina-maydonchada turadi. So‘ngra ikkita montajchi ham keyingi plitani qabul
qilish va o‘rnatish uchun yangi qo‘yilgan plita ustiga o‘tishadi.
Tom yopmasining chetki plitalari inventar to‘siq
konstruktsiyalari bilan
jihozlanmog‘i lozim. Plitalar orasidagi choklar tez qotadigan tsement asosidagi
tsement-qumli qorishma bilan yoki mayda donali beton aralashmasi to‘ldiriladi.
Bir qavatli sanoat binolarida tom yopmasining
elementi sifatida katta
o‘lchamli plitalar – qobiqlar, 2T
plitalar, boshqa industrial buyumlar ko‘zda
tutilishi mumkin, ular isitgich va tom qoplamasi bilan bajarilgan holatda ob’ektga
keltiriladi.
Tom yopma plitalarini taxlash montaj kranining ish zonasida montaj
oqimiga kiradigan boshqa elementlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Plitalar
8...9 ta donagacha bo‘lgan sonda shtabelda yotqiziladi, ba’zan shtabellarni montaj
kranining ikkala tomoniga o‘rnatishadi. Bu shtabellardagi barcha plitalar montaj
qilinadigan oraliqqa to‘liq joylanishi lozim. Faqat
tom yopmasi plitalari uchun
karkasning eng yengil elementlari sifatida ikkita qo‘shni fermalarga elementlarni
yotqizishda kran strelasi qulochini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi. Montaj krani
sifatida uzaytirilgan guskali kranni qo‘llash optimal yechim deb hisoblanib, bu o‘z
navbatida asosiy ilmoqda fermalar va to‘sinlarni, boshqa
guskadagi ilmoqda esa
tom yopmasi plitalarini ko‘tarish hamda montaj qilish imkonini beradi.
Fermalar orasidagi vaqtinchalik tirgaklar plita qo‘yma payvandlash
detallarini tirgak yotqizilgan fermaga payvandlangandan keyin olib tashlanadi.
416
Tom yopmasining temirbeton plitalarini stropila to‘sinlari o‘rnatish bo‘yicha
montaj qilish fermalar bo‘yicha olib borilgan ketma-ketlikda va aynan o‘sha
usullar bilan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: