MAHALLIY MARGANES RUDALARIDAN KALIY PERMANGANAT OLISHNING
LABORATORIYA USULI
Axmedova R., Lapasova Ch. A., Ziyoyev B.T., Nabiyev A.A.
Toshkent kimyo texnologiya instituti
Marganes (II) sulfat va marganes (II) xlorid kamqonlikni davolashda tavsiya etiladi. Marganes
tirik organizmlar uchun zarur bo’lgan hayotiy muhim 10 ta biogen elementlardan biri hisoblanadi.
Kishi tanasida 12 mg ( 1,6*10
-5
% ) chamasi marganes bor. U asosan suyakda (43%), qolgan qism
marganes miya va yumshoq to’qimalarda tarqalgan. Organizmda marganes oqsillar, nuklein
kislotalar, ATF va alohida aminokislotalar bilan kompleks hosil qilgan bo’ladi. Arginaza,
xoliesteraza, fosfoglukomutaza, privatkarboksilaza kabi qator fermentlar tarkibida tarkibida
marganes bor. Magniy va marganes ionlari nukleaza fermentining aktivligini oshiradi.Marganes
ruxning o’rnini olib tarkibida rux tutgan fermentlarning katalitik xossalariga kuchli ta’sir etadi.
Marganes rudalari xilma xilligi va ulardan olinadigan Mn va uning birikmalari ishlatilish sohalari
bilan rudalar orasida muhim ahamiyatga ega. Marganesning eng muhim ruda hosil qiluvchi
menirallari 200 dan ortiq bo’lib, ularga peralyuzit MnO
2
∙
xH
2
O,, psilomelan mMnO
∙
MnO
2
∙
nH
2
O,
manganit MnO(OH), braunit 3Mn
2
O
3
∙
MnSiO
3
, rodoxro-zit MnSO
3
, purpurit Mn
3+
[PO
4
], gausmanit
Mn
3
O
4
, shuningdek, bir qadar qimmatli hisoblangan ruda hamda turli buyumlar tayyorlanadigan
menirallar rodonit MnSiO
3
, gyubnerit MnWO
4
, volframit(Fe, Mn) WO
4
spessartin (granat) va
boshqalar kiradi. O’zbekistonda marganesning rudalari va ular menirallarining konsentratsiyasi
Qoratepa tog’larida uchraydi, bundan tashqari yana ko’plab O’zbekiston hududida
marganesni
eksgalyasion-cho’kmali, cho’kmali va gidrotermal genetik tipdagi konlari ma’lum. Eksgalyasion-
cho’kmali konlar Zarafshon, Zirabuloq, Qoratepa, Lolabuloq va boshqa tog’larda silur bilan
bog’langan holda uchraydi. Bu tog’lar bag’rida kichik makonlar ham (Ziyadun, Dautosh,
Qizilbayroq, Taxtaqarochin, Tersaksoy, Cho’ponota) ma’lum. Ko’pgina sohalarda marganes
rudalarini ishlatish uchun marganes va marganes rudalarini meniral tahlil qilinadi. Marganes rudasi
foydalanish maydonlariga ko'ra asosan to'rt guruhga bo'lingan:
1.Tog'-kon sanoatida ishlatiladigan marganets rudasi 48-50 foiz orasida marganetsni o'z ichiga oladi
2.Batareya ishlab chiqarishda ishlatiladigan marganets rudasi tarkibida 78-85 foiz marganets dioksidi
mavjud
3.Kimyo sanoatida ishlatiladigan marganets rudasi tarkibida 74-84 foiz marganets dioksidi mavjud
4.Boshqa maqsadlarda ishlatiladigan marganets rudasi
[1,5]
Marganes asosiy metallardan biri bo’lib, ishlab chiqariladigan marganesning 90% dan ortig’i
metallurgiya sanoatida ishlatiladi. Asosan po’lat ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Marganesli po’lat nihoyatda qattiq va chidamli bo’ladi. Bunday po’latdan mashinalar uchun
zirxlar tayyorlanadi. Marganes juda ko’p elektrotexnik qotishmalar tarkibiga ham kiradi. Masalan,
marganin nomli qotishma tarkibida 13 foiz marganes, 2 foiz nikel va 85 foiz mis bo’ladi.
Marganesning 83% Cu, 13% Mn va 4% Ni (manganin) qotishmasi temperatura o’zgarishi bilan kam
qiymatda o’zgaradigan yuqori elektr qarshiligiga ega. Shuning uchun bu qotishmalardan reostatlar va
boshqa shu tipdagi o’lchov asboblari tayyorlashda ishlatiladi. Ikki valentli marganes tuzlari matolarni
buyashda keramika buyoq olishda va boshqa sohalarda qo’llaniladi. Marganes (II) birikmalari qishloq
xo’jaligida mikroo’g’it sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari marganes rangli metallurgiyada
sa’noatda, alyuminiy va magniy qotishmalari tayyorlashda, korroziyaga qarshi qoplamalar
tayyorlashda qo’llaniladi. Inson organizmida marganesning miqdori sutkasiga 4 mg dan kamaysa u
kasallanadi, o’simliklarda yetishmay qolsa, xloroz(xlorofill yetishmovchiligi) kelib chiqadi.
Marganes birikmalari zararli, jumladan ular kishi asabini ishdan chiqaradi, changlarning uzoq vaqt
davomida nafas yo’llariga kirishi surunkali zaharlanishga olib keladi.
[3,4]
Marganesning miqdori o’rtacha 8-28% bo’ladi. Ba’zi konlarning zahirasi uncha ko’p emas,
ammo istiqbolli, umuman metalli zona bo’yicha 8 mln. tonnadan ortiq metall borligi bashorat
qilingan
Do'stlaringiz bilan baham: |